Qadimgi sharq adabiyoti


Uilyam Folkner (1897-1962)



Download 1,44 Mb.
bet131/142
Sana16.03.2022
Hajmi1,44 Mb.
#499505
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   142
Bog'liq
JAHON ADABIYOTI TARIXI

Uilyam Folkner (1897-1962). XX asr AQSh adabiyotining yirik namoyandalaridan biri. U “Nurafshon avgust”, “Shovqin va qahr”, “Shahar”, “Qo‘rg‘on”, “Qishloq”, “Ayiq”, “Xoku turobni bulg‘ovchi”, “Sahro”, “O‘lim to‘shagida”, “Sartoris”, “Avessalom, Avessalom”, “Rohibaga marsiya”, “Hikoyalar majmuasi” singari jahonga mashhur asarlar muallifi. I.G‘ofurov “Uosh”, “Emili uchun atirgullar”, “Qora musiqa”, “To‘zonli sentyabr”, “O‘t qo‘yuvchi”, “Qorong‘i tushganda”, “Alvon yaproqlar”, “Karkasson” hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan(“Jah.ad” jur. №10, 2016y.) “Rivoyat”, “O‘g‘rilar” romanlariga Amerikaning “Pulitser” mukofoti berilgan. 1950 yilda uning asarlari Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Folkner dunyoning o‘ziga xos, betakror, eng keskin uslubli adiblaridan biri. U inson fojialarini eng yuksak gumanizm nuqtai nazaridan yorita oldi. XIX–XX asr Amerika hayoti, tarixi realliklarini, tang vaziyatlarni haqqoniy, qiziqarli tasvirlaydi. O‘ziga xos “tang” uslubda yozadi. Uning barcha asarlari, ularning voqyealari, qahramonlari o‘zaro chambarchas bog‘lanib ketadi. Va yaxlit san'at diyori gavdalanadi. Realizm, naturalizm, modernizm uning asarlarida yorqin, ta'sirchan adabiy-badiiy hodisa kabi hayratga soladi. Agar Xemingueyning tashqi ko‘rinishi, fe'l-atvori, adabiyotdagi uslubi modaga kirgan bo‘lsa, Folkner Amerika va, jahon adabiyotiga real chuqur ta'sir ko‘rsatdi. Xeminguey jahon urushlari(Birinchi va Ikkinchi), turli mamlakatlar va odamlar haqida yozgan bo‘lsa, Folkner o‘zining aksariyat asarlarida AQShning Mississipi shtatining Yoknapatof okrugi haqida yozdi.
Umuman olganda, mazkur okrug AQShning agrar hududi bo‘lib, bu yerda sanoat, ishlab chiqarish munosabatlari yetarli darajada rivojlanmagan, irqiy munosabatlarda muammolar yetarli darajada. Tabiiy rivojlanish to‘xtatilganda, xatto odamlar xotirasida ham ko‘p narsalar yo‘q bo‘lib ketadi, tarix afsonaga aylanadi.
Bu afsona hozirga qadar yashab keladi. Adabiyot u bilan chambarchas bog‘liq. Bu afsona janubliklarga o‘z ma'naviy mustaqilligini saqlab qolishga yordam beradi. AQShda hozir regional adabiyot deyarli yo‘q, garchi Gottornni Yangi Angliyasiz, Mark Tvenni esa Yovvoyi G‘arbsiz tasavvur qilish qiyin bo‘lsa ham. Shuningdek, janubiy romanchilik maktabi haqida ham gapiriladi. Bu janubliklar yo‘qolib ketmaganliklaridan dalolat beradi. Folkner bu afsonaning mohiyatini juda aniq, yorqin bo‘yoqlarda aks ettiradi.
Adibning 1924 yili nashr ettirilgan “Marmar favn” she'riy to‘plami muvaffaqiyat keltirmadi. 1925 yili u taniqli yozuvchi Shervud Anderson bilan tanishdi, aynan u Folknerga she'riyat bilan emas, nasr bilan shug‘ullanishni, o‘zi yaxshi bilan Janub va janubliklar haqida yozishni maslahat beradi. 1926 yili uning “Askar mukofoti” romani chop ettirildi. Adib urushdan qaytib kelib, tinch hayotga moslasha olmagan, jismoniy va ruhiy majruh kishilarning fojeasini tasvirlaydi. 1927 yili “Moskitlar”, 1929 yili esa “Sartoris”, “Shovqin va qahr” romanlari e'lon qilindi. Shundan keyin Folkner o‘zini to‘liq adabiyotga bag‘ishlashga qaror qildi. Zo‘ravonlik va qotillikka bag‘ishlangan “Ibodatxona” (1931) romani katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
30-yillarda Folkner gotika uslubida “O‘lim to‘shagida”, “Sartoris”, “Avessalom, Avessalom” romanlarini yozdi. 1942 yili yozuvchi o‘zining eng mashhur qissalaridan biri “Ayiq”ni chop ettirdi. 1948 yilda rasizm muammosi bilan bog‘liq, muhim ijtimoiy romani “Xoku turobni bulg‘ovchi” yozdi. 40-50 yillarda yozuvchining Janublik zodagonlarning fojeali taqdiriga bag‘ishlangan “Shahar”, “Qo‘rg‘on”, “Qishloq” romanlaridan iborat eng yaxshi trilogiyasi nashrdan chiqdi. 1949 yili Folkner zamonaviy roman janrini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish