2. Xalqaro va respublika darajalarida MHXS bo‘yicha amaliy seminarlar va tanlovlar tashkil etish.
10.
MHXS sohasidagi xalqaro tashkilotlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish asosida “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va fan dasturlarini qayta ko‘rib chiqish.
1. MHXS bo‘yicha xalqaro professional sertifikatlashtirish dasturlariga mos keladigan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.
2020-yil 1-avgust
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),
sohaga oid oliy ta’lim muassasalari
2. MHXSni chuqur o‘rganish, uni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutuvchi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha yangilangan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va ta’lim jarayoniga joriy qilish.
Har yili
3. Uch yillik o‘qish muddatidan kelib chiqqan holda “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitishning kunduzgi shakli o‘quv dasturlari va rejalarini qayta ko‘rib chiqish.
2020-yil 1-avgust
11.
Oliy ta’lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog xodi�larini tezlashtirilgan tarzda o‘qitish maxsus kurslarini tashkil etish, shuningdek, MHXS bo‘yicha pedagog xodimlarning uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirish.
1.“Buxgalteriya hisobi” va “Audit” yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qituvchilarni buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotdan akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida MHXS bo‘yicha o‘qitish grafigini tasdiqlash.
Har yili
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),
oliy ta’lim muassasalari
2. Quyidagilarni:
akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartlari asosida MHXS bo‘yicha malaka oshirish jarayonini tashkil etishda masofaviy va vebinar texnologiyalar dasturlari;
o‘qitish, imtihon topshirish va malaka oshirish hamda “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” yo‘nalishlari
va mutaxassisliklari b�yicha pedagog kadrlarning kasbiy faoliyat natijalari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi tizimi;
2022-yildan boshlab
buxgalteriya hisobi va audit fanlarini faqat xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” yoki “Audit” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga (ASSA, ASSA DipIFR, SRA, CIPA) ega bo‘lgan pedagog xodimlar tomonidan o‘qitish tartibini;
2021/2022 o‘quv yildan boshlab
Xalqaro buxgalter sertifikati (ASSA, ASSA DipIFR, SRA, CIPA) mavjud “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” yo‘nalishidagi pedagog xodimlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish tizimini joriy qilish.
Doimiy
ravishda
3. Xalqaro buxgalter sertifikati (ASSA, ASSA DipIFR, SRA, CIPA) mavjudpedagog xodimlarning malakasini oshirish xarajatlari uchun ish beruvchi tomonidan kafolatli to‘lovlarni amalga oshirish.
Har yili
12.
Buxgalteriya hisobi va audit fanlari bo‘yicha o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish.
1. Buxgalteriya hisobi va audit fanlari bo‘yicha xorijiy oliy ta’lim muassasalari amaliyotida joriy etilgan zamonaviy o‘quv adabiyotlarni sotib olish, jumladan elektron kutubxonani yaratish.
Doimiy ravishda
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
oliy ta’lim muassasalari
2. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining Internet global axborot tarmog‘idan foydalangan holda mustaqil chuqur bilim olishlarini ta’minlash uchun ularni MHXSga doir yangiliklar bilan tezkor tanishtirib boradigan virtual maydon (veb-sayt) yaratish.
O‘quv jarayoni, imtihon o‘tkazish va uning natijalarini baholash hamda sertifikat berish shaffofligini ta’minlaydigan MHXS bo‘yicha maqsadli o‘qitish dasturlarini tashkil etish orqali xalqaro standartlar asosida kasbiy sertifikatlashning zamonaviy tizimini joriy etish.
1. Buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida MHXS bo‘yicha o‘qitishni davom ettirish bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari bilan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishning dolzarb masalalarini muhokama qilish.
2020-yil davomida
Moliya vazirligi (D. Sultanov),
akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari
Moliya vazirligi
(D. Sultanov)
2. Xalqaro professional tashkilotlar bilan buxgaltyerlarni sertifikatlash bo‘yicha quyidagilarga yo‘naltirilgan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ASSA (Association of Chartered Certified Accountants) o‘rtasida tuzilgan memorandum va qo‘shma harakatlar rejasi ijrosi bo‘yicha;
oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish;
mutaxassislarning keng doirasi uchun MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob sohasidagi xalqaro kasbiy sertifikatlash bo‘yicha o‘qitish va imtihon topshirish dasturidan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
Memoran-dumga muvofiq
Moliya vazirligi (D. Sultanov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),
3. Quyidagilar uchun MHXS bo‘yicha o‘qitish va sertifikat olish uchun imtihon topshirishning grafigini tasdiqlash:
davlat organlari xodimlari;
oliy ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari.