teatr san‘ati ham yunon teatr san‘ati ta‘siri natijasida rivojlanadi. Rim imperatori Pompey qadimgi Gretsiya teatrlari bilan tanishadi va Rimga qaytgach, teatrlar qurdira boshlaydi. Mil.avv.55 yilda Rimdagi birinchi teatr binosini ham imperator Pompey qurdiradi. Asrning ohiriga kelib Rim imperiyasining ko`plab boshqa hududlarida ham teatrlar qurila boshlandi. Rim teatrlarida grek va rim dramaturglarining asarlari sahnalashtirila boshlanadi. Rim teatri vakillari grek teatrining tayyor uslublari va elementlaridan foydalana boshlaydilar. Shuningdek, rim teatrlarida Gretsiya teatrlaridagi singari ko`plab xalq marosimlari va bayramlarining an‘anaviy elementlari saqlanib qolinadi. Rim teatrlari rivojida juda ham sodda ko`rinishdagi tomosha-saturalar /lot.,,satura" so`zi-"aralash" degan ma‘noni anglatib, dialog, mimika, musiqa va raqslarning aralashmasi demakdir. /muhim rol o`ynagan. Saturalar aslida etrusk qabilalarining diniy marosimlaridagi asosiy elementlardan biri bo`lgan va fleyta jo`rligida ijro etiladigan hazil dialog hisoblangan.
Mil.avv. III asr o`rtalariga kelib, rimliklar qadimgi yunon dramaturgiyasidan keng ko`lamda foydalana boshlaydilar. Ular qadimgi yunon dramaturglarining asarlarini lotin tiliga tarjima qilishib sahnalashtira boshlaganlar.
Mil.avv. I asrga kelib tragediya va komediyalarni professional aktyor /"aktyor" so`zi lotincha so`z bo`lib, "ijrochi" "harakatlanuvchi", „qatnashchi" kabi ma‘nolarni anglatgan/ lar ijro eta boshlaganlar.
Lekin rimliklarning eng sevimli tomoshasi gladiatorlar jangi bo`lib qolavergan. Gladiatorlar - (lot. „Gladius" so`zidan olingan bo`lib, ,,qilich" degan ma‘noni anglatadi) qullar yoki jinoyatchilardan iborat qilichbozlar bo`lib, Rimning boy-badavlat kishilari ularni tanlab olishib maxsus maktab-qamoqxonalarda nayza, qilich, xanjar va qo`l jangi qilishga o`rgatganlar. Gladiatorlarning jang qilishlari uchun maxsus tomosha joyi-amfiteatrlar qurilgan. Bayram kunlari gladiatorlarning yakkama-yakka olishuvlari yoki butun boshli gladiatorlar otryadlarining o`zaro janglari tomosha qilingan. Gladiatorlardan biri albatta ikkinchisini o`ldirishi shart bo`lgan. Yengilgan gladiatorning taqdiri tomoshabin qo`lida bo`lgan. Ularning hohishiga qarab yo omon qoldirgan, yoki o`ldirilgan. G`olib gladiator yana qamoq-maktabga qaytarilgan va keyingi jangga tayyorlangan.
Imperator Avgustning buyrug`i bilan Rim atrofida qullar tomonidan maxsus ko`lning qazdirilganligi va bu ko`lda vaqti-vaqti bilan kemapar jangi uyushtirilganligi ham gladiatorlar jangiga e‘tibor qanday bo`lganligini ko`rsatadi. Ana shunday ko`l ustidagi janglardan biri 30 ta yirik va ko`plab kichik kemalarga joylangan 3 ming gladiatorlarning janglari uyushtirilgan.
Gladiatorlar nafaqat o`zaro bir-birlari bilan jang qilganlar, balki yirtqich hayvonlar bilan ham yakkama-yakka jang qilganlar. Masalan, imperator Trayanning daklar ustidan erishgan g`alabasi sharafiga o`tkazilgan 123 kunlik bayramda 10 ming gladiator 11 ming yirtqich hayvonga qarshi quyilgan. Umuman olganda, qadimgi rimliklar tsirk o`yinlari, gladiatorlar jangi ot va jang aravalari poygalari kabi tomoshalarga uch bo`lganlar.
Xulosa qilib aytganda,
Do'stlaringiz bilan baham: |