Qadimgi sharq adabiyoti



Download 1,44 Mb.
bet2/142
Sana16.03.2022
Hajmi1,44 Mb.
#499505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
JAHON ADABIYOTI TARIXI

Shumerlar adabiyoti
Taxminan 5 va 6 ming yil muqaddam Shumerliklar dunyo miqyosidagi toshqin haqida yozishgan. Mixxatlar bular haqida, yana ilk kemani kim qurganligi haqida, toshqin haqida batafsil ma'lumot beradi. Yana eposlar, dostonlar, qo‘shiqlar bitilgan. Ulardan namunalar saqlanib qolgan. Masalan, “Bilgamish” dostoni. Bu asarlarda olam va odamni Tangri yaratganligi haqida kuylanadi. Qizig‘i shundaki, “Injil”dagi hikoyalar “Bilgamish”dagi hikoyalar bilan judayam o‘xshash. Olimlarning fikricha, “Injil”dagi ayrim hikoyatlar Shumer hikoyalari ta'sirida bitilgan. Bu ish mixxatlarni ko‘chirib oluvchilar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa kerak, deb taxmin qilinadi. “Injil”da nomlari zikr etilgan Nuh, Muso, Yoqublar haqidagi rivoyatlarning ilk namunalari aynan Shumerlar adabiyotidan, o‘sha mixxatlarga bitilgan rivoyatlardan topilgani bugungi o‘quvchini lol qoldiradi. Yana aytish joizki, asarga qiyosiy tipologik mezonlar bilan yondashilganda, dunyo xalqlarining ko‘pgina eposlarining ildizlarini ham aynan “Bilgamish” dostonidan topish mumkin bo‘ladi. Chunonchi, Homerning “Iliada”, “Odissey”, hindlarning “Maxobxorat”, “Ramayana”, o‘zbek xalqining “Alpomish” va boshqa shuning kabi ko‘plab dostonlar ildizlari aynan “Bilgamish”ning tuproqlaridan suv ichadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
BILGAMISH” dostoni
Shumerlar sivilizatsiya topilganda, ular yashagan joylarda arxeologik qazishmalar olib borishar ekan, olimlar bu qadar katta xazinaga duch kelishini hatto tasavvur ham qilmagan edilar. Turli-tuman ro‘zg‘or buyumlari, ish va harbiy qurollar, g‘ishtlar kabilardan tashqari ko‘pdan ko‘p osori atiqalar, o‘sha davr kishilarining nafaqat turmush tarzidan, balki ulkan ma'naviy hayotidan ham xabar berib turar edi. Topilgan yozma yodgorliklarning aksariyati hozirda dunyoning ko‘plab muzeylariga tarqab ketgan. Ularning umumiy soni taxminan 1 mln.dan ortiq deyiladi manbalarda. Yozma yodgorliklar (asosan, mixxatlar) ning taxminan 90-95 foizi xo‘jalik yuritish bilan bog‘liq bo‘lsa, qolgan qismi Shumer adabiyotiga tegishlidir. S.Kramerning fikricha, badiiy asar bitilgan taxtachalar 5000 tadan ziyoddir. Shumerlar adabiyoti haqida o‘zbek olimi Zoyir Ziyotov shunday yozadi: “Shumer adabiyoti o‘zlari zamonida yozilgan “sof shumer” asarlariga va shumerlarning merosi sifatida, albatta, ularni ulug‘lab yozilgan keyingi toifa asarlarga bo‘linadi”. Xo‘sh, Nineviyada ilk topilgan “Bilgamish” dostoni qaysi toifa asarlarga kiradi? Z.Ziyotov keyingi toifaga deydi. Lekin, shunday bo‘lsa-da, doston Shumerlar madaniyati negizida paydo bo‘lganiga ko‘ra, uni Shumer adabiyoti sirasida ko‘rish va qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Chunki doston yoshini 2600- 2700 yil deb belgilanishiga qaramay, uning dastlakbi sof Shumerlar varintini olimlar 3700 yil deb bilishadi. Bundan tashari, dostonning dastlabki og‘zaki variantining yoshi 4500 yildan 6000 yilga qadar tarix bag‘riga qirib ketishi haqida qarashlar mavjud. Zero, Bilgamish tarixiy shaxs bo‘lib, 4500-6000 yillar muqaddam Mesapotomiyadagi Uruk (Erex) shahrining birinchi sulolasi tarkibidagi hukmdorlardan biri o‘laroq yashab o‘tgan. Bilgamish Shumerda shu darajada mashhur shaxs bo‘lganki, tiriklik chog‘laridayoq u haqda afsonalar to‘qilgan. Dostonning bir qancha syujet chizig‘i mavjud. Biz hozir shulardan bittasiga – 11 bitikka qisqacha to‘xtalamiz. Shuning o‘ziyoq bu sharq dostonining nechog‘li ahamiyatli ekanini, tarixiy, adabiy va estetik qiymatini, o‘rnini manaman deya ko‘rsatishga kifoya qiladi. “Bilgamish” dostonining Shumer va Bobil variantlari bor bo‘lib, ular bir-birlaridan syujet chiziqlari borasida farq qiladi.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish