Topshiriq: Yangi yil orzularingiz?
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, talabchanlikka, ijodkorlikka undab boradi.
16-mavzu: Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir (14 yanvar – Vatan himoyachilari
kuni munosabati bilan) Kun shiori: “Harbiylik – mardlar kasbi”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, har bir kasbning o`z o`rniga
ekanligini uqtirish, har bir shaxs jinsidan qat’iy nazar kasb egasi bo`lishiga haqli
ekanligini singdirish, Vatan himoyachilariga bo`lgan hurmat va iftixorni
rivojlantirish Doskada: “Mardlar qo`riqlaydi, Vatanni!”
Istiqlol tufayli harbiy xizmat sharafli kasbga aylandi. Yoshlar harbiy kasbga katta havas va qiziqish bilan qarashmoqda. Bu oddiy qiziqish emas, ulardagi vatanparvarlik tuyg`usining yuksakligi hamda Vatan tinchligi va daxlsizligi uchun o`zlarini mas’ul deb bilishlarining ifodasidir Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, harbiy sohada ham keng ko`lamli islohotlar
amalga oshirildi. Xususan, mudofaa ishlari boshqarma va bo`limlarining chaqiruv punktlari, harbiy qismlarning o`quv sinflari zamon talablari darajasiga keltirildi.
Yigitlarni harbiy xizmatga tantanali kuzatish va kutib olish mustaqillik yillarida yaxshi an’anaga aylandi. Bunday marosimlarda ota-onalar, mahalla tizimi, jamoatchilik vakillari, mehnat va urush faxriylari faol qatnashmoqda. Badiiy jamoalarining konsert dasturlari namoyish etilmoqda. Yoshlarning askar bo`lishga havasini kuchaytirayotgan yana bir omil – harbiy xizmatdan qaytgan yigitlarning ishga joylashishi va o`qishga kirishlarida berilayotgan imtiyozlardir. Harbiy xizmatni namunali o`tab, qo`mondonlikning tegishli tavsiyanomasiga ega bo`lgan yoshlarning ko`pchiligi oliy ta’lim muassasalariga o`qishga kirayotgani armiyamizning obro`-e’tiborini yanada oshirmoqda. Harbiy xizmat yoshlarimizni ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol voyaga yetkazadigan hayot maktabiga aylangani mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasini yaqqol namoyon etmoqda. Bu jarayonda chaqiriqqacha yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, boshlang‘ich harbiy ta’lim berish sohasidagi ishlar samaradorligi oshgani, harbiy qismlar bilan jamoatchilik o`rtasida doimiy aloqaning keng yo`lga qo`yilgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan,har yili Vatan himoyachilari kuni oldidan mudofaa ishlari bo`limlari joylardagi harbiy qismlar bilan hamkorlikda mahallalar, korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalarida turli uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar tashkil etmoqda. Uchrashuv va suhbatlarda mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, samaralari, harbiy xizmatchilar hayoti, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida keng ma’lumotlar berilmoqda.
Topshiriq: “Orzuga ayb yo`q” mashqi. Harbiy bo`lish har bir yigitning orzusi, armiyaga borgan har yigit qizlarning hurmatiga sazovardir. Fikrimga qo`shilasizmi? Fikrlar maydoniga marhamat.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab borad
Do'stlaringiz bilan baham: |