Oldingi
tahrirga qarang.
Sudyalar qonunga muvofiq malaka hay’atlarining qarorlari ustidan Oliy malaka hay’atiga
shikoyat qilish huquqiga ega, shu sababli malaka hay’atining qarori qonuniy kuchga kirmaguncha
sudyani intizomiy tartibda jazolangan deb hisoblash mumkin emas.
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi
17-sonli
qarori
tahririda)
Sudya faqat o‘zi tomonidan bila turib qonunning buzilishiga
yoki jiddiy oqibatlarga olib
kelgan mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilgan hollardagina intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu
holatlarga sudyalarning malaka hay’atlarigina baho berishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
10. “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
11-moddasiga
muvofiq
sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli
qarori
tahririda)
Oldingi
tahrirga qarang.
11.
Qonun sudyalarni senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati, siyosiy
partiyalarning a’zosi bo‘lishlari, siyosiy harakatlarda ishtirok etishlari, shuningdek ilmiy va pedagogik
faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlarini
taqiqlaydi. Shu bilan birga sudyalar kasbiy faoliyatiga oid uyushmalarga birlashishlari mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi
Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli
qarori
tahririda)
12. Sudyalarning daxlsizligi sud mustaqilligining
muhim kafolatidir, daxlsizlik qonunga
muvofiq uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, uning
xat-xabarlariga, unga tegishli mulklar va hujjatlarga ham taalluqlidir.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan
qo‘zg‘atilishi mumkin. Sudya O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
roziligisiz jinoiy
javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi mumkin emas.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi
17-sonli
qarori
tahririda)
13. Sudlar ishlarni va materiallarni ko‘rishda Konstitutsiyaning
53-moddasiga
ko‘ra, davlat
tomonidan iste’molchilarning huquqi
ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va
mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan baravar
muhofaza etilishini kafolatlashi prinsipiga og‘ishmay rioya etishlari shart.
Shuni nazarda tutish
lozimki, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Shuning uchun
sudlar ishlarni ko‘rishda davlat organlari va mansabdor shaxslar mulkdorning huquqlarini qanchalik
himoya qilayotganlik va ularga rioya etayotganliklarini aniqlashlari, asossiz tekshirishlar, taftishlar va
hokazo faktlarga tegishli munosabat bildirishlari hamda bunday noqonuniy harakatlar natijasida
mulkdorga yetkazilgan zararni aybdor mansabdor shaxslardan undirish choralarini ko‘rishlari lozim.
14. Sud hokimiyati umuminsoniy
prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti,
erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, sudlar har bir ish bo‘yicha qonuniylikni
va fuqarolarning huquqlariga
rioya qilinishini ta’minlashlari hamda ularning har qanday buzilishiga zudlik bilan munosabat
bildirishlari shart.
Barcha sud tartiblariga, shu jumladan, har bir fuqaroning himoya huquqiga og‘ishmay amal
qilinmog‘i lozim. Fuqarolarni asossiz jinoiy javobgarlikka tortish, noqonuniy hibsga olish va hibsda
saqlash, jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik ishlatish yoki ishlatishga tahdid qilish bilan bog‘liq har bir
holat tegishli ravishda baholanishi lozim.
Tushuntirilsinki, bunday g‘ayriqonuniy usullarni qo‘llab olingan
har qanday dalillar yuridik
kuchga ega emasdir.
Shu bilan birga sudlar jazoning muqarrarligi prinsipiga qat’iy amal qilishlari, xavfli
jinoyatchilarga nisbatan qonunning butun kuchini tatbiq etishlari lozim.
15. Sudya tomonidan zimmasiga yuklatilgan vazifani,
nufuzni va sudga hurmatni
shakllantiruvchi yuksak axloq-odob me’yorlariga rioya qilinmasdan turib, sud hokimiyatini va sudya