Allaniyaz Uteniyazov 1936 yilda Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumani Qazayaqli qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga kelgan. 1950 yil oxirlarida Qoraqalpoq davlat pedagogika institutining roman-german fakultetining ingliz tili yo‘nalishida tahsil olgan. Uning nomi talabalik yillaridan chiqa boshladi. Paxta yig‘im-terim paytida bir kunda 400 kilogacha paxta (bu tasdiqlangan fakt), 1 ming 200 kilogacha paxta g‘o‘zasini tergan Allaniyazga “kombayn” deb nom berishdi. Boshqa eng ilg‘or terimchi deganlarning o‘zi bir mavsumda 2,5-3 tonna paxta tersa, Allaniyazning marrasi 12-15 tonna bo‘ldi. Terilgan paxta uchun berilgan pullarni u xayriya ishlariga sarf qilardi. - Allaniyaz Uteniyazov 1936 yilda Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumani Qazayaqli qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga kelgan. 1950 yil oxirlarida Qoraqalpoq davlat pedagogika institutining roman-german fakultetining ingliz tili yo‘nalishida tahsil olgan. Uning nomi talabalik yillaridan chiqa boshladi. Paxta yig‘im-terim paytida bir kunda 400 kilogacha paxta (bu tasdiqlangan fakt), 1 ming 200 kilogacha paxta g‘o‘zasini tergan Allaniyazga “kombayn” deb nom berishdi. Boshqa eng ilg‘or terimchi deganlarning o‘zi bir mavsumda 2,5-3 tonna paxta tersa, Allaniyazning marrasi 12-15 tonna bo‘ldi. Terilgan paxta uchun berilgan pullarni u xayriya ishlariga sarf qilardi.
U birinchi kursni tugatgandan keyin yozgi ta'tilda qishlog‘idagi Qurbaniyazovlar oilasiga uy qurib berdi. Bu uning birinchi marta qurgan uyi edi. Xizmatiga hech qanaqa haq olmadi. - U birinchi kursni tugatgandan keyin yozgi ta'tilda qishlog‘idagi Qurbaniyazovlar oilasiga uy qurib berdi. Bu uning birinchi marta qurgan uyi edi. Xizmatiga hech qanaqa haq olmadi.
- 1962 yilda institutni tamomlab o‘z qishlog‘idagi 4-umumta'lim maktabida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida boshlab, 42 yil davomida dars berdi.
Fidoiy ustoz o‘quvchilarga dars o‘tish bilan bir qatorda qishki va yozgi ta'til paytlarida yolg‘iz boshli, yordamga muhtoj 42 nafar qariyaga uy qurib berib, bu mehnatlari uchun bir so‘m ham haq olmagan. Shuningdek, u bitta o‘zi 2 ta maktab, 2 ta akusherlik punkti, 2 ta bolalar bog‘chasi va bitta kutubxona qurdi. Undan tashqari 174 ta xonadonning uylarini kapital ta'mirlagan. Hamma qurgan uylari uchun shaxsan o‘zi hech qanday texnikalarning yordamisiz 860 ming dona g‘isht quygan. Bu ishlarining barchasini bepul, bitta o‘zi amalga oshirgan. - Fidoiy ustoz o‘quvchilarga dars o‘tish bilan bir qatorda qishki va yozgi ta'til paytlarida yolg‘iz boshli, yordamga muhtoj 42 nafar qariyaga uy qurib berib, bu mehnatlari uchun bir so‘m ham haq olmagan. Shuningdek, u bitta o‘zi 2 ta maktab, 2 ta akusherlik punkti, 2 ta bolalar bog‘chasi va bitta kutubxona qurdi. Undan tashqari 174 ta xonadonning uylarini kapital ta'mirlagan. Hamma qurgan uylari uchun shaxsan o‘zi hech qanday texnikalarning yordamisiz 860 ming dona g‘isht quygan. Bu ishlarining barchasini bepul, bitta o‘zi amalga oshirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |