Buyuk geografik kashfiyotlar va uning fanga tasri
Buyuk geografik kashfiyotlar —15—17-asr oʻrtalari (chet el adabiyotlarida, odatda, faqat 15-asr oʻrtalari — 16-asr oʻrtalari) da yevropalik sayyohlar tomonidan qilingan yirik geografik kashfiyotlar uchun qabul qilingan shartli termin.
Yevropa mamlakatlarida tovar ishlab chiqarish ning oʻsishi, javohirlarning yetishmasligi va oltin hamda kumush, ziravorlar va fil suyagini (tropiklarda), qimmatbaho moʻyna, morj tishini (shim. mamlakatlarda) topish maqsadida yangi yerlarni qidirish, Yevropadan Hindiston va Sharqiy Osiyoga yangi savdo yoʻllarini axtarish kabilar ekspeditsiyaga borishning umumiy sabablari boʻlgan.
B.g .k. 1yuz yillik davrining muhim voqealari . 1488-yil portugaliyalik dengizchilar Afrikaning barcha gʻarbiy va jan. sohilini tekshirdilar (D. Kan, B. Diash va boshqalar). 149294-yillarda X. Kolumb Bagama o.larini, Katta va Kichik Antil o.larini kashf qildi; 1497—99 yillarda Vasko da Gama (arablar rahnamoligida) Gʻarbiy Yevropadan Jan. Afrika boʻylab Hindistonga uzluksiz dengiz yoʻlini ochdi; 1498—1502-yillarda Kolumb, A. Oxeda, A. Vespuchchi va boshqa ispan hamda portugal dengizchilari Jan. Amerikaning hamma shim. sohilini, uning sharqiy (Braziliya) qirgʻogʻini 25° j.k.gacha va Markaziy Amerikaning Karib qirgʻogʻini kashf qildilar. 1513—25 yillarda ispanlar Panama boʻynini kesib oʻtib, Tinch okean qirgʻogʻiga chikdilar (V. Nunyes de Balboa) va LaPlata koʻltigʻini, Florida va Yukatan ya.o.larini va Meksika qoʻltigʻining barcha sohilini (X. Ponse de Leon, F. Kordova, X. Grixalva va boshqalar), Meksika va Markaziy Amerikani (E. Kortes va boshqalar) zabt etdilar, Jan. Amerikaning Atlantika soxilini toʻliq tekshirdilar. 1519—22 yillarda F. Magellan va uning safdoshlari Amerikaning jan. chekkasi boʻylab boʻgʻoz orqali (keyinchalik Magellan boʻgʻozi deb ataldi) dunyo boʻylab birinchi sayohat qiddilar. 1526—52 ylarda F. Pissaro, D. Almagro, P. Valdiviya, G. Kesada, F. Orelyana va boshqa ispanlar Jan. Amerikaning barcha Tinch okean sohilini, And togʻlarini 10° shahri k.dan 40° j. k. kacha, Orinoko, Amazonka, Parana, Paragvay daryolarini ochdilar. Fransuz dengizchilari J. Verratsano (1524), J. Kartye (153435) Shim. Amerikaning sharqiy qirgʻogʻini va SanLavrentiy daryosini, ispan sayyohlari E. Soto va F. Koronado esa Appalachi togʻlarining jan.ni va Qoyali togʻlarning jan.ni, Kolorado va Missisipi daryolarining quyi oqimlarini oʻrgandilar (1540—42).
B.g .k. 2yuz yillik davrining muhim voqealari. Yermakning Gʻarbiy Sibirga yurishidan (1581—84) keyin va Gaz daryosi boʻy i da Mangazeya shahriga (1601) asos solingandan soʻng rus sayyoh (yoʻl bosar)lari Yenisey va Lena daryolari sohillarini oʻrgandilar, Shim. Osiyo hududini kesib oʻtib, Oxota dengizigacha yetib bordilar (1639-yil I. Moskvitin). 17-asr oʻrtalariga kelib Sibirning barcha yirik daryolari va Amur daryosining oqimini (K. Kurochkin, I. Perfilyev, I. Rebrov, M. Staduxin, V. Poyarkov, Ye. Xabarov va boshqalar) tekshirdilar. Rus dengizchi sayyohlari esa Osiyoning barcha shim. sohilini aylanib chiqib, Yamal, Taymir, Chukotga ya. o.larini tavsifladilar va Shim. Muz okeanidan Tinch okeanga (Bering boʻgʻozi orqali) oʻtib, Osiyo quruqlik orqali Amerika bilan tutashmaganligini aniqladilar (F. Popov — S. Dejnev ekspeditsiyalari). Golland dengizchisi V. Barens 1594-yil Novaya Zemlya o.ning gʻarbiy qirgʻogʻini va 1596-yil Shpitsbergen o.ni aylanib chikdi. Inglizlar 1576—1631-yillarda Grenlandiyaning gʻarbiy sohilini aylanib oʻtib, Baffin Yerini, Labrador ya. o.ni aylanib, Gudzon qoʻltigʻi qirgʻoqlarigacha bordilar (M. Frobisher, J.Deyvis, G. Gudzon, U. Baffin va boshqalar). Fransuzlar 1609—48 ylarda Shim. Amerikada Shim. Appalachi togʻlarini va Buyuk koʻllarni (S. Shamplen va boshqalar) topdilar. Ispaniyalik L. Torres 1606-yil Yangi Gvineya o.ning jan. qirgʻogʻini aylanib Torres boʻgʻozini ochdi, gollandlar esa V. Yansson, A. Tasman va boshqa 1606—44 yillarda Avstraliya, Tasmaniya va Yangi Zelandiyaning shim., gʻarbiy va jan. qirgʻoqlarini kashf qildilar.
Sharq mamlakatlarida, ayniqsa, Xitoyda bunday kashfiyotlar ancha ilgari boshlangan. Miloddan avvalgi 128 yil xitoylik Chjan Syan Sharqiy Tyanshan etaklari boʻylab borib, Markaziy Tyanshan dovonlaridan oshib, Fargʻona vodiysining Koson shahriga kelgan, soʻngra Qizilqumdan oʻtib, Balxga yetib borgan. Qaytishda Pomir, Singin togʻlaridan oʻtib, 126 yilda vataniga qaytib kelgan (15 ming km yoʻl bosgan). Xitoy sayyohi Syuan Szan 7-asrda 16 yil (629—645) davomida Chjan Syan yoʻlidan yurib, Balx shahrigacha borgan, soʻng Hindukush togʻlaridan oshib, Haybar darasidan oʻtib, Hind vodiysiga chiqqan va Panjobni oʻrgangan, Panjobdan Bengaliyagacha boʻlgan yerlarni kezgan, soʻngra Amudaryo boʻyiga qaytib, Pomir va Qashqar orqali vataniga qaytgan. 689 yil xitoylik I. Szin dengiz boʻylab sayohatga chiqqan. Sumatra o.ga borgan, soʻng Gang mansabiga yetib kelib, 695 yil vataniga qaytgan va koʻrganlarini batafsil yozib qoldirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |