9-Mavzu: Sog`lom avlod yurt boyligi
Kun shiori: “Barkamol avlod yurt tayanchi”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ma’naviy va jismoniy sog`lom bo`lishga e’tiborlarini qaratishga o`rgatish, sog`lom avlod yurt kelajagi ekanligini singdirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Sog`lom avlod deganda, shaxsan men eng avvalo sog`lom naslni nafaqat jismonan baquvvat , shu bilan birga ruhi ,fikri sog`lom, iymon –e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman. Buyuk davlatni faqat sog`lom millat sog`lom avlodgina qura oladi ”.
O`qituvchi:
YOSH AVLODGA
Bilakda quvvating kuching bor ekan, Yashashga, kurashga kuching bor ekan.
Dilda orzu degan lochin bor ekan,
Yonib yasha toki joning bor ekan.
Maysaday shimirgan oftob o`tini Kuziday simirgan bahor sutini
Avaylab yurakni bu-Ruh kuchini
Uyg`oq yasha, g`aflat senga or ekan!
Yer ipak qadaming pardan-da
Murcha qanotiday musaffo ko’ngil
Yo hayqiriq, yo bir ohu bo’l –u, tin
Yonib yasha, dunyo bir bozor ekan.
Bir boshqa bir o’lim haridor ekan .
Darhaqiqat, hammamizga yaxshi ma’lumki hech bir mamlakatda qayd etilmagan, har bir yil qandaydir nom bilan atalishi faqat, bizning O`zbekisonda hurmatli Prezidentimiz I.A.Karimov g`oyasi tufayli har yili Konstitutsiya kuniga bag`ishlangan yig`ilishda kelayotgan yilning qanday atalishi aytiladi va joriy yil hisob –kitobi qanday ishlar amalga oshirilganligi haqida hisobot beradilar.
Har bir yil qanday nom bilan atalmasin, unda inson taqdiri, millati kelajagi, yurt istiqboli haqida qayg`uradi. 1997-yil “Inson manfaatlari”, 1998-yil “Oila yili” 1999-yil “Ayollar yili”, 2000-yil “Sog`lom avlod yili”, bizning davlatimiz va davlatimiz rahbarining orzusi va oldiga qo`ygan maqsadi O`zbekiston kelajagi bo`lgan yoshlar haqida buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur “Askarlari baquvvat yurt qudratli bo`lur” degan edilar, bu fikrni Prezidentimiz Islom Karimov quyidagicha davom ettiradilar, “Farzandlari sog`lom yurt qudratli bo`lur, qudratli yurtning farzandlari sog`lom bo`ladi”.
Albatta, jangu jadal urush vaqtlarida el har tomonlama kuchli, ayniqsa, jismoniy jihatdan baquvvat bo`lishi lozim bo`lgan, hozirgi tinchlik zamonida esa el ham jismoniy, ham ma’naviy tarafdan sog`lom bo`lishi kerak. Bizga fikri teran sog`lom fikrli, mukammal rivojlangan shaxs kerak. Hech kim onadan zukko, aqlli bo`lib tug`ilmaydi. Lekin, farzandni dunyoga keltiradigan ota –ona avvalambor har tomonlama komil shaxs bo`lishi kerak. Lekin, sog`lom avlod tarbiyasi oson ish emas, u har birimizdan juda katta mehnat talab qiladi. Hozirgi ayniqsa mafkuraviy g`oyalar inson ongini zaharlaydigan yot mafkuralardan yoshlarimizni asrashimiz, ehtiyot bo`lishimiz kerak. Yoshlar uchun hozirgi vaqtda juda katta imkoniyatlar eshigi ochib berilmoqda shunday katta imkoniyatlardan yoshlarimiz foydalanib, o`zlarining iste’dodini, iqtidorini ko`rsatishi kerak. Hamma zamonlarda ham inson taqdiri, farzand taqdiri birinchi o`rinda bo`lgan. Quyidagi buyuk allomalarimizning sog`lomlik va komillik haqida aytgan fikrlari bilan o`rtoqlashamiz:
Har kimki ilm, hikmatini o`rganaman desa uni yoshligidan boshlasin, salomatligi yaxshi bo`lsin, xush -ahloq va odobli bo`lsin, so`zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan, xiyonat va makr hiylasidan uzoq bo`lsin. Abu nasr Forobiy
To`g`ri va haq yo`ldan yurgan kishining yurishi arslon yurishidan ham mahobatliroqdir.
Az -Zamahshariy
“Bizning farzandlarimiz nihoyatda iste’dodli, aqlu –zakovat bobida hech kimdan qolishmaydi. Ularning iqtidorini qadrlash, imkoniyatlarini yuzaga chiqarish vatanning mard, va fidoiy farzandlari etib tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratib berish har birimizning sharafli burchimizdir” . I.A.Karimov
“Odamning kimligi bo`yi bilan belgilanmaganidek, xalqimizning ulug`igi ham soni bilan o`lchanmaydi, yagona mezon uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir”.
Viktor Gyugo
Eshitib ota onangni
So`zlarini qadrla ,
Мol-u mulking ko`paysa
Mag`rurlanib quturma.
O`g`lim senga qoldirdim o`git,
Unga amal qil :
Оlimlarga yaqinlash,
Bahra olgil, tutib dil. Mahmud Koshg`ariy
Do'stlaringiz bilan baham: |