Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Uyalash joylari va uchib o`tish davrida muhofazasini tashkil qilish lozim.
|
|
44.
|
Qora kaptar
Pale-baked Pigeon
Columba eversmaitni Bonaparte, 1856
|
Maqomi. 2: Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan ko`chmanchi Turon endemik turi. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan.
Tarqalishi. G`arbiy Tenshon, G`arbiy Pomir-Oloy tog`larining pastki qismi, Amudaryo, Surxondaryo, Zarafshon, Qashqadaryo vohalari (uyalash); tekisliklar va tog`oldi hududlari (uchib o`tish, ko`chish). O`zbekistondan tashqarida: O`rta Osiyo, Qozog`iston, Eron, Afg`oniston (uyalash); O`rta Osiyoning janubi, Pokiston, Hindiston (qishlash).
Yashash joylari. Tog`oldi vohalari va tekislikdagi to`qayzorlar, sog` tuproqli jarliklar (uyalash); g`alla maydonlari (ko`chish).
Soni. O`tmishda uchrashi odatiy edi, taxminan bir necha mingtasi uyalagan. 1960-1970-yillarda soni keskin kamayib ketgan, hozirda taxminan bir necha yuztasi mavjud bo`lsa kerak.
Yashash tarzi. Bahorgi uchib o`tishi — mart-aprelda. Alohida juft bo`lib jarliklarga, daraxtlarga in quradi, may-iyulda 2 ta tuxum qo`yadi (bir yilda 2 marta) va 19-25 kun bosib yotadi; poloponlari iyul-avgustda ucha boshlaydi. Avgust-sentabrda ko`chib yuradi. Kuzgi uchib o`tishi - sentabr-noyabrda. Respublika janubida ba'zan nomuntazam qishlaydi. Dukkakdoshlar va boshoqdoshlar urug`lari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. To`qayzorlarning qisqarishi, qo`riq yerlarning o`zlashtirilishi oqibatida yashash joylarining buzilib ketishi, brakonerlik.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagai.
Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Qo`riqxona va milliy bog`larda muhofaza ostiga olingan.
|
1.qaysi o’simlikdan nisholda tayyorlashda ishlatilati?
4. buta o’simlik
5. soya sevar o’simliklardan biri
7. qaysi o’simlikning mevasi uchma hisoblanadi?
12. bargi qishda ham saqlanib qoladigan o’simlik…
14. kim chetdan changlanishni kashf etgan?
16. xurmoning ikkinchi nomi …
2.ham ildizpoyali ham tugunakli o’simlik…
3. kislorod kam bo’lgan sharoitda ham o’sa oladigan o’simlik…
6. barg tuklari orqali ko’p miqdorda turli hil changlarni tutib qola oladigan o’simlik…
8. ra’nodoshlar oilasining o’ziga hos hususiyati…
9. dukkakdoshlar oilasiga kiruvchi qaysi o’simlikning ildizi xalq tabobatida pes kasalligini davolashda ishlatiladi?
10. qisqaruvchi poyali o’simlik…
11. umr bo’yi faqat bir marta gullaydigan ko’p yillik o’t
13. botanika fanining oltin hazinasi…
15. qaysi o’simlikning mevasi asosan shamolda yumalash hisobiga tarqaladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |