Qamariddin usmonov



Download 0,59 Mb.
bet2/5
Sana19.01.2017
Hajmi0,59 Mb.
#670
1   2   3   4   5
Uchinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishidir. O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimi- yatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi. Uch hokimiyatdan har biri faoliyatda mustaqil bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysunadi. O‘zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat — Oliy Majlis, ijro etuvchi hokimiyat — Prezident rahbarligida faoliyat ko‘rsatuvchi Vazirlar Mahkamasidir. Sud hokimiyati — Konstitutsiyaviy Sud, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik sudi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar sudlari va xo‘jalik sudlaridan iborat. Konstitutsiyaning 76—88- moddalarida Oliy Majlisning tuzilishi, vakolatlari, qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish qoidalari belgilab berilgan. 88—98- moddalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanligi, uning vakolatlari va vazifalari, Va- zirlar Mahkamasining faoliyat yuritish qoidalari qonunlash- tirilgan.

To‘rtinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — bu demokratiyaga so- diqlikdir. Konstitutsiyada demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat e’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik-huquqiy davlat

barpo etish nazarda tutiladi. Konstitutsiyada umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr- qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo‘yilgan.



Beshinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — Konstitutsiya va qonun- larning ustuvorligidir. Konstitutsiyaning 15- moddasida „O‘zbe- kiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konsti­tutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar“, deb belgilab qo‘yilgan.

Konstitutsiyaning 16- moddasida birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emasligi qayd etilgan.



Oltinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — xalqaro andazalar dara- jasida ifodalangan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va majburi- yatlarining tengligi va daxlsizligidir. O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar — „Inson huquqlari butun jahon Deklaratsiyasi“, „Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“, „Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“ va boshqalar asosida bayon etilgan. Konstitutsiyaning 18—52- moddalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. O‘zbekiston davlati tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida tan olingan va ular himoya qilinadi. Konstitutsiya bo‘yicha har bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi.

Konstitutsiyada har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekan- ligi, O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etishi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Konstitutsiyaning 21- moddasiga binoan O‘zbekiston Res­publikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasining millati, elatidan qat’i nazar bar­cha fuqarolari O‘zbekiston xalqini tashkil etadi.

Yettinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda hayot kechirishini, davlat organlari- ning maromli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqaro­lar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rgandagina jami- yatda barqarorlik va taraqqiyot bo‘ladi.

Mazkur tamoyil davlatga va uning organlariga, siyosiy par- tiyalar va jamoat uyushmalariga o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida amalga oshirishlarini talab qiluv- chi Konstitutsiyaviy normadir. Konstitutsiyada siyosiy partiya- lar, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining tuzi- lishi va faoliyatining huquqiy jihatlari asoslab berilgan.




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish