8 8
lavozimidan ozod qilinadi hamda
bu masalalar tegishli xalq
deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Vakillik organ-
lari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga
bo‘ysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta’sis etildi, ular-
ning apparati — hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari va
Òoshkent shahar hokimi O‘zbekiston Prezidentining shu joy-
lardagi vakili hisoblanadi. Òoshkent shahar tumanlari hokimlari
esa Òoshkent shahar hokimining vakillari hisoblanadi.
1992- yilda Òoshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 159 ta
qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120
ta shaharda
hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati — hoki-
miyatlar tuzildi.
Mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga kiradigan masalalar
va vazifalar Konstitutsiyaning 100- va 101- moddalarida aniq
belgilab qo‘yilgan. Ular quyidagilardan iborat:
•
qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsiz-
ligini ta’minlash;
•
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
•
mahalliy budjetni shakllantirish
va uni ijro etish, mahalliy
soliqlar, yig‘imlarni belgilash, budjetdan tashqari jam-
g‘armalarni hosil qilish;
•
mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;
•
atrof-muhitni muhofaza qilish;
•
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
•
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Res-
publikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston
Respublikasi qonun-
lariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish;
•
O‘zbekiston Pespublikasi qonunlari, Prezident farmonlari,
davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshirish;
•
xalq deputatlari quyi Kengashlari faoliyatiga rahbarlik qi-
lish, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni
muhokama qilishda qatnashish.
Mustaqillik yillarida mahalliy
hokimiyatni shakllantirish
bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida ijro hokimiyati
bilan vakillik hokimiyati bir-biridan rasman ajratildi. Hokimlar
xalq deputatlari Kengashlariga bo‘ysunmaydi, ammo Kengash
oldida hisob berib turadi. Shu bilan birga hokimlarni joylarda ham
vakillik, ham ijro hokimiyati organlariga boshchilik qilish holati-
ni vakillik organlari hokimlarga bo‘ysunadi, deb tushunmaslik
kerak. Vakillik organlari hokimlarga bo‘ysunmaydi,
vakillik or-
ganlari ishini tashkil qilishga hokimlar boshchilik qiladilar.
Hokim mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalarni fuqaro-
larning manfaatiga mos ravishda hal qilish bilan shug‘ullanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
8 9
Shu maqsadda barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
birlashmalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ba-
jarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi. Hokimlar o‘zlari
rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun
shaxsan javobgardir.
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot
tarixi guvohlik beradiki,
ayrim hokimlar o‘z faoliyatida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymoqdalar.
O‘zlariga yuklatilgan mas’uliyatli vazifalarni bajarishni uddalay
olmagan, o‘z lavozimini suiiste’mol qiluvchi hokimlar ham
uchrab turadi. Bunday hollarda ular vakolat muddatidan oldin
hokimlik lavozimidan chetlashtirilmoqda.
Shunday qilib, Mustaqillik yillarida markaziy, viloyat, sha-
har va tumanlar darajasidagi davlat hokimiyati va boshqaruv
tartiblari tubdan yangi shaklda barpo etildi. Mahalliy davlat
hokimiyatini shakllantirishda o‘zbek milliy
davlatchiligining tari-
xiy an’analari, rivojlangan davlatlarning zamonaviy tajribalari
inobatga olindi.
Demokratik davlat qurilishida sud ho-
kimiyatini shakllantirish muhim aha-
miyatga ega. Sud hokimiyati demokratik davlatda uchinchi,
mustaqil hokimiyat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruv-
chi va ijro etuvchi hokimiyatlardan,
siyosiy partiyalardan,
boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106- moddasi).
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993- yil 2-
sentabrda qabul qilingan „
Sudlar to‘g‘risida
“ gi qonun asosida
sud islohotlari o‘tkazildi. O‘zbekiston tarixida birinchi marta
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Qoraqalpo-
g‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tuzildi.
Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassis-
lardan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi:
•
qonunlarning, Prezident farmonlarining,
hukumat va dav-
lat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining, O‘zbekiston
Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va boshqa majburi-
yatlarning O‘zbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasiga mosligini
aniqlaydi;
•
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbe-
kiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Res-
publikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga
muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
Do'stlaringiz bilan baham: