Qalamtasvir asosida mavzuli kompozitsiya yaratish uslublari


Bitiruv malakaviy ishining yangiligi



Download 2,04 Mb.
bet3/9
Sana20.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#826137
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boboyev Xusraf original

Bitiruv malakaviy ishining yangiligi: Tasviriy san’atni oʻqitishda ilmiylik, koʻrgazmalilik qoidalari, mavzu asosida rasm ishlash, turli baddiy elementlar toʻgrisida ma’lumotlar yig‘ildi. Naturaga qarab rasm ishlashning nazariy va metodik asoslari ishlab chiqildi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy axamiyati: Ushbu tadqiqot ishida ilgari surilgan muhim nazariy va amaliy tavsiyalar, maktab tasviriy san’at mashg‘ulotlarida amalda qoʻllanilishi samarali natijalar berishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishining metodlari:

  • pedagogik tahlil;

  • qiyosiy tahlil;

  • suhbat, kuzatish.

Bitiruv malakaviy ishining metodologiyasi: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻg‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov, shuningdek amaldagi prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va ma’ruzalarida bayon qilingan ta’limni isloh qilish sohasidagi yondashuvlar, qarashlar, ta’lim jarayonini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va oʻrta maxsus, Kasb – xunar ta’lim boshqarmasi buyruqlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, manbalar.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi: Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi, ikkita bob beshta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati hamda 75x55 xajmdagi amaliy koʻrgazmali chizmadan iborat.
I BOB. TASVIRIY SAN’ATNI OʻQITISHDA DIDAKTIK PRINTSIPLAR
1.1. Maktablarda tasviriy san’atni oʻqitishda ilmiylik, koʻrgazmalilik qoidalari
Didaktik printsiplar ta’limning tarbiyaviylik, koʻrgazmalilik, ilmiylik, onglilik va bilish aktivligi, mavzulilik va ketma – ketlik, oʻqitishni bolalar kuchi va yoshiga mos boʻlishi printsiplari maktabda tasviriy san’atni oʻqitishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyaning asosiy qismlaridan biri g‘oyaviy – siyosiy tarbiyadir.
Binobarin, oʻquvchilarda tasviriy san’at darslarida faqat u yoki bu texnik malakalar, qonunlar, tushunchalar, terminlar shakllantirilibgina qolmay, balki g‘oyaviy siyosiy tarbiya ham amalga oshiriladi..
Ilmiylik printsipi didaktik printsiplarining eng asosiylaridan biri boʻlib, u fan asoslarini chuqur oʻzlashtirmasdan oʻquvchilarda komunistik dunyoqarashni shakllantirish mumkin emasligini oʻrgatadi. Boshqa predmetlardagi kabi bu printsip tasviriy san’at darslarida ham amalga oshiriladi.
Tasviriy san’at atrof – muhitni his etish, uning ma’lum qonun va qoidalarini bilishni talab etadi. Shu boisdan tasviriy san’at darslarida oʻquvchilar chiziqli va havo perspektivasi, optika, yorug‘ va soya, rangshunoslik va kompozitsiya kabi qonunlarni bilishlari kerak. Shuniningdek, odam va hayvonlarning plastik anatomiyasi haqida bazi malumotlarga ega boʻlishlari lozim. Tasviriy san’at programmasida oʻquvchilarning bu qonunlarini oʻzlashtirishlari koʻzda tutiladi. Perspektiva qonunlarini oʻzlashtirmasdan realistik tasvir yaratish mumkin emas, desak mubolag‘a boʻlmaydi.
Rassom yoki oʻquvchining rasm chizish uslubi har xil boʻlishi mumkin. Lekin rasm yoki san’at asarining qurilishi bir xil, ilmiy asosda boʻlishi shart.
Oʻqitishning ilmiylik printsipi pozitsiyasida boʻlishligi borasida pedagog rassom P.P.Chistyakovning faoliyati tatbiqlidir. U oʻz faoliyatida doimo yangi yoʻnalishga intilib, rasm chizishni oʻrganish hamma bosqichlarda yagona printsip asosida, ilmiy asosda koʻrinishi lozimligini, uqtirib oʻtgan edi.
Ilmiylik printsipi tasviriy san’at oʻqituvchilaridan dars jarayonida va sinfdan tashqari ishlarda oʻquvchilarga taqdim etilayotgan barcha material va malumotlar ilmiy boʻlishligini, maktab sharoitida amaliyotda tekshirilgan hamma oʻquvchilarning xususiyatlariga mos boʻlishligini talab etadi.
Tasviriy san’atni oʻqitishda san’atning inson hayotidagi rolini tushuna bilish juda muhimdir. Jumladan, san’at ijtimoiy ongining alohida formasi ekanligini nazarda tutish kerak.
Bizning san’atimiz borliqni realistik tasvirlashga asoslangan boʻlib, u san’atdagi turli formalistik tendentsiyalar bilan murosasiz hamda bilish jarayoni va ijodni ilmiy tushunishning aniq pozitsiyasida turadi. Shuning uchun maktabda tasviriy san’atni oʻqitish ham shu pozitsiya asosida qurilgan. Tasviriy san’at oʻqituvchisi shuni tushuntirishi kerakki, oʻquvchilar borliqdagi bu nomlarni chizish jarayonida ularning faqat tashqi koʻrinishigina emas, balki uning ma’lum qonuniyatlariga asoslangan ichki tuzilishini ham bilib olishlari talab etiladi. Koʻp hollarda bu qonunlarni bilmaydigan oʻquvchilar buyumlarning shaklini toʻg‘ri tasvirlashda yanglishadilar.
Koʻrgazmalilik printsipi. Koʻrgazmalilik tasviriy san’atni oʻqitish jarayonida bilimlar manbai hisoblanib, borliqdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilishga, uning xarakterli xususiyatlari va qonuniyatlarini oʻrganishga koʻmaklashadi.
Naturani oʻrganish chog‘ida (sinfda va pleynerda) oʻquvchilarning kuzatuvchanlik va mantiqiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
Oʻqituvchida har doim ham oʻrganilayotgan obhektni koʻrsatish imkoni boʻlavermaydi, bunday hollarda unga koʻrgazmalilik yordam beradi. Bu esa oʻquvchilarda obhektlar obrazini jonlantiradi.
Oʻquvchi naturadan rasm chizish jarayonida doimo izlanadi, shakllarni solishtiradi, naturaning konstruktsiyasi, oʻlchovlari, rangi kabilarni bilib oladi. Shubhasiz, bularning hammasi oʻquvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlanishiga olib keladi.
Ma’lumki, bolalarning fikrlashi konkretlikdan abstraktlikka borish jarayonida rivojlanadi. Tushuncha va abstrakt qoidalar, ma’lum faktlar, misol va obrazlar bilan mustahkamlangandagina oʻquvchilar ongiga oson yetib boradi.
Koʻrgazmalilik tasviriy san’at darslarida boshqa oʻquv predmetlaridagidek yordamchi emas, balki oʻquvchilarda tushuncha va tasavvurlar hosil qiluvchi asosiy materialdir.
Naturaning oʻziga qarab rasm chizish darslarida uni naturasiz tasavvur etib boʻlmaydi, bu oʻrinda tasviriy san’at darslarida koʻrgazmalilik printsipining roli juda katta.
Koʻrgazmali qurollarni tayyorlash va tanlashda quyidagilar kabi ma’lum talablar qoʻyiladi:

  1. Darsning maqsad va vazifalariga mosligi.

  2. Oʻquvchilarning yosh xususiyatlariga mosligi.

  3. Koʻrgazmaning konkretligi va aniqligi tushunarliligi.

  4. Tasvirning sifatli, aniq va ravshan boʻlishi.

  5. Koʻrgazmalarning rang – baranglii bilan oʻquvchilarda zavq va qiziqish uyg‘otish.

  6. Estetik talablarga mosligi.

Rassomlar asarlarining reproduktsiyalarini, badiiy asarlarga ishlangan illyustratsiyalarni tanlashda quyidagilarni e’tiborga olishlari kerak:

  1. Materiallarning g‘oyaviyligi.

  2. Yuksak badiiyligi.

  3. Tasviriy san’at darslarining oʻquv – tarbiyaviy vazifalariga mosligi.

  4. Bolalar idrokiga mosligi.

Koʻrgazmalilikdan oʻrinli, maqsadga muvofiq ravishda oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda foydalanilsa, u yaxshi natijalar berishi mumkin.
Koʻrgazmalilikning ikki xil turi mavjud.

  1. Tabiiy koʻrgazmali qurollar.

  2. Tasviriy koʻrgazmali qurollar.

Tabiiy koʻrgazmali qurollarga shakli, rangi, tuzilishi tabiiy boʻlgan buyumlar (meva va sabzavotlar, turmush buyumlari, geometrik gipsli shakllar, oʻquv qurollari, amaliy san’at buyumlari va h.k) ni kiritish mumkin.
Tasviriy koʻrgazmali qurollarga rasmlar, tablitsalar, hayvon va qushlarning tulumlari, suratlarning reproduktsiyalari, pedagogik rasmlar, fotografiya va boshqa sunhiy usul bilan tayyorlangan tasviriy vositalar kiradi. Sanab oʻtilgan koʻrgazmali qurollar quyidagicha guruhlanadi:

  1. Mehnat va turmush buyumlari. Bu guruhga geometrik shakllar, sabzavotlar, mevalar, qushlar, hayvonlar, gullar va oʻsimliklar, amaliy san’at buyumlari kiradi.

  2. Buyumlarning tuzilish xususiyatlarini, perspektiva qonunlari, yorug‘ – soya, rangshunoslik, dekorativ stlizatsiyaga doir geometrik shakldagi simdan yasalgan modelar, vidoiskatelg‘ va boshqa koʻrgazmlar.

  3. Rasmlar va tablitsalar.

Unda rasm va naqsh chizishdagi ketma – ketlik, atrof muhitning perspektiv koʻrinishlari tasvirlanadi.
4. Rassomlar asarlarining reproduktsiyalari, amaliy san’at asarlari tasvirlari. Bunday koʻrgazmali qurollarda yorug‘ – soya va rangshunoslik, kompozitsiya qonunlari tushuntiriladi.
5. Bolalarga naturani chizishdagi ketma – ketlikni, har xil eksponatlar bilan ishlash uslubini, buyumlarning qurilishini, tasvirlanayotgan predmetlar va obyektlarning fazoviy holatini koʻrsatuvchi pedagogik rasmlar va boshqalar.
6. Namoyish qilinadigan koʻrgazmali qurollar (diapozitivlar, diafilmlar, slaydlar, kinofilmlar). Bular orqali oʻquvchilar turli rassomlar, xalq amaliy san’ati ustalari bilan uchrashadilar, tasviriy san’at turlari va janrlari bilan, tasviriy san’at asarlarini yaratish texnikasi va texnologiyasi bilan tanishadilar.
Ayrim oʻqituvchilar koʻrgazmalilikning rolini notoʻg‘ri baholab, bu masalada qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻyadilar. Ular koʻp hollarda koʻrgazmali qurolning mavjud emasligidan yoki ularning rolini notoʻg‘ri tushunganliklaridan oʻquvchilarga turmushda uchraydigan buyumlar, oʻsimliklarning rasmini xotiradan tasvirlashni vazifa qilib beradilar. Xotiradan rasm chizishni suistehmol qilish atrof – muhitdagi, buyumlarning shakli, tuzilishi, rangi, yorug‘ – soyasini toʻg‘ri idrok qilishga salbiy ta’sir koʻrsatadi.
Har qanday turdagi (narsaning oʻziga qarab rasm chizish, dekorativ rasm chizish, texnikaviy rasm chizish, tasviriy san’at haqida suhbat) darslarda va sinfdan tashqari ishlarda koʻrgazmalilik oʻziga xos xususiyatlarga ega.
Mavzutik rasm ishlash darslarida badiiy asarlar mazmunini bayon etilayotgan badiiy asardagi davr kishilarning hayoti va mehnati, tabiat va me’morchilik koʻrinishlari, shuningdek, mavzu bilan bog‘liq tabiat obhektlarini kuzatishga aloqador boʻlgan koʻrgazmali qurollar namoyish etiladi.
Dekorativ rasm ishlash darslarida koʻrgazmalilik har xil formalarda qoʻllaniladi. Masalan, kitob muqovasi uchun badiiy bezak eskizini ishlash darsida esa otkritka koʻrgazma vazifasini oʻtaydi. Shuningdek, “Choynak va dazmol tagliklarining badiiy eskiizini tuzish” darslari uchun choynak, dazmol va tagliklar koʻrgazma boʻlib hisoblanadi.
Tasviriy san’at haqida suhbat darslarida rassomlar asarlarning reproduktsiyalari yoki diapozitiv, slayd, diafilm, kinofilmlar namoyish etiladiki, ularsiz san’at asarlari haqida fikr yuritish qiyin. Shuningdek, san’at asarlari (natyurmort, turmush manzarasi tasvirlangan kartinalar, plakatlar) reproduktsiyalari, rasm chizishdagi ketma – ketlikni koʻrsatuvchi rasm – sxemalar, rangshunoslik, yorug‘ – soya kompozitsiya va perspektivadan tablitsalar koʻrsatilishi, oʻqitishda texnika vositalaridan foydalanish va boshqalar ham koʻrgazmalilikning umumiy formalaridan hisoblanadi.
Pedagogik rasm chizishning keng tarqalgan turi oʻqituvchining doskada yoki qog‘ozda rasm chizishi hisoblanadi va u bolalarga koʻmaklashish maqsadida bajariladi.
Pedagogik rasmning qiymati shundaki, u bevosita oʻquvchining koʻz oʻngida bajariladi. Buning oʻrnini hech qanday koʻrgazmali qurol bosa olmaydi. Ya’ni bu oʻqituvchining fikrlarini oʻquvchilarga oson va sodda holda yetkazib beradi.
Doskadagi rasm oʻqituvchining asosiy g‘oya va fikrlarini oʻzida aks ettirishi lozim. Tasodifiy va ikkinch darajali rasmlarga sinf doskasida oʻrin boʻlmasligi kerak.
Doskada rasm chizish hamma oʻqituvchilarning ham qoʻlidan kelavermaydi, u oʻqituvchidan ma’lum tayyorgarlikni talab etadi. Bu tayyorgarlik esa alohida mashqlarni bajarishni oʻz ichiga oladi.
Tasviriy san’at metodikasidan koʻrgazmali qurollar yetarli boʻlmagan hollarda bularni oʻqituvchilarning oʻzlari tayyorlashlariga toʻg‘ri keladi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, hamma koʻrgazmali qurollar ham foydali boʻlavermaydi, ba’zan ayrim koʻrgazmali qurollar oʻquv va tarbiyaviy ishlarga salbiy ta’sir koʻrsatishi ham mumkin.
Koʻrgazmali quroldan foydalanishga oʻqituvchi mehyorni bilgandagina ijobiy natijaga erishishi mumkin. Koʻrgazmali materiallarning haddan tashqari koʻp boʻlishi oʻquvchilar diqqatini chalg‘itadi, ya’ni ular oʻz e’tiborlarini eng muhim narsaga qarata olmaydilar. Koʻrgazmalilikning yetarli boʻlmasligi esa materailning puxta oʻzlashtirilishiga va oʻquvchilarning darsga boʻlgan qiziqishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi.
Koʻrgazmali quroldan foydalanish masalalari oʻqituvchining nutqi bilan ham bog‘liq. Nutq va koʻrgazmalilikning uyg‘unligi ikki jihatdan foydali. Chunonchi, birinchidan, oʻqituvchining nutqi koʻrgazmalilikka koʻmaklashsa, ikkinchidan koʻrgazmalilik oʻqituvchi nutqiga koʻmaklashadi.
Tasviiry san’atni oʻqitishda, ayniqsa narsaning oʻziga qarab rasm ishlash va tasviriy san’at haqida suhbat darslarida ikkinchi yoʻl koʻproq qoʻllaniladi.
Agar koʻrgazmalilikning birinchi yoʻli bilim, ayrim qonun va tushunchalarni oʻzlashtirishga yordam bersa, ikkinchi yoʻli pedagogga u yoki bu qonun – qoidalarni, atrof – muhit hodisalarini isbot etishda koʻmaklashadi. Oʻqituvchining soʻzi emotsional muhit hosil qilishda, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini aktivlashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun oʻqituvchining nutqi ravshan, tushunarli va ma’noli boʻlishi lozim.



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish