Qadimgi yunon va rim madaniyati



Download 118 Kb.
bet5/11
Sana12.06.2022
Hajmi118 Kb.
#658954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qadimgi yunon va rim madaniyati

,,Teatr" so`zining asl ma‘nosi ,,ko`rish", ,,kuzatish" degan ma‘nolarni anglatgan. "Teatr" atamasining butun teatr binosiga nisbatan ishlatilishi taxminan milodiy V asrlarga kelib iste‘molga kiritilgan. Yunon teatrlari ko`pincha tog`lik, qiyalik, tepalik yon bag`rilarida qurilgan. Aktyorlar tomosha ko`rsatadigan joy sahna (stsena-gr, ,,skena" so`zidan olingan bo`lib ,,chodir" degan manoni anglatadi). Haqiqatdan ham, aktyorlar tomosha o`tkaziladigan joyning orqa tomoniga qurilgan chodirdan kiyinish va niqoblarni almashtirish joyi sifatida foydalanishgan. Pastda-sahna oldida xor joylashgan. Xorning vazifasi sahnada rol ijro etayotgan aktyorlarning ijro yclybini yanada kuchaytirish hamda, Dionisga atab yozilgan yoki ijro etilayotgan tomoshalardagi voqealar rivojini yanada kuchaytirishdan iborat bo`lgan. Xor joylashgan sahnaning pastki qismi ,,orxestro" (hozirgi ,,orkestr" so`zi) deb nomlangan.
Qadimgi yunon aktyorlari rol ijro etishayotganda yuzlariga niqob kiyib olganlar. Chunki, teatrlar benihoya katta bo`lganligidan, aktyorlarning yuz ifodalari tomoshabinlarga yaxshi ko`rinmagan. Bu kamchilik o`rnini turlicha yuz ifodalari tushirilgan niqoblar to`ldirib turgan. Niqobning yana bir hususiyati - bitta aktyor turli-tuman rollarni, hatto ayollar qiyofasida ham chiqishi mumkin bo`lgan. Aktyorlar foydalanadigan niqoblar turg`un bir ruhiy holatni ifodalagan va chinakam insoniy kechinmalarni yashirib turgan. Shuningdek, aktyorlarning o`zlarini baland ovoz bilan deklamatsiya qilishlari, xorning butun tomosha davrida bir joydan qimirlamasdan turishi tomoshalarning hayotiyligiga putur yetkazgan. Shunga qaramasdan qadimgi yunon teatrlarining umuminsoniy ma‘naviy taraqqiyotiga, shu jumladan, hozirgi teatr san‘atining rivojiga ulkan ta‘sir ko`rsatgan.
Qadimgi yunon teatrining shakillanishi va rivojlanishi jarayoni o`z navbatida buyuk dramaturglarning paydo bo`lishiga olib kelgan. Qadimgi yunon tragediyasining titanlaridan biri, ,,tragediya otasi" Esxil (mil.avv. 525-456 yillar) 90 taga yaqin tagediya yaratgan. Bizgacha uning faqat yettita tragediyasi-"Eroniylar", „Fivaning yetti dushmani", „Iltijoguylar", "3anjirband Prometey", ,,Orestiya" trilogiyasiga kiruvchi ,,Agamemnon", ,,Xoeforlar", ,,Evmenidalar" kabi tragediyalari yetib kelgan. Esxil asarlarida taqdir bilan qahramonning irodasi yonma-yon qo`yiladi. Esxil mashhur Prometey obraziga o`ziga xos tarzda yondashadi.
U Prometeyni ulug` titan, insoniyatning homiysi, odamzotni halokatdan qutqaruvchi buyuk rahnamo sifatida tasvirlaydi. Prometey odam bolasiga uy-joy qurishni, kema yasashni, o`qish-yozishni, hisob ilmini, dehqonchilik ishlarini, eng muhimi Olimp tog`idagi olovdan o`g`irlab olib kelib undan foydalanishni hamda boshqa turli xil xunarlarni o`rgatadi. Prometeyning bu xizmatlari tufayli inson bolasining hayoti yengillashib, turmush kechirishi osonlashadi.
Esxil haqiqatan ham tragediyaning otasi hisoblanadi. Chunki u tragediyani badiiy barkamollik bosqichiga ko`tara oladi. U birinchi bo`lib, tragediyaga ikkinchi aktyorni kiritadi. Uning bu yangiligi dramaturgiya janrida ulkan o`zgarish yasaydi. Aristotel o`zining „Poetika" asarida bu hususda shunday deb yozadi: "Esxil birinchi marta aktyorning sonini ikkitaga ko`paytiradi, xorning rolini qisqartiradi va shu bilan dialogning rivoj topishiga zamin hozirlaydi".
Qadimgi yunon tragedi yana vislaridan biri Sofokldir. (er. avv. 496-406 yillar.) U 120 dan oshiqroq asar yozgan bo`lib, bizgacha atigi yettitasigina yetib kelgan. Sofokl o`z tragediyalaridaqahramonlarning ruhiy holatlariga alohida e‘tibor beradi va asar mazmunining hayotiyligiga erishadi. Xorning vazifasini qisqartirish orqali bir tomondan voqealarning keskinlashuviga erishsa, ikkinchi tomondan asarga uchinchi aktyorni kiritadi. Sofokl islohotlari dramaturgiya janrining mavjud imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Shuningdek, u dramaga dekoratsiyani kiritgan. Sofoklning ,,SHox Edip", ..Edip Kolonda", ,,Antigona" kabi tragediyalari jahon adabiyoti oltin xazinasidan munosib o`rin egallaydi.
Qadimgi yunon tragediyanavisligining uchinchi vakili Evripid (er. av. 480-406 yil)dir. U qadimgi yunon tragediyanavislaridan farqli o`laroq, o`z tragediyalarida tasvirlayotgan voqealarni demokratik nuqtai nazardan tasvirlashga harakat qiladi. U voqealarni bo`rttirmasdan, realistik tarzda yoritib berishga intiladi. O`z davrining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-ahloqiy masalalarini yoritib berish, bu masalalarni hal qilishni tomoshabin hukmiga havola etishga intilish Evripid ijodining asosiy hususiyati hisoblanadi. Uning asarlaridagi personajlar falsafiy fikr-mushohada qilishi, voqea va hodisalarni falsafiy tahlil qilishi bilan ajaralib turadi. Shu bosidan ham, o`sha davr kishilari Evripedni ,,sahnadagi faylasuf" deb ataganlar.
Buyuk tragediyanavis hisoblangan Evripid o`z asarlarning markaziga tirik odam obrazini qo`yadi. Shuning uchun ham Evripid qahramonlari Esxil va Sofokl qahramonlaridan farqlanib turadi. Aristotel o`zining ,,Poetika" asarida yozishicha, Sofokl o`z asarlari va Evripid asarlari o`rtasidagi tafovutni tan oladi va shunday deb yozadi: ,,U /Sofokl/ odamlarni qanday bo`lishi kerak bo`lsa, shunday tasvirlagan. Evripid esa qanday bo`lsa o`shanday tasvirlagan".
Mil avvalgi V-IV asrlar nafaqat qadimgi yunon teatr va dramaturgiyasining rivojlangan davri hisoblangan, balki bu davrda proza janri. ayniqsa, uning tarixiy proza janri ham taraqqiyot bosqichini bosib o`tadi.
Tarixiy prozada qalam tebratgan buyuk mutafakkirlardan biri ,,tarix otasi"deb tan olingan Gerodot /mil. avv.485-425 yillar/ dir. Gerodot Misr, Eron, Bobil, Finikiya davlatini, Qora dengizning shimoliy qirgoqlaridagi yunon mustamlakasi hisoblangan Skifiyani kezib chiqadi va bu hududlarda yashovchi xalqlar tarixini, marosimlari va diniy qarashlarini o`rganadi. U o`zining ,,Tarix" asarida hatto qadim ajdodlarimiz yashagan hududlarga oyoq bosmagan bo`lsa-da, ularning hayotini tasvirlashga harakat qiladi. Gerodotning ta‘kidlashicha, Kaspiy dengizi sohillaridan boshlab, Sirdaryoning o`rta oqimiga qadar cho`zilib ketgan keng sarhadlarda massaget ko`chmanchi qabilalari yashagan. Ular hech qanday ekin ekmaganlar, faqat chorvachilik bilan shug`ullanganlar. Mehnat qurollari asosan, misdan yasalgan. Ayollari erkaklar singari jasur bo`lganlar va erkaklar bilan bab-baravar janglarda qatnashganlar, hatto qabila boshlig`i bo`lib saylanganlar. Qadim ajdodlarimiz qahramonliklari va vatanparvarliklarini madh etuvchi "Tumaris" va ,,Shiroq haqidagi qissa hamda afsonalar ham Gerodotning ana shu asari orqali bizgacha yetib kelgan.
Klassik davrga kelib tasviriy san‘at, arxitektura va haykaltaroshlik yuqori rivojlanish bosqichini bosib o`tadi. Bu davr san‘atida ko`proq realistik tasvir yaqqolroq ko`zga tashlanadi. O`sha davr ijodkorlari o`z e‘tiborlarini inson obrazini ravshanroq tasvirlashga qarata boshlaydilar. Ob‘ektiv dunyo voqealarini realistik tarzda sanat asarlariga singdirishga intiladilar va san‘at tarixida birinchi marta insonni hayratlantira oladigan me‘moriy yodgorliklar va insonning yorqin obrazini tasvirlovchi haykallar yaratadilar.
Klassik davrning boshlari /mil.avv.490-450 yillar/ da ko`plab me‘moriy binolar yaratilib, Eron-yunon urushida vayronaga aylangan ayrim shaharlar qayta tiklanadi. Bu davrda qurilgan ko`pgina ibodatxonalar doriycha uslubda qurilgan. Periklning buyrug`iga ko`ra, Afinaning ichki qal‘asi - Akropolda hunarmandchilik va shahar homiysi hisoblangan Afinaga bag`ishlab qurilgan ibodatxona - Parfenon quriladi. Ibodatxona o`rtasida faqat fil suyagi va oltindan yasalgan Afinaning o`n to`rt metrlik haykali o`rnatilgan. Tarixiy ma‘lumotlarga ko`ra, haykalga sarflangan mablag` o`sha davr Afina shahrining 20 yillik byudjetiga to`g`ri kelgan. Parfenondan tashqari Akropolda Attikaning afsonaviy podshohi Erexteyga atalib qurilgan Ereyteyon ibodatxonasi va yana bir qancha binolar qurilgan. Akropolning hovli sahni gulzorlar, daraxtlar bilan bezatiladi, marmar va bronzadan haykallar o`rnatilgan.
Qadimgi yunon haykaltaroshlari va arxitektoralari hamkorlikda ikkala san‘atni sintez qilish natijasida o`ziga xos mahobatli va nihoyatda go`zal san‘at asarlarini yaratganlar. Arxitektura yodgorliklarida haykallardan ustun sifatida foydalanish, bino devorlari, kapitel-muqarnasning tepa qismi va binoning boshqa ayrim joylariga relefli haykaltaroshlikdan, shuningdek, binoning fronton /binoning eng yuqori cho`qqisi/ qismiga haykallar o`rnatish binoga o`ziga xos go`zallik va salobat baxsh etgan.
Haykaltaroshlikning rivojlanishi yuqori klassik davriga kelib, nihoyatda yuksak darajaga ko`tarilgan. ,aykaltaroshlar odam qomati va yuz tuzilishini to`g`ri tasvirlabgina qolmay, o`z asarlarida murakkab harakatlarni ham ifodalashga, kompozitsiya yechimining hayotiy bo`lishiga alohida e‘tibor bera boshlaydilar. Bu davrning eng buyuk haykaltaroshlaridan biri Miron hisoblanadi. Uning mashhur asarlaridan biri ,,Diskabol"/..Disk uloqtiruvchi"/ haykalidir. U ,,Diskabol" haykali orqali o`zini boshqara oladigan, har qanday holatda o`zini tuta biladigan odam qiyofasini gavdalantirib, qadimgi yunonlarning ideal inson to`g`risidagi tushunchasini ifodalab beradi.
Agar buyuk haykaltarosh Miron o`z asarlarida kuchli va keskin harakatlarni tasvirlash va bu bilan insonning ma‘naviy go`zalligini ifodalashga intilgan bo`lsa, shu davrning yana bir buyuk haykaltaroshi, Peloponnes maktabining vakili Poliklet xotirjam, tinch holatda turgan inson qiyofasida uning ichki ma‘naviy olamini ochib berishga intiladi. Uning ,,Dorifor" /"Nayzabordor"/ asari uning shu davrdagi izlanishlarini namoyish etadi. Bu asarda harakat va osoyishtalik bir-biri bilan uygunlashib ketadi.
Mashhur yunon haykaltaroshi Fidiy o`z asarlarida greklarning jasurligini, eronliklar ustidan qozonilgan g`alabani aks ettiruvchi haykallar ishlagan. Uning ilk asarlari oltin va fil suyagidan yasalgan. \/ asrning 70 yillarida afinaliklar buyurtmasiga ko`ra, Fidiy Marafon jangini ulug`lovchi ko`p figurali kompozitsiya ishlagan. Mil.avv. 460 yillarida Appolonning bronzadan yasalgan yirik haykalini, mil.avv. 460-450 yillarda esa mashhur jangchi ayol Afina haykalini yaratadi.
Fidiy bir qator monumenttal haykallarning ham muallifidir. Uning Akropoldagi oltin va fil suyagidan yasalgan Afina haykallari. Olimpiadadagi Zevs haykali o`ta mashhur asarlar hisoblanadi. Yetti iqlimning yetti mo`‘jizalaridan biri-Zevs haykali ibodatxona ichida joylashgan bo`lib, uning /ibodatxonaning/ uzunligi 64 metr, eni 28 metr, xonaning ichki balandligi 20 metr bo`lgan. Ulkan zalning oxirida taxtda o`tirgan holdagi Zevs haykali savlat to`kib turgan. Zevsning boshi binoning shipiga tegib turgan. Zevsning badanini pushtirang fil suyagidan ishlangan plastinka yopib turgan. Kiyimi oltin qoplamadan yasalgan. O`ng qo`lida g`alabalar va yutuqlar ma‘budasi Nikaning oltindan yasalgan haykalchasi, ikkinchi qo`lida asoni ushlab turgan. Zevs o`tirgan taxt fil suyagidan bo`rtma holda va oltindan ishlangan haykalchalar bilan bezatilgan.
Keyinchalik Vizantiya imperatori Feodosii Zevs haykalini Konstantinopol /hozirgi Stambul/ga ko`chirtiradi. Ular xristian diniga sig`ingan bo`lsalar-da, Zevs haykalini buzib tashlashga hadlari sig`maydi. Milodning V asrida imperator Feodosiy II ning saroyiga o`t ketadi. Ulkan haykalning yog`och qismi butunlay kulga aylanadi, oltindan yasalgan qismlari esa erib, yaltiroq bo`laklarga aylanadi.
So`nggi klassika davri haykaltaroshlari o`z qobiliyati, dunyoqarashi va imkoniyatlaridan kelib chiqishib, inson manaviy olamining turli qirralarini ochib berishga harakat qiladilar. Bu davrning mashhur haykaltaroshi Praksitel qadimgi yunon haykaltaroshlari ichida birinchi bo`lib, ideal ayol qiyofasini, ya‘ni ishq-muhabbat va go`zallik ma‘budasi Afrodita obrazini aks ettirib beradi.
Grek klassikasi bilan ellinistik davr chegarasida yashab ijod etgan buyuk haykaltaroshlardan biri Lisipp edi. U o`z haykallarida ko`proq jismoniy baquvvat va irodasi kuchli shaxslarni e‘zozlaydi va ularni ko`proq charchagan va dam olayotgan holda tasvirlagan.
Umuman olganda bu davr san‘atining asosiy hususiyati shunda ediki, san‘atkorlar insoniyat tarixida birinchi marta o`z ijodlarini qat‘iy aniq ilmiy asosga qurib, odam bolasining tanasidagi hatto eng kichik a‘zolarini ham aniq mutanosib uyg`unlikda tasvirlaganlar va abadiy barhayot go`zallik yaratib qoldirganlar.

Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish