Allaniyaz Uteniyazov haqida O‘zbekistondagi deyarli barcha gazeta-jurnallarda maqolalar chop etildi, televideniye va radiolarda tinmasdan targ‘ib qilindi. Sobiq Ittifoqdagi ko‘p adadli “Pravda”, “Komsomolskaya pravda”, “Semya” va boshqa nashrlarda qator maqolalar chop qilingandan keyin uni butun dunyo taniy boshladi. Xususan, “Pravda” gazetasining 1985 yil 29 sentyabr sonida chop qilingan “Lik dobroty” (muallifi xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qahramoni Tulepbergen Qaipbergenov) maqolasidan so‘ng Allaniyaz Uteniyazov nomiga dunyoning turli burchaklaridan maktublar oqilib kela boshladi. - Allaniyaz Uteniyazov haqida O‘zbekistondagi deyarli barcha gazeta-jurnallarda maqolalar chop etildi, televideniye va radiolarda tinmasdan targ‘ib qilindi. Sobiq Ittifoqdagi ko‘p adadli “Pravda”, “Komsomolskaya pravda”, “Semya” va boshqa nashrlarda qator maqolalar chop qilingandan keyin uni butun dunyo taniy boshladi. Xususan, “Pravda” gazetasining 1985 yil 29 sentyabr sonida chop qilingan “Lik dobroty” (muallifi xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qahramoni Tulepbergen Qaipbergenov) maqolasidan so‘ng Allaniyaz Uteniyazov nomiga dunyoning turli burchaklaridan maktublar oqilib kela boshladi.
Allaniyaz ota haqida yozilgan “Allaniyaz Qaharman – adamgershiliktiң joqarg‘y shyңy” (Allaniyaz Qahramon – insoniylikning yuksak cho‘qqisi) kitobida (muallifi Eliza Dauletmuratova va Allambergen Dauletmuratov) shunday qiziqarli ma'lumot beriladi: - Allaniyaz ota haqida yozilgan “Allaniyaz Qaharman – adamgershiliktiң joqarg‘y shyңy” (Allaniyaz Qahramon – insoniylikning yuksak cho‘qqisi) kitobida (muallifi Eliza Dauletmuratova va Allambergen Dauletmuratov) shunday qiziqarli ma'lumot beriladi:
- “Allaniyaz hattoki maktabdan olgan maoshini ham kambag‘al oilalarga ishlatib yuborgan. Uning turmush o‘rtog‘i ham o‘ziga o‘xshash rahmdil inson bo‘lgan, erining ishlarini doimo qo‘llab kelgan.
So‘ng tavakkal qilib, Toshkentga uchadi. O‘zLKSMning birinchi kotibi R.Abdullayevning oldiga boradi. Abdullayevni u doim yig‘ilishlarda ko‘rardi. U ham buni yaxshi tanirdi. Unga masalani tushuntiradi. Abdullayev Allaniyazni respublika rahbarining oldiga olib kiradi. - So‘ng tavakkal qilib, Toshkentga uchadi. O‘zLKSMning birinchi kotibi R.Abdullayevning oldiga boradi. Abdullayevni u doim yig‘ilishlarda ko‘rardi. U ham buni yaxshi tanirdi. Unga masalani tushuntiradi. Abdullayev Allaniyazni respublika rahbarining oldiga olib kiradi.
- Sh.Rashidov yaxshi kutib oladi. Ahvollarini, makkani so‘raydi. U barini aytadi, yerini olib qo‘yganini va pomidor ekish uchun bermayotganini va hokazo.
- Rashidov darhol go‘shakni ko‘tarib Q.Kamalov bilan gaplashadi:
- – Menga odamlar amal, mashina so‘rab kelardi. Allaniyaz Uteniyazov esa yer so‘rab keldi. Dehqonchilik qilmoqchi. Qoraqalpog‘istonda yer ozmi? Uning dehqonchilik qilish qo‘lidan keladi. Nima, unda endi uning tajribasini Farg‘onada qo‘llaylikmi? – deydi.
- Oliyjanob insonni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ham qadrlagan. “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” kitobida uni Behbudiy, Munavvarqori, Avloniy, Cho‘lpon, Fitrat va boshqa buyuklar qatorida ko‘radi.
- Shuncha ishlarni bajarib yurgan Allaniyaz maktabdagi darslarini biron marotaba bo‘lsayam qoldirmagan. Hattoki, bir vaqtlari tuman maktablarida ingliz tili fani o‘qituvchisi yetishmay qolgan. Shunday paytlarda orasi 4-5 km keladigan 3 ta maktablarga qatnab ishlashiga to‘g‘ri kelgan va u buni doimo uddalab kelgan. Yana maktablar orasiga piyoda qatnagan. Mana shu kasbida u 42 yil faoliyat yuritgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |