Qadimgi sharq adabiyoti



Download 1,44 Mb.
bet38/142
Sana16.03.2022
Hajmi1,44 Mb.
#499505
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   142
Bog'liq
JAHON ADABIYOTI TARIXI

Katull. Miloddan avvalgi II asrning oxiri va I asrning kirishida boshlangan ichki ixtilof va urushlar natijasida Respublika tuzumining muqarrar halok bo‘lishini sezgan ko‘pgina respublika tarafdorlari, kurashni ortiq davom ettirish befoyda ekanligini tushunib, siyosiy ishlardan o‘zlarini chetga oladilar. Rim jamiyatining oliy tabaqalari o‘rtasida xuddi ellinizm davrida bo‘lgani kabi, shaxsiy hayotga moyillik, ijtimoiy masalalarga aloqasi bo‘lmagan san'at va adabiyotda ovunchoq axtarish kayfiyatlari kuchayib ketadi. Bu kayfiyat mazkur ijtimoiy guruh kishilari o‘rtasida maxsus adabiy oqimning tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Sitseron bu oqimga mansub adiblarni neoteriklar, ya'ni yangi shoirlar deb atagan. Neoteriklar o‘z faoliyatlarida yolg‘iz ellinizm adabiyoti qonun-qoidalariga, ayniqsa bu davrning ulug‘ shoiri Kallimax ijodiga ergashadilar. Binobarin, ular ham Kallimax singari doston, tragediya kabi yirik janrlarni inkor etib, faqatgina kichik hajmdagi asarlarni – epilliylar, epigrammalar, elegiyalarni targ‘ib qiladilar va o‘zlari ham muttasil shu janrlarda asar yozadilar. She'rning tashqi bezagiga, tilning nafisligiga, vaznning rango-rangligiga va, eng muhimi, qahramonlarning ruhiy kechinmalariga ortiq darajada e'tibor berish – neoteriklarning asosiy xususiyatlaridandir. Binobarin, lotin adabiy tilini taraqqiy ettirish, she'riyatni shu paytga qadar ko‘rinmagan yangi-yangi vaznlar bilan boyitish borasida ularning xizmatlari juda kattadir.
Neoteriklar harakatining rivojlangan vaqti eramizdan oldingi I asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Bu oqimning yirik namoyandalari Valeriy Katon, Litsiniy Kalv, Gelviy Sinna hamda Valeriy Katull bo‘lgan. Bularning ichida hammadan ko‘ra kengroq shuhrat taratgani va asarlari bizga qadar bir daraja to‘la holda yetib kelgani – Gay Valeriy Katulldir (87-54). Shoirning shuhratini yer yuziga faqat uning lirik she'rlari hamda epigrammalari yoygan. Katullning lirik she'rlari, asosan, Klodiya degan rimlik go‘zal ayolga bag‘ishlangandir. Klodiya 58 yilda Sitseronning surgun qilinishini talab etgan atoqli xalq tribuni Klodiyning singlisi, senator Metellning rafiqasi bo‘lgan. Uning o‘zi ham zamonasining anchagina nozik tabiat, dono va o‘qimishli ayollaridan biri sifatida mashhur edi. Katull o‘zining she'rlarida ma'shuqasining ismini ochiq atamasdan, Sapfoga nisbatan berib, ulug‘ yunon shoirasining yurti Lesbos nomiga monand Lesbiya deb ataydi.
Kvintiya go‘zalmish. Yo‘q. U faqat kelishgan.
Oq yuzli va tik qomat. Bir-bir ta'riflay, ammo-
Go‘zal demayman uni Kvintiya xush bichim,
Lekin unda otash yo‘q, o‘t yo‘q dilni yoquvchi.
Go‘zallik Lesbiyada. U barchani lol etgan,
Barcha jononlar sehrin jam aylagan o‘zida.
(Erkin Vohidov tarjimasi)
Biz uning asarlari orasida ishq-muhabbat, yor-do‘stlik mavzularida yozilgan lirik she'rlar bilan bir qatorda, zamonasining ba'zi bir sotsial voqealarini fosh etuvchi asarlarni ham uchratamiz. Respublika tuzumining kundan-kunga yemirilib borayotganini, axloq va odobning barbod bo‘layotganini ko‘rgan shoir, albatta, bu falokatlarga beparvo qarab turolmaydi va butun nafratlarini she'rga solib, zamonasining nopok kishilari va, xatto, Pompey, Sezar kabi zo‘ravonlarni hamda ularning yaqin odamlarini sharmanda qiladi. Shoir o‘zining zahrini hammadan ko‘ra ko‘proq Sezarning yirik amaldori va hamtovog‘i Mamurraga sochadi.
Ikki ablah yaramas bo‘lmishlar apoq-chapoq
Biri mushuk Mamurra, birisi suyuq Sezar.
Qorong‘uda topishgan bu ikki naxs vujudda
Kir maishat, zinoning sira ketmas dog‘i bor.
Har ikkisin yuzida buzuqlikning tamg‘asi,
Ikkisi ham chirkin zot, ikkisi ham chala ilm.
Xotinbozlikka to‘ymas, gunoh ishni hech qo‘ymas,
Biri yotgan o‘ringa ikkinchisi ag‘anar,
Bukun bu o‘pgan qizni ertaga u quchadi;
Ikki ablah shu yanglig‘ bo‘lmishlar apoq-chapoq.
(Erkin Vohidov tarjimasi)
Epigrammani kamolotga yetkazib, Rim poeziyasining maxsus janri darajasiga ko‘targan adib ham Katull bo‘lgan. Lotin tilida lirik poeziya yaratish tarixining o‘zi ham Katull nomi bilan bog‘liqdir. Katull o‘zidan oldin o‘tgan qalam ahllari singari ko‘hna tarix qatlamlarini axtarib, afsonaviy bahodirlarning sarguzashtlarini emas, balki o‘zining alam-sitamlari, sevinch va armonlarini qog‘ozga ko‘chirishni afzal ko‘radi. Shu yo‘sin shoir o‘zining hissiyotlarini tasvirlash orqali, umuman barcha odamlarga xos ruhiy holatlarni, ehtiroslar kurashini shu qadar noyob ustalik bilan ko‘rsatadiki, bu jihatdan antik dunyoda o‘tgan kamdan-kam lirik yozuvchilar Katull bilan tenglasha oladilar. Uning lirikasi nihoyatda rango-rang, iboralari sodda, sermazmun va badiiy tasvirga g‘oyat boydir.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish