Topshiriq: “Shu aziz Vatan barchamizniki” mavzusida guruhlarning kichik
chiqish rus tilida.
11-mavzu: Globallashuv va uning oqibatlari
Kun shiori: “Globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, mustaqil fikrlashni, odobaxloq xislatlarini milliyligimiz darajasida uqtirish..
Doskada: “Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko`proq kuchga ega” Islom Karimov
O`qituvchi:
Bugun biz tez sur’atlar bilan o`zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar
boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o`ta shiddatli va murakkab
bir zamonda yashamoqdamiz. Globallashuv- bu avvalo hayot sur’atlarining
beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy
tomoni bo`lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas.Ayni
paytda hayot haqiqati shuni ko`rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil
maqsadda- ezgulik va yovuzlik yo`lida foydalanish mumkin.
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig`iz, shu
qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning
bizga aloqasi yo`q, deb beparvo qarab bo`lmaydi.
Globallashuv jarayoning yana bir o`ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi
sharoitda u mafkuraviy ta’sir o`tkazishning nihoyatda o`tkir quroliga aylanib, har
xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog`lom
fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar.
Ta’bir joiz bo`lsa, aytish mumkinki, bugungi zamonda mafkura poligonlari
yadro poligonlaridan ham ko`proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh
bo`lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo`lsa,
buni sezish, ko`rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri
va oqibatlarini tezda ilg`ab yetish nihoyatda qiyin. Barchamizga ayon bo`lishi
kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar
o`zibo`larchilikka tashlab qo`yilsa, o`sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga
aylanadi. Va aksincha- qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va
tafakkur hukmron bo`lsa, o`sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.
Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy
qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog`liq holatlar
bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta
xavf solmoqda va ko`pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib
borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab
olmoqda.
Topshiriq: Guruhlar bugun yoshlarimiz orasidagi ba’zi bir kamchiliklarni qanday
qilib bartaraf qilish kerakligini har biri o`z dunyoqarashlaridan kelib chiqib xulosa
qiladilar. O`zbek maqollaridan misollar keltiradilar. Ba’zi bir o`quvchilar mavzuga
oid hikoya va rivoyatlarni so`zlab beradilar va tahlil qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |