Ismlar maktabi
voqelikni til ifodasi masalalari orqali hal qilishga
yo’naltirilgan edi. U ashyolar munosabati va shu munosabatlarning o’zini tadqiq
etdi, so’ngra esa hukmlar va ismlarning bir-biriga muvofiq kelishini tekshirdi. Bu
maktab vakillaridan biri Xuey Shi ko’pgina narsalarning tushunchalarda noadekvat
ifodalanishiga e`tiborni qaratgan.U buning sababini narsalarning bir-biriga
qiyoslanmasligida, deb bilgan. O’zgacha uslubda fikrlash, bahs-munozara, isbot
uchun dalillar keltirish, mavjud goyalarni rad etish va hokazolar ismlar maktabi
uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Maktab vakillaridan biri Chjuan-szi vafot
etgan raqibi to’g’risida, “Men bilan bahs yuritadigan odam qolmadi” deb qayg’urib
yozadi.
Ismlar maktabining tafakkur uslubi an`ana mavqeiga ega bo’lgan
konfutsiychilik ta`limotiga bardosh bera olmagan.U asta-sekin konfutsiychilikka
yaqinlashib, o’zining avvalgi mavqeini yo’qotgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |