„Sudlar to‘g‘risida“
va 2001-
yil 29- avgustda qabul qilingan
„Jinoiy jazolarni liberallashtirilishi
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, jinoyat-
protsessual kodekslari hamda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida“
gi
qonunlar asosida yanada takomillashib bormoqda. Sud ishlarida
qonuniylikka amal qilishga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi,
sudlanuvchining sud himoyasi huquqi bilan ta’minlanishiga, fu-
qarolar huquq va erkinliklarining himoyalanishiga e’tibor tobora
yaxshilanib bormoqda. Sud hokimiyati qonunning ustunligini,
barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo‘lida
faoliyat ko‘rsatmoqda.
Muxtasar aytganda, O‘zbekiston Respublikasida prezident-
lik-respublika boshqaruv tizimi qaror topdi. Qonun chiqaruv-
chi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bir-biriga daxlsiz holda
faoliyat yuritmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |