Qarori yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan


-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro



Download 90,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana01.01.2022
Hajmi90,57 Kb.
#298458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
975-сон 01.12.2018. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

3-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro

munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari

12. YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra transport vositasini to‘xtatish,

undan  foydalanish  va  boshqarish  huquqini  beruvchi  hujjatlarni,  transport  vositasiga,

shuningdek, tashilayotgan yuklarga oid hujjatlarni tekshirish;

haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxs bilan birgalikda transport vositasini va

yuklarni tashqi ko‘zdan kechirish;

yo‘l harakati qatnashchilarining hujjatlarini tekshirish maqsadida elektron ma’lumotlar

bazasidan foydalanish;

yo‘l transport hodisasi va boshqa huquqbuzarlik sodir etilganligining guvohi bo‘lgan yo‘l

harakati qatnashchilarini aniqlash;



tashkilotlar  va  fuqarolarning  transport  vositalaridan  qonun  hujjatlarida  belgilangan

tartibda  foydalanish  (chet  davlatlarning  diplomatik,  konsullik  vakolatxonalariga  va  boshqa

vakolatxonalarga,  xalqaro  tashkilotlarga  tegishli  bo‘lgan  transport  vositalari  hamda  maxsus

mo‘ljallangan transport vositalari bundan mustasno);

transport  vositasining  dvigatel  va  agregat  qismlarining  raqamlarini  ro‘yxatlash

hujjatlarida  yozilgan  raqamlar  bilan  haydovchining  bevosita  ishtirokida  solishtirish

(haydovchining ishtirokini ta’minlash imkoni bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);

transport vositasini ta’qib qilish yoki kuzatish;

jinoyat  sodir  etganligi  uchun  ayblanuvchi  tariqasida  ishtirok  etishga  jalb  qilingan

hamda qidiruvda bo‘lgan shaxslarni ushlab turish;

jinoyat  sodir  etganlikda  gumon  qilinayotgan  shaxslarni,  transport  vositasida

huquqbuzarlik  sodir  etib  hodisa  joyidan  yashiringan,  YPX  xodimining  qonuniy  talabiga

bo‘ysunmagan,  shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasining  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi

kodeksi (keyingi o‘rinlarda MJtK deb ataladi) 291-moddasi birinchi qismining “a” bandiga ko‘ra,

transport  vositasining  haydovchisi  ushbu  Kodeks  125-moddasining  uchinchi,  beshinchi  va

oltinchi  qismlarida,  125 -moddasining  ikkinchi  qismida,  126-moddasida,  127-moddasining

ikkinchi qismida, 128 -moddasida (agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash

yoki  to‘xtab  turish  qoidalarining  buzilishi  yo‘l  harakati  ishtirokchilarining  harakatlanishiga

xalaqit  bersa),  131,  135,  135 -moddalarida,  136-moddasining  birinchi  va  ikkinchi  qismlarida,

137,  176 -moddalarida,  194-moddasida  (ichki  ishlar  organi  xodimining  transport  vositasini

to‘xtatish  to‘g‘risidagi  qonuniy  talabini  bajarmaslik  qismida)  nazarda  tutilgan  ma’muriy

huquqbuzarliklarni sodir etganda, shu bilan birga, qonun hujjatlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda

tutilgan boshqa holatlarda transport vositalarini ushlab turish;

alkogolli  ichimlikdan,  giyohvand  modda  ta’siridan  yoki  o‘zgacha  tarzda  mast  holda

(keyingi  o‘rinlarda  –  mast  holda  deb  ataladi)  bo‘lgan,  transport  vositasini  boshqarish  uchun

tegishli  hujjatlari  bo‘lmagan,  ruhiy  holati  yoki  sog‘lig‘i  transport  vositasini  boshqarishga

to‘sqinlik  qilishi  mumkin  bo‘lgan,  nosoz  transport  vositasini  boshqarayotgan  shaxslarni,

shuningdek,  MJtK  291-moddasi  birinchi  qismining  “a”  bandida  nazarda  tutilgan  holatlarda

transport  vositasini  boshqarishdan  chetlashtirish,  transport  vositasini  boshqarish  huquqini

beruvchi hujjatlarini olib qo‘yish, transport vositasini saqlab turadigan maxsus ajratilgan joyga

qo‘yish uchun olib borilishini ta’minlash;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, jismoniy kuch ishlatish,

maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni qo‘llash.

YPX xodimlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi

mumkin.

13.  Quyidagi  hollarda  YPX  xodimi  haydovchi  yoki  yo‘lovchilardan  transport  vositasi

kabinasidan chiqishini talab qilishga haqli:

transport  vositasidagi  texnik  nosozlikni  va  yuk  tashish  qoidasi  buzilganligini  bartaraf

etish maqsadida;

haydovchi  transport  vositasini  mast  holda  boshqarayotgan  deb  hisoblashga  yetarli

asoslar mavjud bo‘lganda;

transport vositasining dvigatel va agregat qismlari raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida

yozilgan  raqamlar  bilan  farq  aniqlangan  taqdirda  bevosita  haydovchi  ishtirokida  solishtirish

maqsadida;

transport  vositasiga  tegishli  hujjatlar  yoki  unda  olib  ketilayotgan  yuk  hujjatlari

mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;

haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda;

haydovchining  transport  vositasi  kabinasida  bo‘lishi  yo‘l  harakati  xavfsizligini

ta’minlashga  tahdid  solishi  mumkin  bo‘lgan  hollarda  (haydovchining  ruhiy  holatiga,  yoshiga,

sezgirlik  va  e’tiborni  susaytiradigan  dori  vositalari  ta’sirida,  yo‘l  harakati  xavfsizligiga  tahdid

soladigan  darajadagi  charchoqlik  va  betoblik  holatida,  transport  vositasini  boshqara  olishiga

shubha bo‘lganda).

1

6

1



3


Jismoniy  nuqsoni  sababli  haydovchining  transport  vositasi  kabinasidan  chiqish

imkoniyati cheklangan holatlar bundan mustasno.

14. YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishda quyidagilarga majbur:

xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borish;

vizual  kuzatuv  hamda  maxsus  moslamalardan  foydalangan  holda  qoidalar

buzilganligini aniqlash;

yo‘l harakati qatnashchisini to‘xtatganidan keyin uning oldiga borish, o‘zini tanishtirish,

lavozimi,  unvoni,  familiyasi  haqida  ma’lumot  berish,  uning  talabiga  ko‘ra  ko‘krak  nishon

belgisini  ma’lum  qilish  va  xizmat  guvohnomasini  ochiq  holda  (bunda  YPX  xodimi  tomonidan

xizmat guvohnomasini yo‘l qatnashchisi ixtiyoriga berish taqiqlanadi) ko‘rsatish;

yo‘l harakati qatnashchilariga mobil videokameradan foydalanayotganini ma’lum qilish

va  kelgusida  noqonuniy  xatti-harakatlar  sodir  etsa,  aybini  isbotlash  uchun  video  yozuvdan

foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirish;

har qanday vaziyatda yo‘l harakati qatnashchilari bilan vazmin, xushmuomala, odobli

va  e’tiborli  bo‘lish,  ularga  hurmat  bilan  hamda  “Siz”  deb  murojaat  qilish,  yo‘l  harakati

qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qilish;

yo‘l  harakati  qatnashchilariga  ularni  to‘xtatish  sababini,  sodir  etilgan  huquqbuzarlik

yuzasidan aniq, lo‘nda tushuntirish berish;

haydovchini mast holda deb hisoblashga asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, uni transport

vositasini  boshqarishdan  chetlatish,  mastlik  holatini  aniqlash  uchun  belgilangan  tartibda

tekshiruvdan  o‘tkazish,  haydovchi  mastligi  yoki  mast  emasligini  aniqlash  uchun  tekshiruv

o‘tkazilishidan  bo‘yin  tovlagan  taqdirda  MJtKning  136-moddasida  nazarda  tutilgan

huquqbuzarlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish;

belgilangan  tartibda  berilgan  ko‘rsatmaga  asosan  yo‘l  harakati  qatnashchilarining

harakatini cheklash yoki taqiqlash;

qoidalarni  buzgan  yo‘l  harakati  qatnashchisiga  nisbatan  ma’muriy  huquqbuzarlik

to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirish chog‘ida unga huquq va majburiyatlarini tushuntirish;

huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida

tegishli choralarni ko‘rish;

huquqbuzarliklarning  oldini  olish,  ularning  sodir  etilishining  sabab  va  shart-

sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rish;

yo‘l-transport  hodisasi  sodir  bo‘lgan  joy  holatini  o‘zgartirish,  dalillar  yo‘qotilishi  yoki

yo‘q qilinishining oldini olish maqsadida hodisa joyini o‘rab olish choralarini ko‘rish;

huquqbuzarlikdan  yoki  baxtsiz  hodisalardan  jabrlanganlarga,  hayoti  (sog‘lig‘i)  xavf

ostida qolgan shaxslarga, tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan yo‘l harakati qatnashchilariga hamda

yo‘l  transport  hodisasi  oqibatida  shikastlangan  transport  vositalarini  belgilangan  joyga  olib

borishda fuqarolarga yordam ko‘rsatish;

o‘ziga  xizmat  yuzasidan  biriktirilgan  transport  vositasi,  ko‘krak  nishon  belgisi,  aloqa

vositasi  va  maxsus  moslamalarni  yaroqli  holatda  saqlashi,  ulardan  faqat  xizmat  faoliyatida

maqsadli foydalanish;

ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan

yoki  belgilangan  tartibda  ichki  ishlar  organlari  hisobida  mavjud  bo‘lmagan  maxsus

moslamalardan foydalanmaslik;

belgilangan  harakatlanish  tezligini  oshirib,  qoidalarni  buzgan  haydovchini  maxsus

moslamaning  ko‘rsatkichlari  bilan  tanishtirish,  uning  talabiga  ko‘ra  moslamaning  qiyoslash

sertifikatini ko‘rsatish;

jismoniy  kuch  ishlatilgani  va  maxsus  vositalar  qo‘llangani  natijasida  jismoniy

shaxslarning  hayotiga,  sog‘lig‘iga,  ularning,  shu  jumladan  yuridik  shaxslarning  mol-mulkiga

zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek, o‘qotar qurol qo‘llanilgan barcha holatlar

to‘g‘risida o‘zining bevosita boshlig‘i hamda nazorat qiluvchi prokurorga darhol xabar berish;

yo‘l  harakati  qatnashchilariga  yuqori  turuvchi  organ  (mansabdor  shaxs)  yoki  sudga

shikoyat qilish huquqini tushuntirish.

YPX xodimi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.



15. YPX xodimining mobil videokameradan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.

16.  YPX  xodimi  tomonidan  yo‘l  harakati  qatnashchisini  asossiz  to‘xtatib  turish

taqiqlanadi.

17. YPX xodimi yo‘l harakati qatnashchisini to‘xtatganda yoki u tomonidan sodir etilgan

qoidalar  buzilishini  rasmiylashtirish  jarayonida  holatga  daxldor  bo‘lmagan  hamda  qonun

hujjatlarida  belgilangan  vakolatga  ega  bo‘lmagan  shaxslarga  qoidalar  buzilishini

rasmiylashtirish yuzasidan tushuntirish berishga majbur emas.




Download 90,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish