Qarori firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘G‘risida



Download 73,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana13.06.2022
Hajmi73,93 Kb.
#664448
1   2
Bog'liq
8-сон 24.07.2009. Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida

(14-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31 maydagi
09-sonli 
qarori 
tahririda).
15. Shuni ta’kidlash joizki, qonunga ko‘ra, fuqarolar mulkini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj
qilganlik uchun jinoiy javobgarlik talon-toroj miqdoridan qat’i nazar kelib chiqadi. Ayni paytda,
talon-toroj miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining o‘ttiz baravaridan oshmagan har bir holda
surishtiruv, tergov organlari va sudlar ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning shaxsiga va moddiy zarar
qoplanishiga oid ma’lumotlarni inobatga olgan holda jinoyat ishini JK 
65
 va 
66-moddalariga 
asosan
tugatish masalasini muhokama etishlari shart.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31 maydagi 09-sonli
 qarori
 tahririda).
16. Jinoyat predmeti bo‘lgan mulkning qiymatini aniqlashda, uning mulkdor tomonidan qay
yo‘sinda sotib olinganligiga qarab, jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan va tegishli hujjatlar
bidan tasdiqlangan chakana, bozor yoki komission narxlardan kelib chiqish lozim. Narx mavjud
bo‘lmaganda va talon-toroj miqdori to‘g‘risida nizo kelib chiqqan hollarda, mulk qiymati ekspert
xulosasiga asosan aniqlanadi.
Aybdor tomonidan talon-torojni yashirish maqsadida talon-toroj qilingan mulk o‘rniga
boshqa, qiymati kamroq mulk almashtirib qo‘yilgan hollarda ham qilmish talon-toroj qilingan mulk
qiymatidan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi. Bunda talon-toroj qilingan mulk o‘rniga
taqdim etilgan mulk qiymati aybdordan moddiy zararni undirish, shuningdek, jazo turi va
miqdorini belgilash chog‘ida hisobga olinadi.
17. Aybdorning harakatlarida ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda firibgarlik sodir etilishi kabi
kvalifikatsiya belgisi mavjudligi to‘g‘risidagi masala Jinoyat kodeksining 
sakkizinchi bo‘limida
bayon
etilgan tushuntirishlarga muvofiq qal etilishi lozim.
Bir necha epizoddan iborat va yagona qasd bilan sodir etilgan davomli firibgarlik sodir etgan
shaxsning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda sudlar talon-toroj miqdorini jami talon-toroj qilingan


mulk qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlashlari kerak.
Agar aybdor tomonidan bir emas, balki bir necha firibgarlik harakatlari sodir etilib, ularning
har birida o‘zganing mulkini olishga yo‘naltirilgan mustaqil qasd amalga oshirilgan bo‘lsa, talon-
toroj qilingan mulk qiymatini qo‘shib hisoblashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar shaxsning qasdi o‘zganing mulkini ko‘p (juda ko‘p) miqdorda egallashga yo‘naltirilgan
bo‘lib, u aybdorga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, qilmish
haqiqatda talon-toroj qilingan mulk qiymatidan qat’i nazar, qasd mazmunidan kelib chiqib, ko‘p
(juda ko‘p) miqdordagi firibgarlikka suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak.
18. Sudlarga tushuntirilsinki, qalbaki hujjatdan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik,
hujjat kim tomonidan tayyorlangan yoki soxtalashtirilganligidan kelib chiqib, jinoyatlar majmui
tarzida JK 
168-moddasi
 va JK 
228-moddasi
 tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Shaxs firibgarlik maqsadida qalbaki hujjatdan foydalangan, biroq unga bog‘liq bo‘lmagan
holatlarga ko‘ra, o‘tganing mulkini ololmay yoki mulkka nisbatan huquqqa ega bo‘lolmay qolgan
hollarda qilmish jinoyatlar majmui tarzida JK 25-moddasi 
ikkinchi qismi
, JK 
168-moddasi
 va JK 
228-
moddasining
 tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
19. Mansabdor shaxs tomonidan u mansab vakolati yo‘qligi yoki o‘z xizmat mavqeidan
foydalana olmasligi tufayli aslida amalga oshira olmaydigan muayyan harakat (harakatsizlik) uchun
pul, qimmatli qog‘oz va boshqa moddiy qimmatliklar olinishi, unda mazkur qimmatliklarni
egallashga nisbatan qasd mavjud bo‘lgan taqdirda, firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Agar shaxs (shu jumladan, mansab vakolati yo‘qligi yoki o‘z xizmat mavqeidan foydalana
olmasligi tufayli muayyan harakat (harakatsizlik)ni aslida amalga oshira olmaydigan mansabdor
shaxs), go‘yoki mansabdor shaxsga pora sifatida berish uchun pul yoki boshqa qimmatliklarni olib,
biroq aslida bunday niyati bo‘lmasdan, ularni o‘zlashtirsa, qilmish firibgarlik sifatida kvalifikatsiya
qilinishi lozim. Agar qimmatliklarni egallash maqsadida ularning egasi aybdor tomonidan pora
berishga dalolat etilgan bo‘lsa, uning harakatlari firibgarlikdan tashqari pora berishga dalolat etish
sifatida qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Qimmatliklar egasining harakatlari esa, bunday
hollarda, pora berishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak.
20. Firibgarlik natijasida olingan, shuningdek, ish bo‘yicha ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan
jabrlanuvchiga tegishli pul va boshqa qimmatliklar JPK 211-moddasi 
to‘rtinchi bandiga
ko‘ra, o‘z
egasiga qaytarib berilishi lozim, pul va boshqa qimmatliklar ular egasining tashabbusi bilan, bila
turib, pora predmeti sifatida berilgan hollar bundan mustasno. Pul va boshqa qimmatliklar
topilmagan hollarda ularning summasi yoki pul birligidagi qiymati sud tomonidan jabrlanuvchi
foydasiga undiriladi.
21. Firibgarlikni iqtisodiyot sohasidagi qator jinoyatlardan, shu jumladan, o‘zganing mulkini
talon-toroj qilishning boshqa shakllaridan farqlamoq lozim.
Firibgarlikning o‘g‘rilikdan (JK 
169-moddasi
) farqi shundaki, firibgarlikda aybdor mulkni
o‘zganing egaligidan olib qo‘ymaydi, balki u tomonidan yanglishtirilgan jabrlanuvchining o‘zi
mulkni yoki mulkka bo‘lgan huquqni berishiga erishadi.
Tovlamachilikdan (JK 
165-moddasi
) firibgarlik shu bilan farqlanadiki, tovlamachilikda
jabrlanuvchining erki sindirilgan bo‘ladi va u qo‘rquv ta’siri ostida harakat qiladi, firibgarlikda esa
aldov natijasida jabrlanuvchining erki yanglishadi.
Firibgarlik jinoyatidan o‘tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar,
aksiz markalari, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar yoki chet el valyutasi yoxud chet el valyutasidagi
qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish (JK 
176-moddasi
) Qasd yo‘nalishi va soxtalashtirish
xususiyati bilan farqlanadi. Bunda pul belgisi yoki chet el valyutasi pul aylanmasiga kiritish uchun
soxtalashtiriladi. Qimmatli qog‘ozlarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq firibgarlikda esa, (masalan, pul
kupyurasiga bir necha nol raqamlarini qo‘shib yozish, suvenir banknotlarni, banknot yoki qimmatli
qog‘ozlarning foto-kseronusxalarini ishlatish va h.q.) qasd muayyan shaxsni aldash va mulkiy foyda
olishga qaratilgan bo‘ladi.
22. Jinoyat-protsessual kodeksining 
415-moddasi
talablariga rioya etgan holda sud ayblovni
o‘zgartirishi va sudlanuvchining harakatlarini qonunning boshqa moddasi (qismi,bandi)ga
kvalifikatsiya qilishga, shuningdek, jinoyatning ayrim epizodlarini {sudlanuvchining aybiga kiritilgan
harakatlardan) qonunning u bo‘yicha sudlanuvchiga ayb e’lon qilinmagan moddasiga kvalifikatsiya


qilishga haqli, basharti yangi modda dispozitsiyasi og‘irroq jinoyat alomatlarini nazarda tutmasa va
ayblov ish bo‘yicha e’lon qilingan ayblovdan faktik holatlari jihatidan jiddiy farq qilmasa.
Shundan kelib chiqib, firibgarlik o‘zganing mulkini talon-toroj qilish shakllaridan biri
ekanligini, o‘zganing mulkini firibgarlik, o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish
uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun moddalari (moddalari qismlari) sanksiyalari aynan bir
xilligini inobatga olib, sud ishni qo‘shimcha tergov yuritish uchun qaytarmasdan aybdorning
harakatlarini JPK 
415-moddasiga
rioya etgan holda JK 
167-moddasidan
JK 
168-moddasiga
yoki
aksincha qayta kvalifikatsiya qilishga haqli.
23. Firibgarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vaqtida sudlar ish bo‘yicha jabrlanuvchi deb topilgan
shaxs bilan mutloq fuqarolik munosabatlariga kirishgan shaxslar qonunga xilof ravishda jinoiy
javobgarlikka tortilishi va sudlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ziddiyat ishtirokchilari orasida
mavjud bo‘lgan haqiqiy munosabatlar xususiyatini sinchkovlik bilan aniqlashlari zarur. Ish bo‘yicha
shaxs qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi fakti aniqlangan holda sud bunga
tegishli munosabat bildirib, jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlari mansabdor shaxslariga
nisbatan xususiy ajrim chiqarishi kerak.
24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha
viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar firibgarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud
amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari, bu toifadagi ishlar bo‘yicha sud qarorlari
qonuniyligi va asosliligini chuqur tekshirishlari, yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini o‘z vaqtida
bartaraf etishlari lozim.
25. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud
amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
13-bandi
o‘z kuchini yo‘qotgan
deb topilsin.
Toshkent sh.,
2009-yil 24-iyul,
8-son

Download 73,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish