1 3 9
masi. Konsern tarkibiga kirgan korxona
va tashkilotlar orasida
o‘zaro korporatsiyalashgan turg‘un aloqalar mavjud bo‘lib, ular
konsern rivoji yo‘lida umumiy-moliyaviy resurslardan,
yagona
ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar. Kon-
sern, qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarish belgilariga qarab tuziladi va
yagona xo‘jalik majmuyi sanaladi.
Respublikamizda
„O‘zsuv-
qurilish“
va
„Qizilqumnodirmetalloltin“
davlat konsernlari,
„O‘zavtoyo‘l“
va
„O‘zfarmsanoat“
davlat-aksiyadorlik konse-
rnlari kabilar tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Korporatsiya
— mulkchilikning barcha
shakllaridagi korxona-
larning aksiyadorlik asosidagi ko‘ngilli birlashmasi. Korporatsiya
tarkibiga kirgan korxonalar ishlab chiqarish
va ilmiy-texnikaviy
kooperatsiya orqali o‘zaro bog‘lanadilar. Shu bilan korporatsiya
investitsiyaviy sarmoyaning jamlanishiga ham yordam beradi.
Faoliyatining tijoriyligi, ya’ni
foyda olishni maqsad qilib
qo‘yishi, cheklangan javobgarlik,
markaziy boshqaruv, aksiya-
dorning aksiya sarmoyasining o‘ziga tegishli
qismini erkin tasar-
ruf etishi va boshqalar korporatsiyaga xos bo‘lgan asosiy xususi-
yatlardir. Iqtisodiy islohotlar
jarayonida Respublikamizda
Do'stlaringiz bilan baham: