9.
general-
polkovnik
general-
polkovnik
general-
polkovnik
bojxona
xizmati
general-
polkovnigi
soliq
xizmatining I
darajali davlat
maslahatchisi
1-darajali davlat
adliya
maslahatchisi
adliya general-
polkovnigi
1-darajali
davlat adliya
maslahatchisi
Izoh: Unvonlar va martaba darajalari Milliy gvardiyaning general tarkibidagi maxsus unvonlariga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda tenglashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021-yil 22-apreldagi
PQ-5089-son
qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining
INTIZOM USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining Intizom ustavi (keyingi o‘rinlarda —
Ustav) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining (keyingi o‘rinlarda — xodimlar)
xizmat intizomiga qo‘yilayotgan talablar va odob-axloq
qoidalarini belgilaydi, boshliqlar va
xodimlarning o‘zaro munosabatlarini,
shuningdek, rag‘batlantirish hamda intizomiy jazo
choralarining qo‘llanilishini tartibga soladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida (keyingi o‘rinlarda — Milliy gvardiya) xizmat
intizomi xodimlar tomonidan ushbu Ustav talablariga qat’iy va so‘zsiz rioya etishdan iborat.
Milliy gvardiyada xizmat intizomi har bir xodimning yuksak darajada
anglashiga va xizmat
burchini hamda qo‘yilgan vazifa uchun shaxsiy javobgarligini chuqur tushunishiga asoslanadi.
3. Xizmat intizomi har bir xodimni quyidagilarga majbur qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi
va qonunlari, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon,
qaror va
farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish, Milliy gvardiya hay’ati
qarorlarida belgilangan
talablarni, Milliy gvardiyasi qo‘mondonining buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalarini qat’iy bajarish;
Milliy gvardiya xodimining o‘z qasamyodiga sodiq bo‘lish, “Xalq manfaatlariga xizmat qilish”
degan o‘zining xizmat burchini so‘zsiz bajarish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning
mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs,
jamiyat va davlatning
xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilish;
ishonib topshirilgan tabel quroli, mol-mulk va texnikani asrab-avaylash;
hushyor bo‘lish, davlat va xizmat sirini qat’iy saqlash;
xodimlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar qoidalariga amal qilish, boshliqlar va hamkasblarni
hurmat qilish;
doimiy ravishda o‘z bilim va kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtirib borish, malaka va huquqiy
madaniyatini oshirish;
xizmatdan tashqari holatlarda o‘zini
munosib ravishda tutish, jamoat tartibi va odob-axloq
qoidalariga amal qilishda namuna bo‘lish.
4. Milliy gvardiyada yuksak xizmat intizomiga:
xodimlarda yuksak ma’naviy-axloqiy va ishchanlik xususiyatlarini,
xizmat burchini bajarishga
nisbatan ongli munosabatni shakllantirish;
har bir xodimning o‘z xizmat burchini bajarishga nisbatan shaxsiy mas’uliyati, ichki tartib va
xizmat kiyimini kiyish qoidalariga qat’iy rioya etish;
boshliqlarning qo‘l ostidagi xodimlarga nisbatan kunlik talabchanligi, ularga doimiy
g‘amxo‘rligi, sha’ni va
qadr-qimmatini hurmat qilish, rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini
oqilona uyg‘unlashtirgan holda va asosli qo‘llash;
Milliy gvardiya bo‘linmalarida zarur moddiy-maishiy sharoitlarni yaratish orqali erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: