Qadimgi turkiy tilda sintaksis



Download 90 Kb.
bet1/2
Sana08.04.2023
Hajmi90 Kb.
#925850
  1   2
Bog'liq
1405746249 56442


Qadimgi turkiy tilda sintaksis

Reja:




  1. Qadimgi turkiy tilning umumsintaktik xususiyatlari.

  2. So`z birikmalariga xos xususiyatlar. Bitishuv xususiyatlari.
    Boshqaruv xususiyatlari. Moslashuv xususiyatlari.


  3. Gap. qadimgi turkiy tilda sodda gap turlari.

4.Gap bo`laklari. Egaga xos xususiyatlar. Kesimga xos xususiyatlar. To`ldiruvchiga xos xususiyatlar. Aniqlovchiga xos xususiyatlar. Holga oid xususiyatlar. Uyushiq bo`laklari.
Qadimgi turkiy til o’zbek va boshqa ko’p turkiy tillarning shakllanishida asos bo`lgan. Ammo bu turkiy tilning o`zi ham ma`lum taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirgan, shakllangan, ma`lum bir qolipga tushgan yozma til edi. Har qanday tilning qurilishi asta-sekinlik bilan taraqqiy etadi, o`zgaradi. qadimgi turkiy tilning tuzilishi, sintaktik strukturasi bilan hozirgi zamon o’zbek va boshqa turkiy tillarning tuzilishi o`rtasida ko`p o`xshashlik va farqli tomonlar bor. Bu tilning bir-bir yarim ming yillik taraqqiyoti natijasidir.
So`z birikmalari.
Qadimgi turkiy tildagi so`zlar o’zaro birikib, ma`lum bir so`z birikmasini tashkil etgan va ma`lum fikrni yoki uning ayrim elementlarni ifodalagan. Bu so`z birikmalarining biri hokim boshqaruvchi so’z bo’lib, ikkinchisi unga tobe so`z bo`lgan va hoki so’z tomonidan boshqarilgan.
Boshqaruvchi so`zning xarakteriga ko`ra, so`z birikmalarini ikki gruppaga bo`lish mumkin:

  1. Otli birikmalar.

  2. Fe`lli birikmalar.

1. Otli birikmalarda boshqaruvchi so’z ot bo`lib, u boshqarib
kelayotgan so’z ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh bo`lishi
mumkin:
Typyk bodun (To`n,1) - turk xalqi.
2. Fe`lli birikmalarda boshqaruvchi so`z fe`l yoki uning
funksional shakllari — sifatdosh, ravishdosh, shart fe`li, harakat
nomi bo`lib, unga tobe bo`lib boshqarilib kelayotgan so`z ma`lum
kelishik yoki ko’makchi bilan birikib kelgan ot yoki otlashgan so`z,
olmosh, ravish yoki ravishdosh, shart fe`li bo`lishi mumkin: qag`an
qыsdыm - (To`n,5) xoqonni qo`lga oldim.
qadimgi turkiy tilda so`z birikmalarini tashkil etgan bo’laklarni o’zaro aloqaga kirish usuliga ko’ra uch turga bo`lish mumkin:
1. Bitishuv. 2.Boshqaruv. 3.Moslashuv.
1. Bitishuv. So`zlar hech qanday grammatik vositalar yordamisiz o`zaro aloqaga kirib, so’z birikmasini tashkil etadi. Bunaday so`z birikmalari mazmun va intonatsiya yordami bilan o`zaro birikadi. quyidagi so`z turkumlari bitishuv yo`li bilan so’z birikmasini tashkil etgan:
1) Ot bilan ot: Typyk bodun (To’n, 1) - turk xalqi.
2) Ot bilan fe`l: Kishi og`lan (Irq bitig,80) - o`gil bola.
Bu xil birikmalarning ko`pi hozirgi zamon o`zbek tilida ma`lum grammatik vosita bilan bog`lanadi.
3) Sifat, son, olmosh yoki sifatdosh bilan ot: Yag’ыz yэr (Kt 28)
qora er.
Sifatdosh aniqlovchili birikmalar ko`pincha sostav jihatidan keng bo`ladi. Tэngri tэg tэngridэ bolmыsh typyk bilgэ qag`an - (Kt,1) — Falakday xudodan bo`lgan turk dono xoqoni.
4) ravish, ravishdosh, shart fe`li bilan fe`l: Sabыmыn tukэti
эsidkil (Kt,27) — so`zimni to`liq eshitgil.
2. Boshqaruv. Tobe so`z ma’lum grammatik vosita kelishik formalari yoki ko`makchilar orqali bosh so’zga birikadi.
1) Qadimgi turkiy tilda bosh kelishikdan tashqari tushum,
Jo`nalish, o`rin-chiqish, vosita kelishiklari bo`lib, tobe so`z ma`lum
bir kelishik affikslari yordami bilan bosh so`zga bog`lanadi:
a) tushum kelishigi -g`(-g, -ыg`), -ig, -ug`, (-ug, -ыn), -in, -n vositasida. Bodunыg’ qon almыs (Kt,29) — ko`p xalqlarni oldi.
b) jo`nalish kelishigi -qa(-kэ, -g`aru), -gэrу, -a, -э vositasida. On tуnkэ... bardыmыz (To’n,26) - o`n tunda bordik.
v) o`rin-chiqish kelishigi - -da//-dэ//-tэ vositasida. Tabg`achda
adrыltы (To`n,2) - Tabg`achdan ayrildi.
g) vosita kelishigi —n; -ыn, (-in, -un), -уn vositasida Yuz
artыq oqun urtы( (Kt,33) — yuzdan ortiq o`q bilan urdi.
2) Ot yoki ot ma`nosidagi so`zlar ko`makchilar bilan birikib,
hokim so`zga bog`lanadi. qadimgi turkiy tilda quyidagi ko`makchilar
qo`llanadi: birlэ, asha. Kul tэgin birlэ (Kt,27) — Kul tigin bilan.
Ba’zi o`rinlarda ma`lum kelishik formasini olgan ot yoki olmosh
ko’makchiga bog`lanib, u bilan birga hokim so`zga birikadi: Tэmir
qapыg’qa tэgi (To`n,45) — temir darvozagacha.
Misollardan ko`rinadiki, boshqariluvchi tobe so`z ot yoki otlashgan so`z bo`lib, u ma`lum kelishik formasini oladi yoki ko`makchi bilan birikadi. Boshqaruvchi so`z esa fe`l yoki harakat bildiruvchi so`zlar bo`ladi. Ammo ba`zan boshqaruvchi so`z sifat, ravish, ko`makchi yoki shu vazifadagi so`z bo’lishi ham mumkin. Chэchэk уz tolУ boltы ( Oуо, 617 (11-12)) ~ gul bilan to`ldi.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish