O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA STATISTIK MA’LUMOTLAR BAZASINI KENGAYTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirilsin.
2. Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etish, bevosita qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish, yakuniy natijalarni e’lon qilish quyidagi asosiy vazifalarni nazarda tutgan holda uch bosqichda amalga oshirilsin:
birinchibosqich (2022 — 2024-yillar):
ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tamoyillari hamda metodik asoslari, ro‘yxatdan o‘tkazishga doir boshqa masalalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish;
avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish;
sinov asosida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish, natijalarini tahlil qilish;
ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlarida ishtirok etuvchi xodimlarni o‘qitish;
qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq boshqa ishlarni amalga oshirish;
ikkinchi bosqich (2024-yil) — bevosita qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirini amalga oshirish;
uchinchibosqich (2024 — 2026-yillar) — ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ma’lumotlarni qayta ishlash, dastlabki va yakuniy natijalarni olish hamda e’lon qilish.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
qishloq xo‘jaligi statistikasi ko‘rsatkichlarining sifati, ishonchliligi va shaffofligini yanada oshirish;
qishloq xo‘jaligining tarkibiy holatini baholash, sohani xalqaro tajribalarda foydalaniladigan statistik ma’lumotlar bilan taqqoslash imkoniyatini yaratish;
qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish davrlari oralig‘ida dastlabki sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etish, tanlanma kuzatuvlarni amalga oshirish uchun statistik ma’lumotlar bazasini yaratish.
4. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga doir chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Davlat statistika qo‘mitasi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini keng yoritish bo‘yicha chiqishlar va mavzuga oid ko‘rsatuvlarni tashkil qilib borsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi B.A. Begalov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-fevral,
104-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevraldagi 104-son qaroriga
1-ILOVA
MUNDARIJA
QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA STATISTIK MA’LUMOTLAR . . . . . . . . . . 1
Foydalanilgan adabiyotlar :
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Do'stlaringiz bilan baham: |