III. MHXSning ahamiyati va mazmunini tushuntirish bo‘yicha chora-tadbirlar
14.
|
Tashkilotlar rahbarlari va buxgalteriya hisobi xizmati xodimlari uchun MHXSni qo‘llash masalalari bo‘yicha faol axborot-uslubiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish.
|
Mavzuli seminarlar, “davra suhbatlari” va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
|
Grafik asosida
|
Moliya vazirligi (D. Sultanov), buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
(M. Tulaxodjayeva, N. Karimov)
|
15.
|
Ushbu qaror talablarini yetkazish va tushuntirish bo‘yicha tadbirlar tashkil etish.
|
MHXSning ahamiyati to‘g‘risidagi axborotlarni davlat organlari hamda buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida joylashtirish.
|
Media-rejaga muvofiq
|
Moliya vazirligi (D. Sultanov),
Markaziy bank (I. Norkulov),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(S. Bekenov),
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi
(O. Nazirov)
|
16.
|
Tadbirkorlik s�byektlari moliyaviy hisobotni MHXS bo‘yicha tayyorlaganda, buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobotni taqdim etishdan ozod etilishi tartibi belgilanganligi haqida tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilish.
|
Tadbirkorlik subyektlariga “soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti” orqali xabarlar yo‘naltirish.
|
2020-yil davomida
|
Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev)
|
17.
|
Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarni quyida belgilangan yangi talablar to‘g‘risida xabardor qilish:
2021-yildan boshlab hisob yuritish va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni tayyorlash faqat MHXS asosida amalga oshirilishi;
buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganlik to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga (ASSA va ASSA DipIFR, SRA, CIPA, 2022-yil 1yanvardan boshlab esa — ACCA va ACCA DipIFR, CPA) ega bo‘lgan kamida uch nafar mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo‘llash uchun yetarli bo‘lgan xodimlar sonini bosqichma-bosqich ta’minlash.
|
1. Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarga xabarnomalar yuborish.
|
2020-yil davomida
|
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(S. Bekenov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (O. Nazirov),
Markaziy bank (I. Norkulov)
Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev)
|
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli ichki hujjatlarni (hisob siyosati, lavozim yo‘riqnomasi, funksional majburiyatlar) qabul qilish:
buxgalteriya xizmati xodimlarining malakasini har yili tegishli lavozim uchun talab etiladigan darajada oshirishni ta’minlash;
MHXS asosida tuzilgan moliyaviy hisobotni MHXS sohasida sertifikatga ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan imzolanishi;
sertifikatlangan xodimlar mehnatini munosib rag‘batlantirish tizimini joriy etish;
ushbu qarordan kelib chiqadigan yangi talablar.
|
Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari,
davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari
|
18.
|
Buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan MHXS fondi bilan birgalikda MHXSni joriy qilish va amalda qo‘llash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani tarqatishda faol ishtirok etish.
|
1. MHXS fondi va Buxgaltyerlarning xalqaro federatsiyasi (BXF) bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
|
Doimiy ravishda
|
Moliya vazirligi (D. Sultanov),
buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
|
Do'stlaringiz bilan baham: |