Qarindoshlik munosabatlarini ifodalaydigan atama


Alisher Navoiy va Vilyam Shekspir ijodida badiiy tamoyillar mushtarakligi va o‘ziga xoslik1



Download 0,72 Mb.
bet3/3
Sana15.04.2022
Hajmi0,72 Mb.
#555299
1   2   3
Bog'liq
Kuyovbola

Alisher Navoiy va Vilyam Shekspir ijodida badiiy tamoyillar mushtarakligi va o‘ziga xoslik1


Badiiy so‘z ustalari Navoiy va Shekspir merosida tipologik o‘xshashliklarning ahamiyatga molik tomonlarini ko‘rsatishga urinar ekanmiz, ular dunyoqarashida muhim o‘rin tutgan mav- zulardan biri muhabbat muammosiga e’tiborimizni qaratamiz. Alisher Navoiy asarini («Layli va Majnun») Shekspirning («Romeo va Julyeta») asari bilan qiyoslash uning XVII asr- danoq jahonshumul va ilmiy o‘rganilgan badiiy ijodini jahon adabiyoti kontekstida o‘rganish yo‘lida bir urinish desak, xato bo‘lmaydi. Ikkala san’atkor ishq mavzusidagi yuksak badiiy asarni yaratar ekan, fojiali sevgi tarixini syujetga asosiy manba qilib olishdi.

O‘z navbatida, «Romeo va Juletta»ning sevgi tarixi ham xuddi shuningdek, italiyalik novellanavislar tomonidan bir necha marotaba qayta ishlangan Mateo Bandello novellasi (1554) bu muhabbat tarixini butun Yevropaga mashhur qildi. Bu tarixni fransuz tilida Per Buato yaratdi (1559). Fransuz ti- lidan ingliz tiliga Vilyam Peytner tarjima qilib, nashr qildirdi. Ingliz shoiri Artur Bruk «Romeus va Julyetaning fojiali tarixi» nomli poema yaratdi.

Sharq va G‘arbda ishq konsepsiyasiga bo‘lgan munosabat-


lar yaqinligini va muhabbat muammosining badiiy yechimi- dagi g‘oyaviy o‘xshashlikni V.M.Jirmunskiy ham e’tirof eta- di: «Dunyoviy muhabbat (ishqi majoziy) konsepsiyasi Haqqa bo‘lgan muhabbatning majozi sifatida tasavvuf an’analari bilan bog‘liq». Tasavvufning mumtoz sharq she’riyatiga, xususan «Layli va Majnun» asosidagi muhabbat konsepsiyasiga ta’siri qanchalik katta bo‘lgani fanga ma’lum.
Dostonda ham, tragediyada ham qahramonlar fojiasini tasvirlash orqali nohaqlik va adolatsizlik qoralanadi. «Ziddi- yat qahramonlarning hissiyotlari asosida tug‘ilmaydi... Fojia adovat va dushmanlik dunyosi bilan qahramonlarning ajoyib tuyg‘usi to‘qnashuvidan yuzaga keladi»2. Ikkala asarda ham qahramonlar xatti-harakatlarini yo‘naltiruvchi 5 ta asosiy lavha mavjud:

  1. Ilk uchrashuv.

  2. Dil izhori.

  3. Ayriliq.

  4. Istamagan kishi bilan nikohga majburlash.

  5. Xotima.

Navoiy dostonida ham, Shekspir tragediyasida ham muhab- bat an’anaviy munosabatlar me’yorini buzadi. Birinchi hola- tda ijtimoiy tengsizlik, Laylining otasi «devona» Qaysga qizini berishdan or qiladi1. Ikkinchi holatda azaliy oilaviy nizo to‘siq bo‘ladi. «Romeo va Julyetta»da qahramonlar yashirincha nikoh o‘qitishadi. Bu haqda ota-onalarini ogohlantirishmaydi. Ular- ning roziligini olish ilojsizligini anglab, bu haqda og‘iz ochmay- dilar. «Layli va Majnun»da faqat Majnun ota-onasining istagi- ga qarshi chiqa oladi, Layli esa ota-onasiga bo‘ysunadi. Ikkala ijodkor ham qahramonlarining o‘ziga xosligiga urg‘u berishadi. Ikkala asarda ham sevishganlar halok bo‘ladilar. Majoziy ishq vujudni yo‘q qilib yuboradi. Romeoning o‘limi Julyetta- ning, Laylining o‘limi (jisman) Majnunning jisman o‘limiga olib keladi. Laylining onasiga qilgan vasiyatiga ko‘ra har ik- kalasini bir kafanga o‘raydilar va bir qabrga qo‘yadilar.
Alisher Navoiy «Layli va Majnun» dostonini Shekspirning
«Romeo va Julyetta» tragediyasi bilan qiyoslash ikki buyuk ijodkorning ishq konsepsiyasiga munosabatlarining g‘oyaviy yaqinligini ko‘rsatdi. Ikki mutafakkir nuqtayi nazarida komil- likning muhtasham poydevori ham, oliy cho‘qqisi va so‘nmas nur manbayi ham ishqdir.
G‘arb uyg‘onish davri mutafakkiri inson e’tiborini uning o‘z go‘zalligiga, jismoniy va botiniy barkamolligiga (yuksak fazi- latlar egasi sifatida) qaratgan bo‘lib, ana shu barkamollikni badiiy adabiyotda ifoda etishga intilgan. Uning fikricha, go‘zal inson, albatta, go‘zal dunyoviy hayot sohibi bo‘lmog‘i lozim.
Sharq uyg‘onish davri mutafakkiri esa butun e’tiborini in- sonning ruhiy kamoloti masalasiga qaratgan. Uning uchun go‘zal dunyoviy hayot pirovard maqsad emas, balki boqiy ruhiy yuksaklikka erishish uchun bir imtihon vositasi, xolos. Alisher Navoiy va Shekspirning biz tahlil etayotgan asarlari zamirida ana shu g‘oya va o‘zaro tafovut yotadi. Ammo shun- ga qaramay, ikkala shoir ham real dunyo go‘zalliklari orasida ishqni go‘zallikning bosh manbayi deb qaraydilar.
Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish