Yashash joylari. Tekisliklar va tog`oldi hududlari.
Soni. 1970-yillargacha uyalashi va uchib o`tishi odatiy edi. 1970-1980 y.- janubiy hududlarda 50-300, shimoliy hududlarda- sanog`i jufti uyalagan; jami, taxminan, 500 tacha uyalovchi jufti bo`lgan. Hozirda soni asta-sekin kamayib bormoqda.
Yashash tarzi. Bahorgi uchib o`tishi — mart-aprelda. Jarliklar va qiyalarning o`yiqlarida koloniyalar tashkil qilib inlaydi; aprel-mayda 3-5 ta tuxum qo`yadi va 28 kun bosib yotadi; poloponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o`tishi — avgust-oktabrda. Hasharotlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Hududlarning xo`jalik maqsadida o`zlashtirilishi tufayli yashash joylarining vayron qilinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |