Qarori arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida



Download 162,24 Kb.
bet11/14
Sana19.02.2022
Hajmi162,24 Kb.
#459388
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Arxiv ishi

Chora-tadbirlar




Bajarish muddatlari






















I bosqich




Davlat arxivlari,
Arxiv ishi va ish yuritish markazi




Davlat arxivlari, Arxiv ishi va ish yuritish markazi tomonidan pulli xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlaridan majburiy ajratmalar to‘lanadi.




har chorakda,
keyingi oyning
25 sanasigacha































II bosqich




O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi




Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash uchun jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Jamg‘armani boshqarish Kengashi tuziladi va uning shaxsiy tarkibi tasdiqlanadi.




har yili































III bosqich




O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi,
Moliya vazirligi




Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilib tasdiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘t�aziladi.




O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida belgilangan muddatlarda































IV bosqich




Jamg‘armani boshqarish Kengashi




1. Jamg‘armadan mablag‘ ajratish masalalari Jamg‘armani boshqarish Kengashi majlisida muhokama etiladi, mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
2. Kengash qarorlari Kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.




zaruratga ko‘ra
(har chorakda kamida bir marta)































V bosqich




O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi




Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot Jamg‘armani boshqarish Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda har yili O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi Hay’ati yig‘ilishida tasdiqlanadi.




har yili 15-aprelga qadar










Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-martdagi 174-son qaroriga
3-ILOVA
Arxiv ishi va ish yuritish holati bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat boshqa tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) arxiv ishi va ish yuritish holati bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning qoidalari tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) davlat tashkilotlarida arxiv ishi va ish yuritish holati bo‘yicha davlat nazoratini (keyingi o‘rinlarda — davlat nazorati) amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.
4. Viloyatlar, tumanlar va shaharlar miqyosidagi davlat tashkilotlarida davlat nazorati tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Arxiv ishi va ish yuritish holati bo‘yicha me’yorlar va qoidalarning barcha buzilishlari to‘g‘risida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini xabardor qiladi, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan buzilishlarning oldini olish bo‘yicha ularning takliflarini hisobga oladi.
Davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
5. Agentlikning davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish;
davlat tashkilotlarida arxiv ishi va ish yuritish holati bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish hamda mazkur sohadagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi nazoratini, arxivlarga hujjatlarni topshirishning belgilangan tartibiga va ularni saqlash rejimiga rioya etilishini ta’minlash;
idoraviy saqlov va arxiv saqlovi bosqichida arxiv fondlari va arxiv hujjatlari saqlovini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, arxiv hujjatlarini saqlash muddati tugamasdan turib noqonuniy yo‘q qilinishining oldini olish;
axborot tashuvchilarning turidan qat’i nazar, arxiv hujjatlari va hujjat aylanishi bilan ishlashni tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida hujjatlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va ijrosini nazorat qilish, ularni joriy saqlashni tashkil etish bo‘yicha uslubiy hujjat ishlab chiqish va tarqatish;
davlat tashkilotlarining hududiy boshqarmalarida ish yuritishni ta’minlash holati bo‘yicha tashkiliy-uslubiy rahbarlikni va nazoratni amalga oshirish;
arxiv ishi va ish yuritishning samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat tashkilotlarini xabardor qilish va ular tomonidan arxiv ishi va ish yuritish bilan bog‘liq majburiyatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tizimli asosda arxiv ishi va ish yuritish sohasida huquqiy savodxonlikni va qonunchilikni qo‘llash madaniyatini oshirish, ushbu sohadagi qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan axborot-tushuntirish va ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish.
6. Quyidagilar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
tegishli hududlarda joylashgan arxiv va idoraviy arxivlardagi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarining holati bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish;
idoraviy saqlov va arxiv saqlovi bosqichida arxiv hujjatlarining saqlanishini, shuningdek, davlat tashkilotlarning arxiv hujjatlarini noqonuniy yo‘q qilishga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlashni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashish.
7. Davlat tashkilotlarida, ularning idoraviy arxivlarida hamda davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari davlat nazoratining obyektlari hisoblanadi.
8. Davlat nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:
davlat tashkilotlari tomonidan arxiv ishi va ish yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilinishini, davlat dasturlari va sohaga oid boshqa dasturlar bajarilishini tekshirish;
obyektda arxiv hujjatlarini saqlash holatini ko‘rikdan o‘tkazish va ularni qayd etish;
so‘rovnomalar yo‘llash, zarur bo‘lgan axborot, hujjat va materiallarni olish va tahlil qilish;
arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha hujjat va materiallarni taftish qilish.
9. Agentlik va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari o‘z vakolatlarini amalga oshirishda fuqarolarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, davlat yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni va boshqa axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor etmasliklari shart.
10. Davlat tashkilotlari Agentlik va uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslariga ish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratadi, tegishli hujjatlarni taqdim etadi hamda Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tushuntirishlar beradi.

Download 162,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish