3-§. Vazirlik tuman (shahar) bo‘limlarining vazifalari va funksiyalari 15. Quyidagilar Vazirlik tuman (shahar) bo‘limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, tumanlarda (shaharlarda) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini hamda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishiga ko‘maklashish, korxonalarning, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish bo‘yicha kompleks choralar qabul qilish.
16. Vazirlik tuman (shahar) bo‘limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, tumanlarda (shaharlarda) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini hamda erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
tumanlar (shaharlar) investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va ular doirasida mablag‘lar jalb etilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi;
tumanlarning (shaharlar) salohiyatli va istiqbolli investitsiya loyihalari portfelini hamda texnik ko‘maklashish mablag‘larini (grantlarni) jalb etish dasturlarini shakllantirishda ishtirok etadi;
investitsiyalar jalb qilish maqsadida salohiyatli va istiqbolli investitsiya va kredit bozorlarining doimiy tahlilini olib boradi;
mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqqan holda, erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borilishida ishtirok etadi;
2) tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishiga ko‘maklashish, korxonalarning, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish bo‘yicha kompleks choralar qabul qilish sohasida:
tuman (shahar) korxonalarining tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tuman (shahar) xo‘jalik yurituvchi subyektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashadi;
tumanlarni (shaharlar) iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari konsepsiyasini, shu jumladan eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
tumanga (shaharga) bo‘ysinuvchi korxonalarning eksport prognozi ijro etilishi holati bo‘yicha monitoring olib boradi, buning asosida ularning eksport faoliyatini tahlil qiladi va korxonalar eksportini jadallashtirish va rag‘batlantirish bo‘yicha aniq taklif va ko‘rsatmalar kiritadi;
tumanlar (shaharlar) korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari hamda ishlab chiqaruvchilar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va kiritadi.
Tuman (shahar) bo‘limlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.