Qarori o‘zbekiston respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Vazirlik tuman (shahar) bo‘limlarining huquqlari va javobgarligi



Download 163 Kb.
bet9/15
Sana09.06.2022
Hajmi163 Kb.
#648908
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
investitsiya

4-§. Vazirlik tuman (shahar) bo‘limlarining huquqlari va javobgarligi
23. Vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlari quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik subyektlari tuman (shahar) bo‘linmalaridan hamda boshqa tashkilotlardan o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni sifatli bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot materiallarini so‘rab olish;
investitsiya va tashqi savdo masalalarida davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik tuman (shahar) bo‘limlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuman (shahar) bo‘limlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida majlislar o‘tkazish;
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuman (shahar) bo‘limlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish.
24. Vazirlik tuman (shahar) bo‘limlari:
qonun hujjatlari, vazir va uning o‘rinbosarlari, hududiy boshqarmalar rahbarlari topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan amaliy nazoratni amalga oshirish;
tuman (shahar) bo‘limlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
tuman (shahar) bo‘limlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash;
tumanlarda (shaharlarda) tadbirkorlik va investitsiya muhitini rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muhim muammolarni va tizimli kamchiliklarni aniqlash, tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha tuman (shahar) rivojlantirish dasturlariga qo‘shish uchun takliflar kiritish uchun javob beradilar.
5-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
25. Quyidagilar vazirning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Vazirlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
o‘z o‘rinbosarlarining va Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarining, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlarning ayrim faoliyat yo‘nalishlari hamda uchastkalariga rahbarlik qilishda vakolatlarini va shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun Vazirlik yurituvi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini kelishish (viza qo‘yish). Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishlarida ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
faoliyat sohasidagi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish, ularning Vazirlar Mahkamasiga “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorlik faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti deb ataladi) hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi Reglamenti (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi Reglamenti deb ataladi) talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasi apparatida qayta ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Vazirlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Vazirlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
o‘z o‘rinbosarlari va hududiy bo‘linmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilish, Vazirlikning hay’at yig‘ilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
Vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
o‘z vakolatlari doirasida Vazirlik tizimi xodimlari uchun bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;
xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparatining xarajatlar smetasi va shtat jadvalini tasdiqlash;
xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, Vazirlikning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari hamda idoraviy mansub tashkilotlari tuzilmalarini tasdiqlash va ularga o‘zgartirishlar kiritish;
markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash va hududiy boshqarmalar nizomlarini tasdiqlash masalalarini kelishish;
Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish, Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni bajarish.
26. Quyidagilar vazir o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Vazir vaqtincha bo‘lmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
o‘z yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bo‘linmalari bilan investitsiya va tashqi savdo sohalaridagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizani tashkil qilish va sifatli tayyorlash yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilish;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir o‘rinbosarlarining topshirig‘iga binoan ustuvor vazifalar bajarilishini muvofiqlashtirish;
Vazirlikning tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq Vazirlik tegishli bo‘linmalariga bevosita rahbarlik qilish;
vazir o‘rinbosarlari nomenklaturasiga kiradigan Vazirlikning markaziy apparati boshliqlari va mutaxassislari lavozimlariga nomzodlarni belgilangan tartibda Vazirga tasdiqlash uchun kiritish;
vazir o‘rinbosarlari nomenklaturasiga kiradigan tarkibiy bo‘linmalar boshliqlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash yuzasidan takliflar kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Vazirga takliflar kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralar ko‘rish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash choralarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar ko‘rish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Vazirlik xodimlarining, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini ta’minlash;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Vazir tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshirig‘iga binoan ishtirok etish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa ekspertizalardan puxta o‘tkazish;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Vazirga takliflar taqdim eti ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
Vazirlik hay’ati, vazirning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni bajarish.
27. Quyidagilar markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, mazkur bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar ijrosini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linma to‘g‘risida tasdiqlangan nizom doirasida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Vazirlik hay’ati qarorlari, vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalarini ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda belgilangan vazifalar va chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
prognoz ko‘rsatkichlarni muntazam tahlil qilib borish va qayd etilgan ko‘rsatkichlarga hududiy bo‘linmalar tomonidan so‘zsiz erishishni ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha choralarni ko‘rish yuzasidan takliflarni Vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelgusida muhokama etish, imzolash (viza qo‘yish) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, Vazir topshirig‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
Vazirlikka taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va takliflarni to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa turdagi ekspertizadan puxta o‘tkazish;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlarini, o‘zining o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish;
mutasaddilik qiladigan sohalarning rivojlanish holatini sifatli baholash va ularni yanada rivojlantirish va amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha Vazirlik rahbariyatiga aniq takliflar kiritish;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish;
davlat siri va maxfiy axborotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni bajarish.
28. Quyidagilar hududiy boshqarmalar boshliqlarining funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Vazirlik hududiy boshqarmalari faoliyatini ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq tashkil etish;
Vazirlik tumanlar (shaharlar) bo‘limlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
hududiy boshqarmalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, hududiy boshqarmalar faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
hududlarni rivojlantirish holatini sifatli baholash va ularni yanada rivojlantirish va amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha Vazirlik rahbariyatiga aniq takliflar kiritish;
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
Vazirlikning hududiy boshqarmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, hududiy bo‘linmalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
hududiy boshqarmalar xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish;
hududiy boshqarmalar vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar hokimi hamda Vazirlikka ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda takliflar kiritish;
hududiy boshqarmalar xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ta’minlanishini nazorat qilish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy bo‘linmalar tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish;
davlat siri va maxfiy axborotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni bajarish.
29. Quyidagilar tumanlar (shaharlar) bo‘limlari boshliqlarining funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
bo‘limlar faoliyatini ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq tashkil etish;
bo‘lim mutaxassislari o‘rtasida topshiriqlarni taqsimlash hamda ularni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
Vazirlik hududiy boshqarmalari bilan doimiy asosda o‘zaro hamkorlik qilish;
investitsiya dasturlarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni rivojlanishini tizimli ravishda tahlil qilish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tumanlar (shaharlar) bo‘limlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari xodimlari tomonidan mazkur qoidalarga rioya etilishini ta’minlanish;
tumanlar (shaharlar) bo‘limlarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tuman (shahar) hokimi va Vazirlik hududiy boshqarmalariga ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Vazirlik hududiy boshqarmalariga alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini ko‘rish bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish;
davlat siri va maxfiy axborotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni bajarish.

Download 163 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish