Qadimgi turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o`rganilish tarixi.
Bir necha ming yillar davomida shakllangan turkiy Yozuvlar taqdiri Shumer mixxatlari kabi uzoq vaqtgacha jamoatchilikka ma`lum bo`lmay keldi.
XVIII asrda turkiy xalqlar Yozuvlari haqida dastlabki ma`lumotlar paydo bo`ldi. Lekin Yozuvlar qaysi xalqka mansub ekanligi muammoligicha qolaverdi. CHunki bu Yozuvlarni xech kim o`qiy olmadi. 1691 yilda o`z davrining yirik olimi,Moskvadagi Gollandiya elchixonasi a`zolaridan biri Nikolay Vidzen Verxotur shahridan uncha uzoq bo`lmagan joyda noma`lum alifboda yozilgan bitigtoshlarni topdi. N.Vidzenning bu sohaga qiziqishiga Sibir viloyati boshlig`i Golovin sababchi bo`lgan edi. U Sibir bo`ylab sayohat qilib yurganida Ob daryosining o`pirilgan joyidan odam suyaklari saqlangan yog`och quti, kumush boldoq, idishlar topadi. Bu topilmalarni u N.Vidzenga sovg`a qiladi. Lekin bu topilmalar va Yozuvlar qaysi xalqqa tegishli ekanligi noma`lum edi. Oradan 5 yil o`tgach 1696 yilda Tobolslik boyar o`g`li Semen Remezov ham Sibir erlarining haritasini chizayotib , bir punktiga Urxun toshi deb belgi qo`yadi. Noma`lum Yozuv bitilgan bu tosh haritada chegara vazifasini o`tay boshlaydi. Bunday Yozuvlar haqida 1710 yilda asirlikka tushgan shved zobiti Filipp Ioganin Stralanberg to`liqroq ma`lumot beradi. Asirlikda u 13 yil yashab noma`lum Yozuvning jadvalini ham chizib oladi. Uningcha bu Yozuvlar run Yozuvlari deb atala boshlandi. Run deb atalishiga sabab , got Yozuviga tashqi jixatdan o`xshashligidir. Runa - sir ma`nosini bildiradi. Qadimgi olmonlarning run Yozuvi milodiy II-III asrlarda kelib chiqqan .Turkiy Yozuvlar esa G`arbdagi run Yozuvlari paydo bo`lgunga qadar ham mavjud edi.
1716 yili Pyotr I Dantsigda professor Breynning tabiyot-tarix muzeyini borib ko`radi. SHundan so`ng olimdan bu sohada iqtidorli kishi berishni iltimos qiladi . Breyn do`sti , tibbiyot fanlari doktori Daniil Gotlib Messershmidtni tavsiya qiladi. U tarix, jug`rofiya, botanika soxasida ham bilimdon edi. Oradan ko`p o`tmay D.Messershmidt Peterburgga chaqirildi. Unga Sibirning fizik tasvirini yaratish topshirildi. U etti yil tinimsiz ishladi.
Qadimiy turkiy yodnomalarning ilk to`plovchisi va tadqiqotchisi bo`lgan F.I Stralanbergning faoliyati ham D.G.Messershmidt nomi bilan bog`liq.Ular 1720 yili Tobolsk shahrida tanishadi. Messershmidt xukumatdan uni ham o`z ekspeditsiyasiga kiritishni iltimos qiladi. Ular ikki yil davomida birga ishlashadi. 1730 yili ular Lyubenda «Ovro`pa va Osiyoning sharqiy va shimoliy qismining tarixiy hamda jug`rofiy tasviri» kitobini nashr etdilar. Bu kitob ikki olimning kundaliklaridan iborat bo`lib , unda dunyo ahamiyatiga molik fikrlar bayon qilingan edi. SHundan so`ng Enasoy Yozuvlari haqidagi ilk munozaralar boshlandi. Bu Yozuvlarni shakliga qarab , gox slavyan, gox keltlarga, va greklarga nisbat berdilar. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha :“turkiy xalqlar Sibirning erli axolisi emas shuning uchun bu Yozuvlarning Turkiy xalqlarga tegishli ekanligi haqida gap bo`lishi mumkin emas”. XIX asrning II yarmida «Slavyan nazariyasi» unutila boshlandi. Bu davrlarda qadimshunoslar Enasoy,Abakan daryosi qirg`oqlaridan ,Oltinko`l yaqinidan ,Buluk daryosi bo`ylaridan ko`plab toshga yozilgan Yozuvlarni topdilar. Lekin bu Yozuvlarning taqdiri ham avalgi Yozuvlarning taqdiriga o`xshab noma`lumligicha qolaverdi. Yozuvlarning turkiy xalqlarga tegishli ekanligini birinchi bo`lib N.YAdrintsev isbotlab berdi. U topilgan Yozuvlarning taxminan 2000 yillar ilgari yaratilganini , turkiy xalqlarning skif va gotlarga qo`shni bo`lganligini , bu Yozuvlar turkiy xalqlarga taaluqqli ekanligini aniqladi. Lekin bu bitigtoshlarda nimalar ifodalanganligi noma`lumligicha qolaverdi.
N.M.YAdrintsev boshliq ekspeditsiyaning Urxun va Tula daryolariga qilgan safarlari run bitiglarini butun dunyoga mashhur qildi. U topgan «tangacha» li bitigtoshlar ko`pchilik tarixchilarning diqqatini o`ziga jalb qildi.
Kultegin bitigida xitoycha Yozuv matnlari ham bor edi. Bu matnlardan ma`lum bo`lishicha , bitigtoshlarning biri Biliga xoqon va ikkinchisi ukasi, lashkarboshi Kultigin sharafiga bitilgan ekan. N.YAdrintsev topilmasidan so`ng bu Yozuvlar Urxun- Enisey Yozuvlari deb nomlandi. Ba`zi olimlar bu Yozuvlarni run Yozuvlariga o`xshashligini nazarda tutib , turkiy-run Yozuvlari deb atayverdilar. 1891 yili N.YAdrintsev Ungin daryosi bo`yidan yana bir bitigtosh topadi. U fanda Ungin bitigtoshi deb atala boshladi. Keyinchalik Ettisuvdan bitigtoshlar topildi. Ular shakl jixatidan Urxun Yozuvlaridan bir oz farq qilgan.