Xulosa……………………………………………………………………………
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: “Maktabgacha ta’lim tarbiyaning davlat standarti”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yosh avlodni tarbiyalashning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’limni tubdan isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib berildi. Unda “Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakalari raqobatdosh kadrlar bilan tayyorlanishi uchun zarur shart – sharoitlar yaratadi”- deb ko‘rsatilgan. Shuningdek, dasturda “Ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv – uslubiy majmualarni yaratish va o‘quv – tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash umumiy o‘rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida1 belgilangan uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarishga sharoitlar yaratish bo‘yicha vazifalar doirasida maktabgacha ta’limning pedagogik hamkorlik muhiti va didaktik xususiyatlarini o‘rganish, mazmuni, shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi - pedagogning mahorati, uning zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tatbiq eta olishi, ta’lim va tarbiyaning yangi – yangi yo‘l va usullarini izlash, ilg‘or tajribalardan ijobiy foydalana olishi juda muhimdir. Shu bois ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylangan. Zero, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev: “Farzandlarimizning qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar yetishib chiqadi” 2-deya ta’kidlaganlari bejiz emas. Jamiyat taraqqiyotida yosh avlod ta’lim-tarbiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda,avvalo, maktabgacha ta’lim, jumladan, bolalarning nutqini o‘stirishga e’tibor muhim rol o‘ynaydi. Mustaqillik yillarida ta’limga. berilayotgan e’tibor kelajakka e’tibor yanglig‘ davlat dasturi darajasiga ko‘tarilgani e’tirofga loyiq3. O‘zbekiston respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ta’lim sohasida olib boriladigan ishlarning mazmuni va istiqbolini belgilab berdi. Bular asosida Davlat ta’lim standartlari, dasturlar va darsliklarning yangi avlodlari yaratildi. Ta’limda rivojlangan davlatlar tajribalaridan foydalanilmoqda. Jamiyat va ilm –fan tinimsiz taraqqiy etaveradi. Yangiliklarni ta’lim jarayoniga olib kirish va joriy etish bugungi kun pedagog - tarbiyachisining vazifasidir. Ana shu nuqtayi nazardan olib qaralganda, mazkur kichik tadqiqot dolzarblik kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |