QANGʻ DAVLATI TARIXINI ARXEOLOGIK YODGORLIKLAR ORQALI OʻRGANISH
Toshkent vohasidagilar dehqonchilik bilan juda qadimdan shugʻullanganlar. Ohangarondagi Burgʻonlik nomi bilan atalgan arxeologik obyektlarda olib borilgan qazilmalar natijasida toshdan yasalgan yer qazishda, chopishda ishlatiladigan qurol va jezdan yasalgan oʻroq topilgan. Bu oʻz navbatida bu yerlarda yashovchi aholi oʻsha davrlarda (miloddan oldingi IX—III asrlarda) dehqonchilik bilan shugʻullanganligidan dalolat beradi. Miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri va I ming yillikning birinchi yarmida Oʻrta Osiyoda sodir bulgan iqtisodiy tub oʻzgarishlar Toshkent vohasi aholisi hayotida ham yuz berdi. Bu mintaqa chorvadorlari xam asta sekin dehkonchilik uchun qulay boʻlgan joylarda doimiy qarorgohlarini belgilab, ziroatchilik bilan shugʻullana boshlaganlar. Chirchiq, Ohangaron va ularning irmoqlari boʻlgan katta va kichik soylar havzasi Toshkent vohasining eng kadimgi dehkonchilik markazlariga aylangan. Masalan, Ohangaron daryosining oʻrta oqimida joylashgan Burgʻuluqsoy havzasi Toshkent vohasydagi ilk dehqonchilik madaniyati tarkib topgan rayon boʻlib chiqdi. Bu rayonda arxeolog A.I.Terenojkin 1940-yilda birinchi bor qidiruv ishlarini olib borgan. U shu yili Burgʻuluqsoy boʻylab arxeologik izlanishlar olib borib, dehqonchilik bilan shugʻullangan aholining bir necha qarorgohlarini topdi. A.I.Terenojkin oʻsha yillarda yangi qurilayotgan Toshkent kanali trassasi boʻylab arxeologik yodgorliklarni hisobga olish bilan ham shugʻullandi. U ochgan kadimiy qishloq qoldiqlari Toshkent vohasining ilk bor dehqonchilik bilan shugʻullana boshlagan jamoalariga tegishli makonlar edi. Bu makonlarning barchasi Burgʻuluqsoy boʻylab joylashgan, shuningdek, ular ijtimoiy va madaniy jihatdan yagona umumiylikka ega edi. Shuning uchun A.I.Terenojkin bu yodgorliklarga Burgʻuluq madaniyati deb nom berdi. Burgʻuluk madaniyati Toshkent vohasi tarixida voha aholisining ilk dehqonchilik madaniyatini oʻrganishda muhim ilmiy kashfiyot edi. A. I. Terenojkin Burgʻuluq madaniyati yodgorliklarining davriy tasnifotini ishlab chiqdi va bu madanint tarixini ikki bosqichga boʻldi. U avval Burgʻuluq madaniyati yoshini miloddan avvalgi III-I asrlarga oid deb topdi, Keyinrok esa bunga aniqlik kiritib, uning yoshini miloddan avvalgi IV—III asrlar bilan belgiladi.Ammo Toshkent vohasida dehqonchilik madaniyati undanham oldin tarkib topgan. Masalan, vohaning yirik yodgorligi Qanqa shahar xarobasida olib borilgan izlanishlar bu vohada shahar madaniyati miloddan avvalgi IV asrning oxiri va III asrda naydo boʻlganligidan dilolat beradi. A. I. Terenojkin Burguluq madaniyatiningyoshiga uchinchi bor aniqlik kiritdi. Bunga koʻra Toshkent vohasida ilk dehqonchilik madaniyati miloddan avvalgi VI —IV asrlarda shakllangan.
Terenojkindan keyin uzoq yillar Burgʻuluk madaniyati tarixi bilan hech kim shugʻullanmadi. Nihoyat, 1972-yili bu ishga arxeolog X. Duke jalb etildi. U Tuyaboʻgʻiz suv omborining qurilishi munosabati bilan Ohangaron daryosining chap sohilida muntazam ravishda qidiruv va qazishma ishalarini olib borib, bu madaniyatga tegishli 14 ta qishloq va 60 ga yaqin yarim yertoʻla va chayla tipidagi kulbalarning qoddiqlarini ochib oʻrgandi. Arxeologik kazishmalar davomida qadimgi qishloklarni oʻrab olgan mudofaa devorlarini ochdi, xom gʻishtdankilingan har xil hajmdagi uy qoldiqlarini qazidi.1981-yili shu madaniyatga aloqador bir qabrni hamochib oʻrgandi. Qabrda skelet oyoq-koʻllari buklangan holdachan yoni bilan, boshi shimolga qaratib yotqizilgan edi. Mozordan bitta sopol idish chiqqan. Skelet ustida bir qator xom gʻishtlar yotardi. Burguluq madaniyati qishloq qoldiqlarini qazish vaktida behisob sopol parchalari, qumtoshdan yasalgan oʻroksimon pichoqlar, bronzadan yasalgan oʻroq va pichoqlar bigiz, oyna, ignalar topilgan. Topilmalar orasida ikki parrakli paykon ham bor. Tosh kurollar behisob, ularichida yorgʻuchoqlar, tosh oʻgʻir va oʻgʻir soplari koʻplab uchraydi. Sopollar qoʻlda ishlangan. Toshkent vohasining kadimgi dehqonlari va hunarmand ahli ham Burgʻuluk, madaniyati zamonida sopol idishlar ishlab chiqarishda kulolchilik charxidan foydalanishdi bilmaganlar. Sopollar ikki yarusli xumdonlarda emas, balki ochiq gulxanlarda pishirilgan. Shuning uchun ular qoʻpol, moʻrt bir tekisda jarangdor qilib pishirilmagan. Sopol idishlarning turlari xam koʻp boʻlmagan. Ular osti yassi kilib ishlangan kosalar, tuvakcha va xurmachalardan, kulokli sopol qozonlardan iborat boʻlgan. Sopollar aksariyatining (kozonlardan tashqari) sirtiga och kizil angob berilgan, soʻng pardozlangan. Uning ustidan idishlarninggardishi boʻylab och kora yoki och qizil rangda gul solingan. Sopollarga tushirilgap gullar ham juda oddiy chiziklardan iborat. Sopollar oʻz tashkikoʻrishshi jihatidan Chust madaniyati sopollariga oʻxshab ketadi. X. Duke sopollardagibu alomatlarni hisobga olgan holda ikki parrakli bronza paykan, qumtoshdan yasalgan oʻroqsimon pichoklarga asoslanib, Burguluq madaniyati yoshini qayta koʻrib chiqdi va uning miloddan avvalgi IX—VII asrlarga oid yekanligni isbotladi.Togakent vohasi yodgorliklar majmuida Burgʻuluq madaniyati oʻrniga kelgan yangi arxeologik madaniyatni hozircha tarix fani bilmaydi. Ammo Toshkent vohasi tarixida A. I. Terenojkin ochgan Kovunchi madaniyati bor. Uning yil sanasi miloddan avvalgi II asrdan boshlanadi. Endi Burgʻuluq bilan Qovunchi oʻrtasidagi oraliq davr uzok, yillar davomida arxeologlarning boshiniqotirdi. Nihoyat, Oʻzbekiston arxeologlari Toshkent shahri yoshini aniklash munosabati bilan bu jumboqning yechimini ham topdilar. Keyingi yillarda M. Filanovich Toshkent yaqinidagi Shoshtepada qazishmalar olib borib, uning ustki qatlamining ilk feodal davriga oid ekanligini taʼkidlar ekan, Shoshtepaning quyi qatlami Burgʻuluk madaniyatiga tegishli ekanligini isbotladi. M. Filanovichning Shoshtepada olib borgan qazishmalari tufayli Burgʻuluq madaniyati, A. I. Terenojkin aytganidek, ikki bosqichdan iborat ekanligi yana bir bor tasdiklandi. Shoshtepaning pastki qatlamidan qalin Burgʻuliq davri madaniy qatlami ochildi. Qadimiy mudofaa devori qoldiqlari oʻrganildi. Shoshtepa Toshkent shahrining ilk bor asosi qurilgan makon ekanligi aniklandi. Qadimgi Toshkent Shosh, undan avvalroq Choch deb atalgan. Toshkentning ana shu qadimgi nomi Shoshtepa bilan bogʻliq holda xalq orasida juda qadimdan hozirgacha unutilmay kelganidan dalolatdir.
Arxeolog olimlar (M.Filanovich va X.Duke) Shoshtepa materiallarini chuqur oʻrganib, Burgʻuluk. madaniyatining soʻngga bosqichi Shoshtepada namoyon boʻlganini anikladilar. Shoshtepaning Burgʻuluq qatlami yoshi miloddan avvalgi VI—IV asrlarga tegishli ekanligini isbotladilar shuningdek, Burgʻuluq qatlami ustida yotgan katlam miloddan avvalgi III asrga oid boʻlib, u Burguluk madaniyati bilan Kovunchi madaniyati oʻrtasidagi oʻtish bosqichi ekanligi ham asoslandi.
Shunday qilib, Burgʻuluq madaniyati Toshkent vohasi axolisining ilk dehqonchilik madaniyatidir. U ikki tarixiy bosqichni bosib oʻtdi. Uning birinchi bosqichi miloddan avvalgi IX—VII asrlar, soʻnggi boskichi esa miloddan avvalgi VI—IV asrlar bilan aniqlangan. Burguluqliklar oʻz taraqqiyotining birinchi bosqichida yarim yertoʻla va chayla tipidagi kulbalarda yashab, dehqonchilikbilan shugʻullanganlar. Ikkinchi bosqichda esa ularning ijtimoiy, iktisodiy va madaniy hayotida tub oʻzgarishlar yuz berdi. Endi ular guvala va xom gʻishtdan kulba kurishni bilib oldilar. Dehqonchilikda sunʼiy sugorishdan foydalanildi. Ularning qishloqlari atrofida mudofaa devorlari paydo boʻldi.
Qang‘ madaniyatining gullashi tasodifiy emas, albatta. Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi xalqlarning So‘g‘diyona, Farg‘ona va Tyan'shan' tog‘ining shimoli-sharqiy qismida yashovchi xalqlar bilan yaqin aloqada bo‘lganligi tufayli Qang‘a madaniyati taraqqiy etgan. Ana shu aloqalar natijasida katta bir o‘lkada (O‘rta Osiyo va Qozog‘iston cho‘llarida) yashovchi bir qancha xalqlarning madaniyatida, urf-odatida o‘xshashliklar mavjud bulgan. Shuning uchun qadimgi manbalarda qang‘uylarning shimoli-g‘arbiy qo‘shnisi Yanqay (alanlar) hamda Buxoro (An', An'si) aholisining urf-odati qang‘uylarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Solnomalarda qang‘uylar haqida gap ketganda bularning urf-odati, turmush tarzi Shimoliy Xitoy va SharqiyTurkistonda joylashgan katta yuechjilarnikiga o‘xshaydi deb ta'kidlanadi. Qang‘arlarning moddiy va madaniy aloqalarining kengayib borishida, so‘zsiz, ularning yeridan o‘tgan qadimiy savdo yo‘li — «Ipak yo‘li»ning ahamiyati katta bo‘lgan. Bu savdo yo‘li orqali O‘rta Osiyo xalqlari Xitoy, Hindiston, Eron,Yunoniston, Misr, Old Osiyo va Yevropabilan kadim davrlardanoq savdo va diplomatik aloqada bo‘lib kelganlar.Savdo va madaniy aloqaning rivojlanganligini miloddan oldingi II—I va milodiy I —IV asrlarga oid arxeologik topilmalar tasdiqlaydi. Junariq yaqinidagi qadimiy qo‘rg‘onlardan (go‘ristonlardan) topilgan ikki damli, shtangasimon dastalik qilich olimlarning diqqatini o‘ziga jalb etgan. Bu tipdagi qilich O‘rta Osiyoning boshqa rayonlarida ham topilgan. Shu tipdagi ikki damli qilichni miloddan oldingi III—I asrlarda sarmatlar ishlatgan. Qang‘a va sarmat xalqlari qadimdan bir-birlari bilan qo‘shni bo‘lib yashashgan. Milodiy I asrda sarmatlarning katta bir qabilasi — alanlar qang‘arlarga bo‘ysungan. Uzoq davrlardan beri davom etib kelgan savdo va etnik aloqalar natijasida Sarmat madaniyatiga xos ayrim buyumlar, jumladan, ikki damli qilich qang‘arlarda ham bo‘lgan. Junariq yaqinidagi 7-qo‘rg‘ondan miloddan oldingi I — milodiy II asrlarga oid jezdan yasalgan, o‘rtasi bo‘rtib chiqqan, dastali oyna topilgan.
B. A. Litvinskiyning fikricha, bu oyna Baqtriyada miloddan oldingi II asrlarda ishlangan. Keyinchalik bu xildagi jezoyna O‘rta Osiyoga va Hindistonga, hatto Volgabo‘ylariga ham tarqalgan. Shu 7-Junariq yaqinidagi qo‘rg‘ondan miloddan oldingi I — milodiy III asrlarga oid jezto‘g‘nog‘ich ham olingan. Bu xil to‘g‘nog‘ichlar Yugoslaviya, Italiya, Vengriya hamda Yevropaning ko‘pgina rayonlarida, Kichik Osiyoda, G‘arbiy Sibirda va boshqa regionlarda ham ko‘plab topilgan. Taxmin qilinishcha, bu tipdagi to‘g‘nog‘ich O‘rta Osiyoga Sharqiy Yevropadan, Vengriyadan Sarmat cho‘li orqali o‘tgan. Shunga o‘xshash to‘g‘nog‘ichlar Qang‘arlarga Sharqiy Parfiya va Hindiston orqali ham o‘tgan. Choshtepada olib borilgan qazilmalar natijasida topilgan, milodiy I —II asrlarga oid riton ham Qang‘ yerlariga Yevropadan savdo aloqasi orqali kelib qolgan.Keltirilgan arxeologik ma'lumotlardan xulosa qilib aytish mumkinki, Qang‘arlarning madaniy aloqa doiralari juda keng bo‘lgan; ular o‘zlariga yaqin qo‘shni xalqlar va qabilalar bilan savdo va diplomatik aloqa bog‘laganlar. Qovunchiliklar jasadni dafn etish uchun yerni g‘or shaklida kavlab, mag‘ora (katakomba) yasaganlar, Jasadni go‘rga qo‘ygach,uning yoniga erkak kishi bo‘lsa, qilich, xanjar; ayol ko‘milsa, bezaklar, taqinchoqlar jezoyna qo‘yilgan. Go‘rning og‘zi tosh, xom g‘isht yoki kesak bilan berkitilgan. Mag‘oraning ustiga tuproq uyulib, tepaqo‘rg‘oncha qilingan. Bu xildagi daxmalar Toshkent vohasida, xususan, Angrenda ko‘plab uchraydi12. Jasad ba'zi daxmalarda yerning ustiga qo‘yilgan. Maqbaralar xom g‘ishtdan, paxsadan qilingan. Qoramozor va Qurama tog‘larida ustiga tosh uyulib qo‘yilgan daxmalar ham uchraydi. Bu xildagi qabrlar «mug‘xona», «mugtosh» deb atalgan7
Miloddan oldingi VI —I asrlarda So‘g‘diyonada, jumladan, Toshkent vohasida zardushtra diniy e'tiqodi keng tarqalgan Zardushtra ta'limotiga ko‘ra, jasadni yerga qo‘yish yoki o‘tda kuydirish qat'iy man qilingan. Chunki, murda makruh, hisoblangan. Shuning uchun ham bu dinga e'tiqod qilgan kishilar murdani oldindan tayyorlab qo‘yilgan baland joyga olib borib qo‘yganlar. Hayvon va qushlar o‘lik etini yeb bo‘lganidan so‘ng suyaklarni yig‘ib, loydan yoki sopoldan yasalgan idishlarga (assuariylarga) solib dafn etganlar. Bu xildagi idishlar Toshkentda milodiy IV—VI asrlarda ham mavjud bo‘lgan17. Ammo bu davrda jasadni yerga qo‘yib ko‘mish ham keng tarqalgan edi.Yuqorida keltirilgan dalillarga asoslanib quyidagi xulosalarga kelish mumkin. Milodiy bir minginchi yilning birinchi yarmida zardushtra diniy e'tiqod hukm surib kelayotgan bir davrda Tyanshan tog‘laridan shimoli-sharqda hamda Sirdaryoning quyi oqimidagi yerlarda yashovchi xalqlar jasadni yerga qo‘yib ko‘mish odati mavjudligi ko‘chmanchi qabilalarning ayrim qismlari Toshkent vohasiga kelib joylashib, ularga aralashib ketganligini bildiradi. Vodiyga kelib o‘rnashgan qabilalarning kelib chiqishi har xil bo‘lgan; bularning ayrimlari eron til gruppasidagilar (assiylar, toxarlar, shaklar va boshqalar) bo‘lsa, boshqa qismlari esa turkiy tilda gapiruvchilar bo‘lgan.
Qovunchiliklar quyoshga sig‘inganlar. Bu e'tiqod ibtidoiy davrlarda ham ko‘pchilik xalqlarda mavjud bo‘lgan bo‘lishi kerak. Quldorchilik davriga kelib quyoshga sig‘inish yangicha tus olgan. Endilikda Quyosh xudosi qabila boshliqlari va quldorchilik davlatining manfaatlari uchun xizmat qilgan.Quyoshga sig‘inish O‘rta Osiyoda yashovchi shak - massagetlar orasida ham keng tarqalgan. Gerodot (miloddan oldingi V asr) «Massagetlar barcha xudolardan faqat quyoshni tan oladilar» deb yozadi. Massagetlar malikasi To‘maris Eron podshosi Kir II dan o‘ch olish maqsadida massagetlar xudosi «Quyosh» nomini tilga olib qasam ichadi8. Kirni massagetlar bilan urush olib borgan yillari miloddan oldingi VI asrga (530 — 524 yillariga) to‘g‘ri keladi. Sirdaryoning quyi oqimidan topilgan VII—V asrlarga oid arxeologik qazilmalar vaktida topilgan ot anjomlaridagi bezaklarda quyosh shakli bo‘lgan9.
Qovunchiliklar olovga ham sig‘inganlar. Albatta, bu e'tiqod zardushtra dinining ta'siri natijasidir. Qovunchiliklarga oid yana bir qancha e'tiqodlar ham mavjud bo‘lgan. Shulardan biri ma'lum hayvonning g‘oyibona kuchiga ishonish bo‘lgan, Bu borada qo‘chqor va ho‘kiz alohida o‘rin tutgan. Bunga Qovunchi va Toshkent vohasidagi qo‘rg‘on xarobalaridan arxeologik qazilmalar natijasida topilgan milodiy I—VI asrlarga oid sopol idishlar misol bo‘ladi. Qovunchiliklar qo‘chqorni himoya qiluvchi va tozalovchi kuch deb qaraganlar. Qovunchitepadan shohli xo‘kiz boshiga o‘xshatib yasalgan qozon tagiga qo‘yilgan tirgaklar ham topilgan. O‘sha davr kishilari ho‘kiz boshiga himoya kuchiga ega bo‘lgan, baxtsizliklardan saqlovchi ilohiy kuch sifatida sig‘inganlar.Shunday qilib Qang‘ davlati tarixini o‘rganishda Burg‘uluq va Qovunchi madaniyati muxim arxeologik manba bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |