Qarori moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida



Download 30,54 Kb.
bet2/7
Sana26.03.2022
Hajmi30,54 Kb.
#511537
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MSFO boyicha prizident qarori

Keyingi tahrirga qarang.
4. Ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
a) buxgaltyerlar va auditorlar respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda, Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin:
2020-yil 1-iyunga qadar Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
2021-yil 31-yanvarga qadar MHXSni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda va MHXS bo‘yicha mavjud kadrlar salohiyatini o‘rganish natijalariga ko‘ra tayyorlangan buxgaltyerlarni sertifikatlash milliy tizimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahliliy ma’lumotnoma;
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va boshqa manfaatdor davlat organlari xodimlarini (keyingi o‘rinlarda — davlat organlarining xodimlari) akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitish jadvali har yili tasdiqlanishini ta’minlasin;
v) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Farg‘ona politexnika institutining (keyingi o‘rinlarda – tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalari) “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog xodimlarini akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha tezlashtirilgan tarzda o‘qitish jadvalini tasdiqlasin;
2020-yil 31-dekabrga qadar buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish natijalari asosida “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitishning kunduzgi shakli muddatini qisqartirish imkoniyati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
2020-yil 1-avgustga qadar bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligidagi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha MHXSni chuqur o‘rganishni nazarda tutuvchi yangilangan o‘quv dasturlarini tasdiqlasin va belgilangan tartibda ta’lim jarayoniga joriy etsin;
2020-yildan boshlab tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish va keyinchalik mazkur tajriba-sinov loyihasini bosqichma-bosqich respublikadagi sohaga oid boshqa oliy ta’lim muassasalarida joriy etish choralarini ko‘rsin;
2021-yil 1-yanvarga qadar “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlarning akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitilishini ta’minlasin, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida tahsil olgan pedagog kadrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini rasmiy veb-saytida e’lon qilsin va doimiy ravishda ularni yangilab borsin.
7. Belgilansinki:
2021-yildan boshlab, MHXS va auditning xalqaro standartlari (keyingi o‘rinlarda — AXS) bo‘yicha o‘qitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya qilish sharti bilan, tegishli litsenziya olmasdan MHXS va AXS bo‘yicha o‘qitish va malaka oshirish yuzasidan litsenziyalangan faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga egadir;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarida buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha fanlar faqat xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” yoki “AXS bo‘yicha audit” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan o‘qitiladi;
xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar soliq hisoboti shaklini qayta ko‘rib chiqsin va uning MHXS bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotga moslashtirilgan shaklini ishlab chiqsin.
9. Belgilansinki, 2020 — 2025-yillar davomida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitish, malaka oshirish, interfaol usullarni qo‘llagan holda o‘qitish, shuningdek, buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) oliy ta’lim muassasalarining buyurtmanomalariga asosan:
oliy ta’lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari imtihon topshirishi uchun birinchi marta — to‘liq hajmda, ikkinchi marta — imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida qoplanadi;
oliy ta’lim muassasalarining talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda, birinchi marta — to‘liq hajmda, ikkinchi marta — imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida qoplanadi;
b) davlat organlarining buyurtmanomalariga asosan o‘z xodimlari imtihon topshirishi uchun birinchi marta — to‘liq hajmda, ikkinchi marta — imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
moliyaviy hisobotning yagona standartlarini ishlab chiqadigan va tasdiqlaydigan mustaqil xalqaro tashkilot hisoblangan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fondi (keyingi o‘rinlarda — MHXS fondi) bilan bitim tuzsin;
2020-yilda MHXS va unga tushuntirishlar matnini davlat tiliga tarjima qilish, boshqa tillarda MHXSni qo‘llash bilan bog‘liq hamda MHXS fondi yillik badallar to‘lash xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti qo‘shimcha daromadlari hisobidan qoplasin, 2021-yildan boshlab esa zarur mablag‘lar ajratilishini O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetida nazarda tutsin;
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3946-son qarorining 5-bandiga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
12. Mazkur qaror ijrosini tashkil qilishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov — mazkur qarorning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishini ta’minlasin, belgilangan tadbirlarni bajarishga mas’ul bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri — MHXS joriy qilinishi monitoringini ta’minlasin, buxgalteriya hisobi milliy standartlarini MHXS bilan uyg‘unlashtirish, buxgalteriya hisobi sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va tajribali hamda yuqori malakali mutaxassislarni MHXSni joriy qilish jarayoniga jalb etish bo‘yicha choralar ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Majidov — ta’lim jarayonlariga MHXSni chuqur o‘qitishni muvaffaqiyatli va samarali joriy etish, pedagog kadrlarni MHXS bo‘yicha sertifikatlash va oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini akkreditatsiyalash yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rsin, shuningdek, mazkur qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlasin;
mas’ul vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari — mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirsin;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, matbuot anjumanlari, mavzuga oid teleko‘rsatuvlar tashkil etsin.

Download 30,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish