2 5 5
2003- yil sentabrda Pekinda SHHT davlatlari hukumat
boshliqlari (bosh vazirlar) Kengashi bo‘lib o‘tdi, uning qarori
bilan ko‘p tomonlama hamkorlikning uzoq muddatli dasturi
ishlab chiqildi va tasdiqlandi. SHHT doirasida a’zo mamla-
katlarning tashqi ishlar vazirliklari, iqtisodiy va savdo vazir-
liklari, xavfsizlik kengashlari o‘rtasida
muntazam aloqalar
yo‘lga qo‘yildi.
2004- yil 17- iyun kuni Toshkentda SHHT ga a’zo davlatlar
rahbarlarining Sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda ikki asosiy masala—
xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar
bo‘ldi. Sammitda 2004- yil mart oyida O‘zbekistonda sodir
etilgan terrorchilik harakati nafaqat O‘zbekiston, balki butun
Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratil-
ganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadro-
viy,
kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik havfi paydo bo‘l-
ganligi, terrorchilarning bazalarini yo‘qotish, odamlarning ongini
zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga
qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi.
Shu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga
axborot almashish, chegara va bojxona qo‘mitalarining, maxsus
xizmatlarning
hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali
terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklatiladi.
SHHTning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni
rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. Sammitda
SHHT a’zo mamlakatlarni havfsizlik orqali hamkorlik sari
boshlaydigan tashkilotdir, deb ta’kidlandi. Sammitda iqtisodiy
hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlarini rag‘batlantirishga keli-
shib olindi:
transport infratuzilmasini
rivojlantirish;
tabiiy mineral xomashyo zaxiralarini o‘zlashtirish;
suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish;
ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muam-
molarini hal qilish;
fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida
integratsiyalashish;
investitsiyalar xavfsizligini
kafolatlaydigan huquqiy poy-
devor yaratish, bu sohadagi to‘siq va muammolarni bartaraf
etish.
•
•
•
•
•
•
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 5 6
Xutoy Xalq Respublikasi raisi Xu Szintao Xitoy hukumati
SHHT doirasidagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga 900
mln AQSH dollari miqdorida kredit ajratishini ma’lum qildi.
Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vako-
latlari va immunitetlari to‘g‘risidagi konventsiya,
Narkotik
vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga
qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tashkilot va
uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar — jami o‘nta hujjat
imzolandi.
SHHTning shakllanish davri nihoyasiga yetdi, hamkor-
likning yangi davri boshlandi. SHHTning Toshkent kelishuvlari
xavfsizlikning
mustahkamlanishiga, iqtisodiyotning yuksalishi
va xalqlar farovonligining oshishiga katta umid uyg‘otadi.
Muxtasar aytganda, O‘zbekiston tarixan qisqa vaqtda dunyo
hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi. Nufuzli xalqaro tashki-
lotlarga a’zo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: