Kultegin bitigtoshi Bilga xoqon bitigtoshi bilan bir vaqtda paydo bo`lgan. Radlov bu bitigni nemis tiliga tarjima qilgan. Bu bitigtosh marmarga o`yilgan, qalinligi 41 sm, balandligi 3 metr 15 sm, tub qismining kalinligi 1 m. 24.sm. Marmar tosh o`rtasida bosh burchakli qalqon bor. Unga balandligi 64 sm, kengligi 40 sm. bo`lgan lavxa o`yilgan. Lavxada arxar surati naqshlangan. U xoqonlik tamg`asi xisoblangan. Orqa tomonga bitigtoshning o`rnatilish tarixi, xattot Yozuvida bitilgan. Uning old tomoniga 40 satr, o`ng va chap tomoniga 13 satrdan Yozuv bitilgan. Ba`zi joylarida Yozuv o`chib ketgan. Bu marmartoshga yozish ishini Yullig Tegin ismli kishi bajargan.
Bu bitigtosh Kulteginning akasi Bilga xoqon ko`rsatmasi bilan amalga oshirilgan. Bitigda asosan xalqqa murojaat qilingan. Bitig 732 yili Kul tigin xotirasi uchun Bilga xoqon tarafidan bitilgandir. Kultigin 731 yili to`qqiz-o`g`izlar bilan bo`lgan jangda xalok bo`lgan edi.
Bilga xoqon bitigi – Bilga xoqon 734 yil 25 noyabrda o`z yaqinlari tomonidan o`ldiriladi. Uning o`g`li Ichan xoqon 735 yili otasining xotirasi uchun Kultegin bitigidan 1 km uzoqlikda bitiladi. Bu Yozuvni ham Bilga xoqonning amakisi Yullig Tegin yozgandir. Bitigtosh ag`darilib 3 bo`lakka bo`lingan, shuning uchun ham Yozuvlarning ma`nosi unchalik tushunarli emas. Bitigtosh Bilga xoqonning taxtga o`tirishidan boshlanadi. Bitigtoshda Bilga xoqonning xoqonlik yillari, davlatni adolatli boshqarganligi aytiladi. Bitigtoshning so`nggi misralarida Bilga xoqonning o`z xalqiga qilgan nasixatlari aks etgan: “xalq xoqonidan, er-suvidan (ya`ni vatanidan) ayrilmasa, ezgulik ko`radi, baxtli, betashvish yashaydi”.
Bilga xoqon bitigtoshini ham Xitoy ustalari o`rnatgan. Bitigtosh oxirida esa uning muallifi Yullig tiginning ismi keltiriladi:
«Turk bilga xoqonning so`zlarini bu tosh ustiga men yozdim,Xoqonning jiyani men Yullig Tegin,bir oy 4 kun o`tirib yozdim…»
Bunga xoqonning vafoti sanasi bitiktoshda quyidagicha ko`rsatilgan:
«Otam xoqon it yili uchinchi oyning yigirma oltisida vafot etdi. To`ng`iz yili beshinchi oyning yigirma ettisida dafn marosimini qildirdim».Bu it yili 734 yilga to`g`ri kelsa kerak.
3. O`RTA OSIYODA TOPILGAN TURKIY BITIGLAR.
Turkiy bitigtoshlar O`rta Osiyoda ko`p topilmagan. Asosan Talas vodiysidan topilgan xolos. Talas bitigtoshlarini topish va jamoatchilikka ma`lum qilishda M.E. Masson 1930 yilda Tereksoyda o`tkazgan arxeologik qazishmalari natijasida urxun – enasoy xarfi shaklidagi ikki qator Yozuv bitilgan tosh topdi. YAna Talasdan 1933 yilda ettita katta – kichik hajmdagi bitigtosh topildi. 60-yillarda ham O`sh viloyatida Batken tumani xududida qabr toshiga bitilgan va qadimgi turk davriga oid bitigtosh ma`lum qilingan.
YOdgorliklarning tarqalishi kengligi ham hozircha muammo bo`lib turibdi. Bu erlarda topilgan Yozuvlar xattotlik maxorati jixatidan turli-tuman, chunki Yozuv keng xalq orasida qo`llangan. Yozuvning yaxshi egallagan odamlarning katta bir guruxi orasida u kengroq qo`llanilgan. Masalan, yirik Urxun yodnomalari xusnixat bilan yozilgan, uning ijodkorlari Yozuv maxoratini egallagan, maktabda maxsus o`qitilgan. Mayada toshlardagi Yozuvlarni bitishda ushbu Yozuv avtorlarining kasb mahorati etishmasligi sezilib turadi,ular xunuk xat bilan yozilgan.
Qadimgi turkiy Yozuvlar tarqalgan o`lkalar orasida O`zbekiston xududlarining ham alohida o`rni bor ekanligi qator topilmalar orasida isbotlanmoqda. Masalan, Farg`ona vodiysidagi Isfaradan topilgan turkiy bitig, A.N. Bernshtam e`lon qilgan Farg`ona turkiy bitigi, Quvada topilgan xum sirtidagi turkiy bitig, S.T. Klyashtorniy o`qigan Farg`onadan topilgan bronza uzugiga yozilgan bitig va boshqalar bu fikrni tasdiqlaydi.
Tadqiqotlar O`zbekiston xududida yashagan yangi turkiy bitiglar topilishiga olib kelmoqda. 1986 yili O`z. FA Arxeologiya instituti tomonidan Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylashgan Lunbitepa yodgorligida qazish ishlari boshlandi. Bu yodgorlik maydoni 60x90 metr, balandligi 8 metr keladigan tepa bo`lib, V – VIII asrlarga oid bo`lgan mustahkamlangan qishloq qo`rg`oni edi. Bu erda xayot IX – X asrlarda uzilib qolgan.
Bu yodgorlikda ko`plab ashyoviy dalillar qatori qadimgi turkiy Yozuviga daxldor muxim obida topildi. Bu obida buyi 20 sm.dan sal ortiqroq, qorin qismining keng nuktasi 16 – 17 sm, bo`yin qismi tor xumcha bo`lib, uning og`zi labidan elkasiga birlashuvchi bir yoqlama ushlagich bandi bor. Uning bandi sirtiga pastdan yuqoriga yo`nalgan qadimiy turkiy bitik o`yib tushirilgan.
Bitik idish xumdonda pishirilishidan oldin bitilgan. Bu xumcha yodgorlikning VI – VII asrlarga oid qatlamidan chiqdi. Xumcha bog`ida quyidagi Yozuv mavjud.
1 2 3 4 5 6 7
B u erdagi birinchi va oltinchi xarflar « k » xarfini ifodalar ekan. Har ikki o`rinda ham xarflar Urxun–Enisey yodgorliklaridagiga qaraganda bir oz farqli. Buni biz bu Yozuv mutaxassis bo`lmagan bir qiziquvchan kishi tomonidan yozilgan bo`lishi mumkin deb izoxlaymiz. To`rtinchi xarf « m » deb o`qilgan. Tunyuquq bitigtoshida shu xarfni birlashtiruvchi chizig`i to`g`ri yozilgan bo`lsa, bu erda qiyaltirib yozilgan. Qolgan harflar nomlanishi quyidagicha: «k, i, a, m, i, k, ch». Turk xatinning tovushlar uyg`unligi (singarmonizm) qonuniga moslashganligi, bu erda so`zlarning qattiq yoki yumshoq o`zakli ekanligini aniqlashga imkon beradi. SHunga asosan fikr yuritadigan bo`lsak, birinchi so`z yumshoq o`zaklidir, chunki u « k » tovushi bilan kelgan. Turkiy so`zlarda bilamizki, ikki unli yonma-yon kelmaydi. Demak, so`z chegarasi ham shu erda bo`ladi: « i » birinchi so`zga, « a » harfi ikkinchi so`zga taalluqli bo`ladi. Beshinchi belgi « i » ning qattiq (variantini) undan keyingi belgi esa yumshoq « k » ni ifodalaydi. «i» oldingi, « k » esa oxirgi so`zga tegishlidir. SHundan kelib chiqib bitigni uch so`zga ajratish mumkin: o`rtadagi qattiq, ikki yondagisi esa yumshoq o`zakli so`zlardir. Endi so`zlrni o`qib chiqishga harakat qilamiz: 1 va 2-xarfi birinchi so`zga birlashadi, ularning oldiga qadimiy turkiy imlo qoidasiga ko`ra tushirib qoldirgan yumshoq «E» tovushini ko`shsak, «eki» - deb o`qish mumkin bo`ladi. Qadimgi turkiy talaffuzda ikki so`zi eki tarzida ishlatilgan. Xarflarning ikkinchi guruxini (a, m, n) «amin» - deb o`qish mumkin. V.Radlovning turkiy loxjalar bo`yicha lug`atida bu so`zga «yashamoq, turmoq, turish, xayot, makon» deya ta`rif berilgan.
So`nggi ikki xarfni « k » va « ch » birlashtirib «xech» yoki «ekach» deb o`qilsa bo`ladi. Mahmud Qoshg`ariyning lug`atida o`z singlisidek qiz «ekach» deb atalgan. YAna bir faraz matndagi «ekach» so`ziga « a » qo`shimchasi qo`shilsa, u jo`nalish kelishigida «egachimga» shaklini oladi. YUqoridagi da`volar asosida ko`zachadagi Yozuvni quyidagicha o`qish mumkin bo`ladi:
Eki amin ekach « a »
Talqinimizni chin bo`lgan takdirda, uning ma`nosi: «Egachimga ikki umr (bersin)», «Egachimning ikki dunyosi obod bo`lsin» degan mazmun anglashiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Nasimxon Raxmon «Turk xoqonligi» Toshkent, 1993 yil.
B. Axmyodov «O`zbekiston xalqlari tarixi manbalari»
Abulg`oziev B. « YAngi topilgan Qadimiy turkiy bitik » O`zbekiston , 1993 yil, 18 iyun.
M.Isaqov, K.Sodiqov «YAngi topilgan bitig talqini» O`zb.A.S. 1993 yil, 9 iyulg`.
Ali Kemal Meram “Gu`kturk imparat`rligi” Istanbul, Milliyet – 1974 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |