4-bob. Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan o‘zaro
munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari
18. Yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda quyidagi
huquqlarga ega:
YPX xodimi tomonidan to‘xtatish asoslarini, qoidalarning qaysi bandi (bandlari)ni
buzganligi to‘g‘risida tushuntirish berilishini talab qilish;
transport vositasini to‘xtatgan YPX xodimidan o‘zini tanishtirishini, xizmat
guvohnomasini ko‘rsatishini va ko‘krak nishon belgisini ma’lum qilishini talab qilish;
xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim
etmaslik;
YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga
qayd qilish (YPX xodimi tomonidan foto va video tasvirga olish taqiqlangan belgi mavjud
hududlarda xizmat olib borish holatlari bundan mustasno);
mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari transport vositasi
kabinasidan chiqmasdan, YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatga kirishish;
sodir etgan qoidabuzarligi qayd etilgan maxsus moslama natijalari bilan tanishish;
huquqbuzarlik holatini aniqlashda foydalanilgan maxsus vositalarning qiyoslash
sertifikatlarini ko‘rsatishni talab qilish;
huquqbuzarlik holati yuzasidan tushuntirishlar berish;
asossiz to‘xtatib turilmasligini talab qilish;
YPX xodimi tomonidan transport vositasini yoki undagi yukni tashqi ko‘zdan kechirish
jarayonida ishtirok etish;
o‘zi to‘xtatilgan hududda YPX xodimi xizmat olib borishi mumkinligi haqidagi
dislokatsiya ko‘chirmasi bilan shu joyning o‘zida tanishish yoki maxsus tadbirlar
o‘tkazilayotganligi haqida MADX — ADXdan ma’lumot olish;
huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng YPX
xodimining dislokatsiyasi saqlanayotgan saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘idan dislokatsiya
haqida yozma ma’lumot berishni talab qilish;
o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma,
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish hujjatlari bilan tanishish, ulardan o‘z hisobidan nusxa
ko‘chirish yoki ularni fotosuratga olish;
YPX xodimining harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylashtirilgan huquqbuzarlik
to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma hamda chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organ
(mansabdor shaxs)ga yoki sudga shikoyat qilish;
o‘zi guvohi bo‘lgan hodisa haqida YPX xodimiga haqqoniy ma’lumotni bayon qilish.
Yo‘l harakati qatnashchilari qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega
bo‘lishi mumkin.
19. Yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda
quyidagilarga majbur:
YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunishi va ularni bajarish;
transport vositasini boshqarishda belgilangan hujjatlarni (transport vositasini qayd
etish guvohnomasi, haydovchilik guvohnomasi, sug‘urta polisi, yuk hujjatlari), shaxsini
tasdiqlovchi (haydovchi transport vositasini haydovchilik guvohnomasisiz boshqargan
hollarda) hujjatlarni YPX xodimlari talab qilganda tekshirish uchun taqdim etish;
YPX xodimiga sovg‘a, moddiy qimmatliklar taklif qilmaslik yoki boshqa shaklda
manfaatdor etishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirmaslik;
mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda xizmat guvohnomasini ko‘rsatmaslik (qonun
hujjatlarida sodir etgan qoidabuzarligi uchun ma’muriy javobgarlikning alohida tartibi
belgilangan shaxslar bundan mustasno);
yo‘l harakatining boshqa qatnashchisi hamda YPX xodimi o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatga xalaqit bermasligi shart.
Yo‘l harakati qatnashchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham
bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |