Qalqonsimon bez kasalliklari


Qalqonsimon bez yallig‘lanishlari



Download 0.63 Mb.
bet3/3
Sana20.02.2017
Hajmi0.63 Mb.
1   2   3

Qalqonsimon bez yallig‘lanishlari

Qalqonsimon bezning yallig‘lanish kasalliklari o‘tkir yoki surunkali infeksiya ta'siri natijasida rivojlanadi. O‘zgarmagan qalqonsimon bezda rivojlangan yallig‘lanish jarayoniga - tireoidit, avvaldan buqoq mavjud bo‘lgan bezda rivojlangan yallig‘lanish jarayoniga esa - strumit deyiladi.

O‘tkir tireoidit va strumit tana haroratining oshishi bilan boshlana-di. Bemorlar bosh og‘rishi, qalqonsimon bezdagi kattiq og‘riqqa shikoyat qiladilar. Og‘riq ensa sohasiga va kuloqqa ta'sir beradi. Bo‘yinning oldingi yuzasida, qalqonsimon bez chegarasida yutinishda suriladigan og‘riydigan shish paydo bo‘ladi. Tireoiditning og‘ir asorati, ba'zan sepsis rivojlanishi bi­lan og‘irlashadigan yiringli mediastinit rivojlanishi hisoblanadi. Shuning uchun ham o‘tkir strumit yoki tireo­idit diagnozi qo‘yilgan bemorlarni shoshilinch ravishda kasalxonaga yotkizish va jadal davolashni boshlash kerak.

Davolash. Bemorlarga ta'sir doirasi keng antibiotiklar, sulfa-nilamid preparatlari, detoksikatsion muolaja, osoyishta sharoit, suyuq yumshoq ovqatlar, mo‘l ichimlik va fizioterapevtik muolajalar tayinlanadi. Bezda yumshash, flyuktuatsiya belgilari paydo bo‘lib abssessga aylanganda, yiringli jarayon bo‘yinga va ko‘ks oralig‘iga tarqalib ketmasligi uchun, darhol uni ochib, drenajlash amaliyotini bajarish tavsiya etiladi.

Yiringli bo‘lmagan tireoidit (de Kerven-Krayl granulematoz tireoi-diti) virusli infeksiyaga bog‘liq bo‘lib, kasallik klinik belgilariga ko‘ra o‘tkir yiringli tireoiditga o‘xshash bo‘ladi. Og‘riq sindromining bo‘lmasli-gi yoki yuzaga chiqmaganligi, bez ustidagi terining o‘zgarmaganligi va qo‘zish davrida gipertireoz belgilarining hamrohligi, tahlillarda esa oqsil bilan bog‘langan yod miqdorining ortishi, uni boshqa turdagi kasalliklar-dan ajratib turuvchi belgilar hisoblanadi.

Davolash. Bemorlarga yuqorida keltirilgan muolajadan tashqari, buyrak usti bezi pustlog‘ining gormonlaridan (har kuni 20-30 mg dan 4-6 haftagacha) prednizolon tayinlanadi. Takrorlanganda qalqonsimon bez rentgenoterapiyasi o‘tkaziladi. Prognozi odatda yaxshi, kasallik tez kunda sog‘ayish bilan yakunlanadi.



Xoshimoto surunkali limfomatoz tireoiditi (autoimmun tireoi-dit). Kasallik autoimmun organospetsifik patologik jarayonlar qatoriga kiradi, ularda organizmda hosil bo‘ladigan antitelolar bitta a'zo kompo-nentlariga nisbatan spetsifik. Qalqonsimon bez noma'lum sabablar ta'-siri ostida tireoglobulindan farq qiladigan - o‘zgargan gormonal-aktivmas yodproteinlar ishlab chiqara boshlaydi. Ular qonga tushib antigenga aylanadi va qalqonsimon bezning adinar hujayralari hamda tireoglobulin-ga qarshi antitelolar hosil qiladi, keyingisini inaktivlaydi. Bu normal tireoid gormonal sintezi buzilishiga olib keladi. Bunga javoban, gipofiz tireotoksik gormoni sekretsiyasini oshiradi, hamda qalqonsimon bez giperplaziyasiga sabab bo‘ladi. Kasallikning so‘nggi bosqichlarida bez faoliyati, unda yod yig‘ilishining pasayishi bilan parallel holda pasayadi.

Klinikasi va diagnostikasi. Kasallik aksariyat 50 yoshdagi va undan oshgan ayollarda paydo bo‘ladi, asta-sekin 1-5 yilgacha rivojlanadi. Kasal-likning birdan-bir belgisi - qalqonsimon bez o‘lchamining kattalashuvi hisoblanadi. Ushlab ko‘rilganda bez zich, biroq paypaslab ko‘rilganda atrofdagi to‘qimalar bilan bog‘lanmagan, harakatchan. Keyinchalik bemorlarda kayfiyatning umumiy buzilishi, ruhiy holatida o‘zgarishlar va gipotireoz belgilari kuzatiladi. Limfatik tugunlar kattalashmagan.

Davolash. Xoshimoto buqog‘ini davolash konservativ. Bemorlarga tireoid va glyukokortikoid gormonlar tayin­lanadi. Tireoid gormonlar dozasi individual tayinlana­di, tireoidinning o‘rtacha sutkalik dozasi 0,1-0,3 g. Prednizolonning 20-40 mg sutkalik dozasi 1,5-2 oy mobaynida tayinlanib, u asta-sekin kamaytirib boriladi.

Kasallik saratonga aylanganiga shubha bo‘lganda yoki katta buqoq bo‘yin a'zolarini bosib qo‘yganda operatsiya qilish shart. Bu holda, O.V. Nikolaev usulida subtotal subkapsulyar strumektomiya amaliyoti bajariladi, shundan keyin rivojlanishi mumkin bo‘lgan gipotireozni profilaktika qilish uchun, albatta tireoidin tayinlanadi.



Ridel surunkali fibroz tireoiditi. Kasallik qalqonsimon bezda uning parenximasi o‘rnini qoplaydigan biriktiruvchi to‘qimaning o‘sib, qalinlashuvi bilan ta'riflanadi, jarayonga atrofdagi to‘qimalar qo‘shiladi. Kasal­lik etiologiyasi aniqlanmagan.

Klinikasi va diagnostikasi. Qalqonsimon bez diffuz kattalashgan, toshdek kattiq atrof to‘qimalar bilan tutashib ketgan. Gipotireozning o‘rtacha belgilari qayd qi­linadi. Kattalashgan bezning qizilo‘ngach, traxeya, qon tomirlar va nervlarni ezishi tegishli belgilarni keltirib chiqaradi.

Davolash. Operatsiyaga qadar qalqonsimon bezning xavfli o‘smasini istisno qilib bo‘lmaydi, shuning uchun Ridel tireoiditida xirurgik aralashuv (operatsiya) talab qilinadi. Fibroz tireoid to‘qima maksimal kesilib olib tashlangach, muolaja qo‘llaniladi.
ADABIYoTLAR

I. Основная:

1. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов, Тошкент, 2005.

2. Хирургические болезни. Ш.И. Каримов, Ташкент, 2005.

3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

4. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов, Н.Х.Шамирзаев, Тошкент, 1995.

5. Хирургические болезни. Под ред.М.И.Кузина., Медицина, 2002.

6. Методическое пособие по госпитальной хирургии. Назыров Ф.Г. с соав.Ташкент 2004г.

7. Клиническая хирургия. Под ред. Панцырева Ю.М. М. «Медицина», 1988

8. Воробьев А Справочник практического врача в 3х томах. 1990

9. Конден Р., Нейхус Л. Клиническая хирургия. Москва. Практика 1998

10. Назиров Ф.Г., Денисов И.И., Улугбеков Э.Г. Справочник-путеводитель практикующего врача. Москва, 2000.

11. Петровский Б.В. ред. Руководство по хирургии (в 12 томах) М. Медицина 1959-1966.

II. Дополнительная:

13. Кондратенко П.Г. Руководство по клинической хирургии. 2005.

14. Кириенко А.И., Шулутко А.М., Семиков В.И., Андрияшкин В.В. Хирургические болезни. 2011.

15 Волков Л.А., Зюзьков А.С. Основы ухода за больными хирургического профиля. 2010.

16. Саймон Патерсон-Браун. Общая и неотложная хирургия. 2010.

17. Астапенко В.Г. Практическое руководство по хирургическим болезням. Минск, 2004.



18. Савельев В.С. 50 лекции по хирургии. Москва 2004.

19. Адреса в Интернете по теме лекции: www.rmj.net, www.consilium-medicum.com, www.mediasphera.ru, www.laparoscopy.ru, www.ehpb.com, www. medmore.ru, www.gastroportal.ru, www.medilexicom.com, www.encicloperdia.com, www. omoc.su.
Каталог: syllabus -> Gospital%20xirurgiya%20kafedra -> СИЛЛАБУС%204%20курс -> Base
Base -> «Tasdiklayman» O'quv ishlari bo'yicha prorektor po professor Teshaev O. R
Base -> O‘zbеkiston rеspublikasi sog‘liqni saqlasн vazirligi toshkеnt tibbiyot akademiyasi “Tasdiqlayman”
Base -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi davolash va tibbiy pedagogika fakultetlari fakultet va gospital xirurgiya kafedralari
Base -> O‘zbеkiston rеspublikasi sog‘liqni saqlasн vazirligi tosнkеnt tibbiyоt akadеmiyаsi
Base -> Toshkent tibbiyot akademiyasi fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi
Base -> Yugon ichak kasalliklari
Base -> «Tasdiqlayman» O'quv ishlari bo'yicha prof. Teshaev O. R
Base -> Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»
Base -> Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»
Base -> Toshkent tibbiyot akademiyasi fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa