Qangʻ davlati tarixini va boshqaruv tizimini arxeologik yodgorliklar orqali oʻrganish


DAVON DAVLATI TARIXI VA DAVLATCHILIGIGA OID CHUST MADANIYATI



Download 51,47 Kb.
bet4/5
Sana21.06.2022
Hajmi51,47 Kb.
#687057
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mirshod kurs ishi

2.DAVON DAVLATI TARIXI VA DAVLATCHILIGIGA OID CHUST MADANIYATI.
Farg‘ona vodiysining qadimgi tarixi haqida gap ketganda, odatda, uning miloddan avvalgi VII—VI asrlardan to milodiy eraning V asriga qadar bo‘lgan davr tarixini ko‘z o‘ngimizga keltiramiz. Chunki undan avvalgi davr qadimgi Farg‘ona tarixida ibtidoiy jamoa tuzumi va V asrdan boshlab esa uning feodal davri tarixi boshlanadi. Farg‘onaning qadimgi davr tarixi quldorlik davriga to‘g‘ri keladi. Ammo bugungi kunda qadimgi Farg‘ona haqidagi arxeologik va tarixiy manbalar bu zaminda quldorlik tuzumi qanday darajada bo‘lganligi haqida fikr yuritishga yetarli ma'lumot bermaydi. Bu davr tarixida ijtimoiy-siyosiy hayotda erkin jamoa xo‘jaligi jamiyat rivojida asosiy qatlamni tashkil etardi. Qadimgi Farg‘onaning ana shu davr tarixida, Xitoy manbalariga ko‘ra, Dovon davlati bo‘lgan. Ammo bu davlatning qaysi asrda paydo bo‘lganligi, qachon inqirozga yuz tutib tarix sahnasidan tushganligi hakida hech qanday ma'lumotlar yo‘q. Faqat uning miloddan avvalgi II—I asrlarda qudratli Dovon davlat uyushmasi bo‘lganligi hakida qisqa ma'lumot saqlangan, xolos.Miloddan avvalgi VI—IV asrlarda O‘rta Osiyoning Baqtriya, Parfiya, Marg‘iyona, So‘g‘d, Xorazm kabi qadimgi dehqonchilik o‘lkalari Eron ahamoniylariga tobe bo‘lib, u buyuk imperiya tarkibida bo‘lgan chog‘larda qadimgi Farg‘ona bunday tobelikdan ozod edi. Miloddan avvalgi IV asrda bu davlat Xorazm davlati singari makedoniyalik Iskandarga ham tobe bo‘lmagan.Qadimgi Farg‘onaning Salavkiylar davlati tarkibida bo‘lganligi haqida ham hech qanday malumot uchramaydi. Demak, Farg‘ona qadimgi davrda ahamoniylar va yunonlar hukmronligi davrida siyosiy erkini o‘z qo‘lida saqlab qolgan. Yunon mualliflari faqat salavkiylarning lashkarboshisi Demodam miloddan avvalgi 280 yilda Yaksart (Sirdaryo)dan o‘tib yunon xudosi Appolon shaniga mehrob (olovxona) o‘rnatdi, degai xabarni qoldirgan.YuunonBaqtriya podsholaridan birining Sharqiy Turkistonga Farg‘ona orkali bir marta ko‘shin tortib borganligi haqida ham antik tarixchilar ma'lumot qoldirganlar. Yukorida bayon etilgan fikr mulohazalardan kelib chiqadigan bo‘lsak, qadimgi Farg‘ona davlati — Dovon miloddan avvalgi II asrda emas, balki ancha avval, III yoki IV asrlardayoq O‘rta Osiyo tarixida shakllangan davlat snfatida mavjud edi. U qadimda Parkan deb atalgan. Uning Dovon nomi yesa xitoylar tomonidan berilgan nomdir. Xitoy manbalarida yozilishicha, miloddan avvalgi II — I asrlarda Dovon aholisi ko‘p, dehqopchilik va hunarmandchilik xo‘jaliklari yuksak rivojlangan, shaharlarga boy va kuchli qo‘shinga ega mamlakat bo‘lgan. Bu tarif, darhaqiqat, boy arxeologik materiallar asosida ham tasdiqlangan. Bu davr qadimgi Farg‘ona tarixida Sho‘rabashat bosqichi deb ham yuritiladi. Sho‘rabashat, O‘zgan shahri yaqinida joylashgan bo‘lib, vodiyning yirik shaharlaridan biridir, uning maydovi 70 gektarga teng. Miloddan avvalgi II asrda, yani Xitoy elchisi Chjyaa Syan bu yurtga kelgan davrlarda qadimgi Farg‘onada kuchli siyosiy davlat tizimi shakllangan edi. Podsholik tepasyda mahalliy aholining asilzodalaridan chiqqan hukmdor turardi. Ulardan bazilarining nomlari xitoychada Mugua, Chan Fin, Yanilyu deb berilgan. Hukmdorniig yonida epg yakin qarindoshlardan ikkita yordamchi bo‘lgan. Hukmdor davlat ishlarini olib borishda oqsodollar kengashiga suyangan. Oqsoqollar kengashi hukmdor bilan birgalikda davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, siyosiy va diniy masalalarni hal etgan. Shu bilan birga oqsoqollar kengashi hukmdor faoliyatini muhim masalalarda nazorat kilib borgan. Oliy kengash oldida hukmdorning xukuqi cheklangan edi. Ayniqsa, urush va tinchlik, diplomatiya masalalarda hal etuvchi kuch oliy keigash qo‘lida edi. Oliy kengash hukmdorni hokimiyatdan tushirishi, uning o‘rniga yangisini saylashi mumkii bo‘lgai. Xitoy manbalarining xabar berishiga qaraganda, o‘zga davlat va uning qo‘shini bilap bo‘lgan janglarda dovonliklarniig mag‘lubiyati uchun oliy hokimiyat egasi hukmdor oqsoqollar kengashi qarori bilan o‘lim jazosiga torilan. Dovon davlatining siyosiy tuzumi shaxar davlt yoki voha davlatlariing erkin ittifoqidan tashkil tongan konfederatsiya edi. Bunday davlat tizimining vujudga kelishida qadimgi Farg‘onada so‘nggi bronza davirida (miloddan oldingi XI—VII asrlarda) shakllangan dehqonchilik vohalari va ular bazasida tashkil topgan qadimgi shaharlar asos bo‘ldi. Ana shunday dehqoichilik vohalarining soni qadimgi Farg‘onada, arxeologik izlanishlarga ko‘ra, 10 dan ortiqdir. Shular jumlasiga Aravansoy, Akbura, Sultonobod, Qo‘rg‘ontepa,0 Andijonsoy, Qorabosh, Tentaksoy, Maylisoy, Ulug‘nor, Shahrixonsoy, Akman Yilg‘insoy va boshqalar kiradi. Ularning har birida o‘nlab antik davr yodgorliklari bor. Bu vohalarning ko‘pchiligi so‘nggi bronza davrida o‘zlashtirilgan, miloddan avvalgi IV—I asrlarga kelganda esa ular bazasida shaharlar qad ko‘targan. Bu Xitoy sayyohi va elchisi Chjan Syan qadimgi Farg‘ona xalqi bilan, uning xulq-atvori, o‘rf-odatlari, kuch qudrati, tabiati va hayvonot dunyosi bilan tanishar ekan, u o‘z imperatori nomiga hisobot yozgan va Xitoy imperatorining etiborini Dovonga tortgan.

Bu vohalarning ko‘pchiligi so‘nggi bronza davrida o‘zlashtirilgan, miloddan avvalgi IV—I asrlarga kelganda esa ular bazasida shaharlar qad ko‘targan. ByXitoy sayyohi va elchisi Chjan Syan qadimgi Farg‘onaxalqi bilan, uning xulq-atvori, o‘rf-odatlari, kuch qudrati, tabiati va hayvonot dunyosi bilan tanishar ekan, u o‘z imperatori nomiga hisobot yozgan va Xitoy imperatorining etiborini Dovonga tortgan. Dovon Xitoy (Xan) imperiyasining G‘arb mamlakatlari bilan ipak yo‘li orqali savdo-sotiq ishlarini yuritishda juda muhim yurt hisoblanardi. Farg‘onaning samoviy dul dullari—arg‘umok otlari Xan imperatorlarini Davanni o‘z tasarrufiga olishga undardi. Shu maqsadda Xitoy Farg‘ona xalqi ustiga qo‘shin tortib borishga bahona qildirardi. Miloddan avvalgi 104 yilda bahona ham topildi. Farg‘onaliklar tomonidan Xitoy fuqarosi Che Liining o‘ldirilishi ularga Dovonga qo‘shin tortib borishga bahona bo‘ldi. Xitoyliklar Dovon ustiga qo‘shin tortib borar ekan, dastlab Farg‘ona yurishini ko‘z o‘ngiga keltrira olmaganlar. Uzoq yo‘l, har qadamda mahalliy hokimlar qo‘shinlari bilan bo‘lib turadigan to‘qnashuvlar Xitoy armiyasining tinkasini quritdi. Ular Farg‘onaniegallash u yokda tursin, hatto bironta arg‘umok olishga ham erisha olmay, miloddan avvalgi 102 yilda katta sonli ko‘shindan qolgan qoldiq bilan zo‘rg‘a Xitoynyant Dun Xuan shahriga qaytadi. Biroq xitoyliklar bir yildan so‘ng, myloddan avvlgi,101 yilda 60 ming kishilik qo‘shin bilan Farg‘ona ikkinchi marta harbiy yurish uyushtiradi. Urush xitoyliklar uchun yengil ko‘chmadi. Qo‘shinga 50 dan ortiqtajribali lashkarboshilar boshchilik qildi. Bu safar urushga maxsus tayyorgarlik ko‘rildi. Armiyaga shaharlar kamal holatga o‘tganda suvsizlikdan taslim etish choralarini ko‘ruvchi mutaxassislar, arg‘umoq otlarni tanlay odadigan mutaxassislar jalb etildi, otlar uchun qurukq yem xashak g‘amlandi. Birinchi jangdayoq xitoyliklarning qo‘li baland kelib, dovonliklar chekinadilar. Yerli aholi sonli Xitoy askarlari bilan ochiq maydonda jang qilishdan qochib, mayda-mayda guruhlarga bo‘linib qalalarga yanshrinadilar. Nihoyat, Xitoy qo‘shinlari Dovon davlatining poytaxti Ershini (hozirgi Marhamat shahar xarobasi) qamal qiladilar 40 kuncha davom etgan qamaldan so‘ng dushman shahar tashqi devorini buzib, shahar ichiga kiradi va uning bir qismini egallaydi. Ammo mudofaachilar ham bo‘sh kelmaydilar. Dovon podsholigining oqsoqollar kengashi o‘z vakillarini xitoyliklar huzuriga yuborib, dushman oldiga o‘z shartlarini qo‘yadiar. Ular, agar Xitoy armiyasi harbiy harakatni to‘xtatsa, o‘z hukmdori kaysar Muguani o‘ldirishni hamda bir necha samoviy duldullar va Xitoy armiyasi uchun yemak berajaklarini vada qiladilar. Agar bu shartlarga ko‘nmasa mudofaachilar qarshilik ko‘rsatishni davom ettirajaklarini va oldindan kelishuvga ko‘ra ularga Qapg‘uy qo‘shinlari yordamga yaqin kunlar ichida kelishini xabar qiladilar. Holdan ketib, tinkasi kurigan xitoyliklar bunga rozi bo‘lib, bir necha arg‘umok otlar va 3 ming boshqa turdagi otlar olib qaytadilar. Xitoy tarixchisi Sima Syanning xabariga ko‘ra, Mugua o‘ldirilib, uning o‘rniga Farg‘ona davlatining sobik hukmdori Mosoyni taxtga o‘tqazadilar.
Shundan so‘ng ikki oradagi urush to‘xtaydi va Xitoyning qoldiq askarlari yo‘l-yo‘lakay kutilmagan to‘sqinliklarga uchrab, Sharqiy Turkistonga yo‘l oladilar. Uzgan aholisi xitoyliklar koldirib ketgan qo‘shinni oziq-ovqat va yem-xashak bilan taminlashdan bosh tortib, butun otryadni qirib tashlaydi. Buni eshitgai Xitoy qo‘shini yana ortiga qaytib, O‘zganni qattiq jang bilan qo‘lga kiritadi, Kang‘ davlatiga qochib ketgan tahar hokimini xitoyliklarga topshirishni talab qiladi va uni qo‘lga kiritgach boshini tanasidan judo etadi. Birok, bu tadbirlar yerli aholini tinchitirmaydi. Xitoy armiyasi Dovondan chiqib ketishi bilanok aholi Mosoyni taxtdan tushirib, Muguaning inisini hukmdor qilib ko‘taradi. Miloddan avvalgi II —I asrlarda, Xitoy manbalari qoldirgan malumotlarga ko‘ra, Dovonda dehqonchilik madaniyati avj olgan, yilqichilik rivojlangan. Chjan Syanping so‘zlariga qaraganda, bu zaminda hammasi bo‘lib70 ga yaqin obod shaharlar bo‘lgan. Ularda bir necha yuz ming aholi yashagan. Ular yerga ishlov berishda tengi yo‘q mirishkorlar bo‘lib, sholi, bug‘doy va boshqa ekinlarni ekkanlar. Bog‘dorchilik, birinchi navbatda uzumchilik keng rivojlangan. Uzumdan sharbat qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Boy yer egalarining yerto‘lalarida bir necha 10 yillar avval tayyorlangan vinolar saqlanadi, deydi Chjan Syan. Biroq ularda Parfiya, Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diylarda bo‘lgani singari tanga pullar zarb etish bo‘lmagan. Savdoda pulsiz mol ayirboshlash keng yo‘lga qo‘yilgan.Antik davr Farg‘onasida hunarmandchilik o‘zining qator tarmoqlari bo‘ylab keng rivojlangan. To‘qimachilik va kulolchilikda ham ijobiy holatlar kuzatiladi.Ijtimoiy va siyosiy hayotda ayollarning o‘rni katta bo‘lgan. Ularga nisbatai hurmat kuchli edi. Xitoy tarixchilarining yozishicha, agar ayol eriga biror topshirikkilsa, er topshiriqni bajarmaslikni xayoliga ham keltira olmagan. Xitoy tarixchilari kadimgi Farg‘ona aholisini tashqi qiyofada qang‘arlarga o‘xshab ketadi, ular chuqur ko‘zli va kalin sokolli bo‘lganlar, deb tariflaydi. Chjan Syan Dovondan (Farg‘onadan) to Ansi (Parfiya)gacha bo‘lgan hududlarda yashovchi aholining tili har xil bo‘lsada, ammo ular bir-birlarini tushinishini, ularning urf-odatlari ham bir birlariga o‘xshash bo‘lganligini takidlaydi.Xitoy ayg‘oqchisi Chjan Syanning Dovon davlatining qudrati haqidagi malumotlari ham etiborga loyiqdir. Dovon 60 ming qo‘shinga ega edi. Piyoda askarlari otliq qo‘shini harbiy mahoratda tengi yo‘q bo‘lgan. Ularning chopar ot ustida turib orqaga qayrilib kamondan uzgan o‘qlari dushmanni dog‘da qoldirardi. Ularni ayollari ham kamondan o‘q uzishda o‘z erlaridan kolishmagan.Dovonliklar g‘arbda qang‘lilar shimolda usunlar,sharqda asa uyg‘urlar bilan yaqin aloqada bo`lishgan. Xitoy bilan bo`lgan janglarda ularni har doim qang‘uylar qo‘llab quvvatlaganlar. Qadimgi Farg‘ona davlati milodiy eraiing dastlabki yuz yilliklarida mahallvy aslzodalar so‘lolasi boshqargan. Xitoy manbalariga qaraganda, kadimgi Farg‘onani 410 yilgacha bir sulola (xonadoni) vakillari uzluksiz boshqarib kelgan. O‘rta Osiyo hududlarida Eftallar davlati qaror topgach, qadimgi Farg‘ona davlati o‘z mustaqilligini yo‘qotgan. O‘zbekistonning qadimgi tarixini tadqiq etishdagi murakkab muammolardan biri — O‘zbekiston sivilizasiyasi va millatchiligining paydo bo‘lishi hamda rivojlanish bosqichlari hisoblanib, bu jarayonda shaharlar shakllanishini o‘rganish Muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat sivilizasiya va davlatchilik urbanistik xususiyatlarni o‘zida aks ettiruvchi qonuniyatga ega yekanligi bilan izohlanadi. Chunki, har bir tarixiy davrda aynan shaharlar davlat salohiyatining ma'muriy, harbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazlari sifatida mavjud bo‘lgan. Shaharlarda xunarmandchilik ishlab chiqarish va savdo-sotiq, boshqaruv tartibi va harbiy . garnizonlar, o‘z davrida yetakchi bo‘lgan dinlarga xos ibodatxonalar markazlashgan va faoliyat ko‘rsatgan. Shuning uchun ham o‘lkamiz tarixi va madaniyatini yorituvchi turli davrlarga oid tarixiy va tarixiy-sorafik manbalarda solnomachilar O‘rta Osiyo shaharlariga katta e'tibor qaratganlari tasodifiy hol emas.
Miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlariga kelganda chorvador aholining bir kismi bugunga kelib o‘zlariga o‘trok xayot ko‘rishni afzal ko‘rganliklarini ko‘ramiz. Xuddi ana shu jarayoning timsoli sifatida Qadimgi Farg‘ona ilk dexqonchilik madaniyati paydo bo‘ladi. Ana shu bobodexqonlarimizning dastlabki qishloqlaridan biri 1951 yilda M. E Vorones tomonidan Chust shaxri yaqinidagi Buvanamozor deb atalgan buloq yoqasidan topib o‘rganiladi. Arxeologlar bu yodgorlikka shartli ravishda Chust madaniyati deb nom berganlar.Chunki Buvanamozordagi so‘ngi bronza davriga oid bu yodgorlikka yaqin yirik axoli joyi Chust shaxri yedi. Shundan so‘ng tarixiy va arxeologik asarlarda O‘zbekiston tarixining qadimgi xaritasida Chust madaniyati o‘z o‘rnini topadi. Chust madaniyati Farg‘ona vodiysida o‘rganilgan eng kadimgi dexkon jamoalari madaniyatidir. Xozirgi kunda Chust madaniyatiga oid yodkorliklar vodiyda 80 dan ortib ketdi. Ularni yil sanasi miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri I ming yillikning birinchichoragi bilan belgilanadi. Bu madaniyatga tegishli yodgorliklar Farg‘ona vodiysining shimoliy (Namangan viloyati) va sharqiy (Andijon viloyati) viloyatlarida keng tarqalgan. Xozirgacha 10 dan ortiq yodgorliklarda arxeologik qazishmalar o‘tkazilgan. Chust madaniyatiga doir yodgorliklar tog‘ oldi soy etaklarida, ularning o‘rta oqimida, voxaning tekis rayonlarida uchraydi. Ayniqsa Qoradaryo xavzasida, uning irmoqlari bo‘ylab Chust madaniyatiga doir dexqonchilik qishloqlari qad ko‘targan. Chustda M.E. Voronesdan keyin V.I.Sprishevskiy B.Matboboevlar xam qazishma ishlari olib borgan. Yana bir yodgorlik Yu.A.Zadneprovskiy tomonidan Qoradaryo irmoqlaridan biri Dalvarzintepada o‘rganilgan. Qazishmalar Qoraqo‘rg‘on,To‘raqo‘rg‘on,Tergovchi,Yaztepa,Go‘rimiron,G‘ayrattepaChimboy,Ashkaltepa kabi yodgorliklarda o‘tkazildi. Ularni barchasi Chust madaniyatiga oid bo‘lib ulardagi 1,5 - 3metrgacha qalinlikda saqlangan madaniy qatlam Chust madaniyati axolisining o‘troq xayot kechirganliklaridan dalolat beradi. Chust madaniyati yodkorliklari tarixiy topografik ikki tipga bo‘linadi: 1.Maydoni bir gektargacha bo‘lgan mayda qishloqlar. Ularning xar biri bir oila jamoasining asosini tashkil etgan. Maydoni 10 va undan ortiq gektarga teng bo‘lgan qishloqlar.Olimlar arxeologik qazishpmalar natijasida qo‘lga kiritilgan ashyoviy dalillarga asoslanib Chust madaniyati materiallarini ikki davrga bo‘ladilar. Uning birinchisi bronza Davrining sunggi bosqichiga oid. Ikkinchi bosqichi xronologik davrlashtirishda miloddan avvalgi VIII—VII asrlarga tegishli bo‘lib, bu bosqich materiallari ilk temir davriga taalluqlidir. Bu davrda Chust madaniyati qishloqlarida otashparastlik diniy qarashlari rasmiylashadi. Chust qishloqlari atrofida mudofaa devorlari barpo etiladi. Masalan, Dalvarzintepa misolida miloddan avvalgi VIII—VII asrlarda qadimgi Farg‘onaning ilk shaxri shakllanadi. Bu shaxar ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi — O‘rda kismida jamoa xukmdorining qarorgoxi joylashgan. O‘rdaning chor atrofidagi qalin mudofaa devorlar qoldiqlari Buvanamozordagi Chust qishlog‘ida, Ashkaltepada xam topilgan. Chustda xom g‘ishtdan ishlangan devorning qalinligi 3 metr, uning balandligi esa 3,5 metrga teng bulgan.Chust madaniyati yodgorliklarini qazishma jarayonida ularning quyi qatlamidan doira shaklida qurilgan ko`plab o‘ralar topilgan. Masalan, Chust makonida 60 dan ortiq Chimboy makonida esa 16 ta ana shunday o‘ralar ochilgan. Bu o‘ralarning qanday maqsadda qurilganligi to‘g‘risida xar xil fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar ularni kulba deb talqin etsa, boshqa bir gurux olimlar Farg‘ona vodiysida yakin kunlargacha an'ana bo‘lib kelgan g‘alla ombori, g‘alla o‘ralari deb biladilar. Bu xulosa xaqiqatga bir oz yaqindir, chunki ularning maydoni yashash joy—kulbalar uchun nokulay edi.Chust madaniyatiga doir yodgorliklarning quyi qatlamida guvala yoki xom g‘ishtdan qurilgan kulbalar uchramaydi. G‘ishtdan qurilgan uylar—xonadonlar qoldiklari Chust madaniyati tarixining ikkinchi bosqichida paydo bo‘lgan. Dastlab qadimgi Fargonaning bobodexqonlari yarim yerto‘la va chaylalarda istiqomat qilganlar.Bu esa nasl-nasabi jixatidan qadimgi chorvador qabilalardan ajralib chiqqanliklaridan guvoxlik beradi.Chust madaniyatining kashf etilganiga 50 yildan ortiq vaqt o‘tishiga qaramay, xali bu madaniyat axolisigategishli maxsus qabristonlar ochilmagan. Makonlarni qazish jarayonida vayronaga uchragan uylar atrofidan bir necha tartibsiz ko‘milgan mozorlar ochilgan. Bu mozorlarga odamlar yoni bilai g‘ujanak xolatida quyilgan. Ularda anik, bir tartib kuzatilmaydi. Ba'zi xollarda odam suyaklari makon maydonidagi xo‘jalik o‘ralarida sochilib yotar edi. Ko‘p xollarda bir chuqurchada uytalab odam bosh suyagiping o‘zi uchraydi. Birok, mozorlarda skelet atrofida sopol idishdar, xar xil taqinchoq va uy-ro‘zg‘or buyumdari uchramaydi. Odatda islom diniga qadar bo‘lgan mozorlar albatta tegishli ashyoviy dalillar bilan taminlangan.Faqat Chust makonida qazib olingan bir mozorda skelet bosh suyagi yaqinida bitta gulli sopol kosa topildi. Chust madaniyati yodgorliklarida ba'zan yosh bolalarni sopol idishlarga solib kumish odati uchrab turadi.Chust madadiyatida metall bilan bog‘liq xunarmandchilik yaxshi rivojlangan. Masalan, Chust makonini qazish vaqtida 80 dan ortik, Dalvarzintepada esa 60 ta metall predmetlar topilgan. Metall bilan bog‘liq xunarmandchilikiing rivoji xaqida gap ketganda Chust va Dalvarzintepa yodgorliklaridan topilgan tosh qoliplarni xam kursatish mumkin. Bu qoliplarda oyna, o‘roq, pichoq bigizlar qo‘yilgan. Metall esa sopol idishlarda — eritlgan. Chust madaniyati yodgorliklarining yukori qatlamidan bronzadan qilingan asbob-uskunalardan tashqari temirdan ishlangan pichoq topilgan. Yedgorliklarda temir shlaklari kuplab uchraydi. Chust va Dalvarzintepani qazish vaqtida ot uzangilari va sulig‘i,oyna, bilaguzuk, xalqa va qarmoqlar, ikki parrakli bronza paykonlari topildi.Chust madayiyati yodgorliklarida toshdan mexnat qurollari yasash davom etadi. Masalan, birgina Dalvarzintepani qazish vaktida 1500 ga yaqin tosh kurollar topilgan. Tosh qurollar orasida qum-toshdan yasalgan o‘roqsimon pichoklar yasash aloxida diqqatga sazovordir. Dalvarzintepada 400 ga yaqin ana shunday tosh pichoqlartopilgan.Suyakdan qurol yasash keng yo‘lga qo‘yilgan. Suyakdan taroq, moki, bigiz, urchuk, va boshqa buyumlar ishlangan. Suyakdan yasalgap buyumlar orasida qo‘y, echki oshiqlarinixoyatda ko‘p. Ularga tegishli chuqurchalar yasab, chukurchalarga bronza quyilgan. Oshiklarning deyarli ko‘pchiligi juda sillik ustki qismi to‘k kizil tusda va ularga berilgan pardoz tufayli oshiklar tovlanib turadi. Bu esa qumor o‘yinidan dalolat beradi. Chust madaniyatida xunarmandchilykiing keng rivojlangan soxasi kulolchilik edi. Lekin sopol ishlab chikarishda xali kulolchilik dastgoxidan foydalanishga utilmagan. Idishlar qo‘lda yasalgan. Demak, chustliklar kulolchilik charxini bilmaganlar.Chust madaniyati axolisining xujaligi sun'iy sug‘orishga asoslangan dexqonchilik edi. Ikkinchi urinda chorvachilik turgan. Xujalikda xonaki ot, koramol saqlangan. Dexdonchilik ekinlaridan bug‘doy, arpa, tarik ekilgan. Chustliklarning g‘allalari, yukorida ta'kidlganidek, yerga o‘yib ishlangan uralarda saqlangan. Xar bir o‘rada 200 kg dan to 2 tonnagacha g‘alla saqlash mumkin bo‘lgan. Dexqonchilik ishlarida, yer xaydashda, ekin-tikinlarni yanchishda xayvonlardan foydalanilgan. Masalan, qadimgi Farg‘onaning xozirgi Qirgiziston xududiga kirgan Soymalitosh koya suratlarida qo‘shga qo‘shilgan xo‘kizlarning tasviri bor. Bu suratlar Chust madaniyati davriga oiddir.Chust axolisi xayotida xunarmandchilikniig to‘qimachilik yunalishi yuksak darajada rivojlangan. Chust madaniyati yodgorliklarini kazish vaktida to‘qimachilik dastgoxiga tegishli urchuq, toshlar, moki va suyak taroqlar ko‘plab topilgan.Shunday kilib, miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlarida Farg‘ona vodiysida Chust madaniyati misolida qadimgi dexdonchilik madaniyati - tarkib topganini ko‘ramiz. Bu madaniyatning kelib chikish masalasi borasida olimlar orasida davom etayotgan ilmiy munozaralar xali o‘z nixoyasiga yetgani yoq. Bu madaniyat ijodkorlarining turmush tarzi Janubiy Uzbekiston xududlarida topib urganilgan Sopollitepa madaniyati ijodkorlaridan madaniy va xujalik taraqqiyoti jixatdan ming yillar orqada bo‘lgan. Bu madaniyat axolisi O`rta Osiyoning tub yerli xalqi bo‘lib, ular jismoniy tuzilish va antropologik tip jixatdan yevropaliklar tipiga mansub edi. Ulariing ijtimoiy tuzumi ibtidoiy jamoa tuzumining oxirgi bosqichi va uning yemirilish davri bilan tavsiflanadi. Chust madaniyatidan so‘ng qadimgi Farg‘onada ularning vorislari sifatida Elatan madanyyati shakllanadi. Elatan madaniyati qadimgi Farg‘onaning ilk temir davriga oid madaniy merosi bo‘lib, uning yil sanasi miloddan avvalgi VII— V asrlar bilan belgilangan.

Download 51,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish