Rimning arxaik davri madaniyati. Qadimgi yozuvlardan Etrusk yozuvlari miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda mansubdir. Bunday yozuvlar to’qqiz mingdan ortiq bo’lib, uzoq vatqdan beri o’qilmay kelinmoda. 1988 yilda Rossiyadagi Chelyabinsk Unisersiteti olimi, filolog Tubert etrusk yozuvlarini o’qib chiishda katta muvaffaiyatga erishdi. Miloddan avvalgi VI asrga mansub ilk lotin yozuvi namunalari Prenestin tepasi va Romul qabri joylashgan yerdan topilgan “Qora tosh”dagi yozuvlardir.
Rimning arxaik davri madaniyatiga faqatgina etrusklar tasir etib qolishmasdan, balki greklarning ham tasiri bo’lgan. Miken davridan, yani axeyaliklar Appenin yarim oroliga o’z koloniyalarini qurgach, bu aloqa mil.avv 8- asrda yanada kuchaygan. Mil.avv. 508- yili Rim va Karfagen o’rtasida shartnoma tuzilganda ( Pirgi shahrida) puni va etrusk tillarida bitilgan. Rimliklar mil.avv. 5 asr o’rtalarida 1- o’z huquqlaridan iborat qonunlarini yozganlarida (12 tablisadan iborat) gresiyaga o’z komissiyasini yuborishib, ularning bojxona qonunlarini o’rganishganlar. Mil.avv 433 yili Rimda o’lat epidemiyasi tarqalgan vaqtda ham greklardan maslahat so’raganlar. Rimda Apolonga sig’inishni joriy etganlar.
Mil.avv. 6-asrda Etruridan chiqqan 3 ta podsho Rimni boshqargan. Shu mahal ko’plab etrusklar Rimga kelib joylashganlar. Ular Yupiter, Yunona, Minerva, xudolariga atab, ibodatxonalar qurdirganlar Rim yuksalib borgan. 600 ta otliq, 6000 piyoda askarlar tuzish imkoniga ega bo’lgan. Lotin ittifoqining yetakchisi bo’lgan. Serviy Tulla mulk islohatini o’tkazgan. Rimda juda qadimdan osmon xudolariga sig’inganlar, buni etrusklardan o’zlashtirgan bo’lsalar kerak. Ularning eng muhimlari: bosh xudo Yupiter, mabuda Yunona, donishmandlik mabudasi Minerva va Rim homiysi hisoblangan urush xudosi Marsdir. Rimning eng qadimgi Yupiter Kapitoliskiy ibodatxonasi etrusklar nusxasida eramizdan avvalgi VI asr oxirlarida qurilgan. Rimda Appolonga va boshqa grek xudolariga sig’inish keng ko’lam olgan, ular bu xudolarni o’zlarining burungi xudolariga (Yupiterni Zevsga, Yunonani Geragaga, Venerani Afroditaga, Dianani Arximedga, Minervani Afinaga, Vulkanni Nefestga va hokozo) o’xshatishgan. Eramizdan avvalgi 2- asrdan etiboran Rimda sharq xudolariga sig’inish yoyila boshlagan.
Rimda yozuv podsholar zamonining oxirida paydo bo’lgan. Rimliklar Etrusklar alfavitini olib, uni lotin tiliga moslab bir oz qaytadan ishlab chiqqanlar. Eng qadim zamonlarda qisqa-qisqa yozuvlar faqat qabr toshlariga o’yilgan va rasmiy xujjatlar (masalan, XII jadval qonunlariga) ishlatilgan. Eramizdan avvalgi 3- asr o’rtalaridagina adabiy asarlar, keyinchalik esa tarixiy proza va ilmiy traktatlar paydo bo’lgan. Rimliklar fizika, matematika sohasida greklar olib borgan nazariy taldqiqot ishlarini rivojlantirmagan. Ular ilmiy yutuqlarni amalga tadbiq qilish bilangina qiziqqanlar.
Rim ilmiy tafakkurining amaliy xarakteri Katon Katta bilan Varron asarlarida ayniqsa yorqin aks ettirilgan. Rimda tarixiy adabiyot eramizdan avvalgi 3-asrda paydo bo’lgan. Kompaniyada tug’ilib o’sgan Neviy birinchi Puni urushi tarixini sher bilan yozgan. Undan keyinroq Kalabriyadan chiqqan Kvint Enniy Rimning eng qadim zamonlardan boshlab o’zi yashagan davr voqyealarigacha bo’lgan tarixini ( gekzametr- olti turoqli) sher bilan yozgan. Rim tarixi birinchi marotaba proza bilan grek tilida Fabiy Piktor asarida tasvir etilgan ( eramizdan avvalgi 2-asr), lekin bu asardan qisqa-qisqa parchalargina saqlangan. Rim tarixining lotincha yozilgan obzoridan iborat Katonning «Boshlang’ich» asari ham saqlanmagan. Eramizdan avvalgi 1-asrda Rim tarixi prozasi Gay Yuliy Sezar (eramizdan avvalgi 101-44-yillar) va Gay Sallyustiy Krisp (eramizdan avvalgi 86-35-yillar) asarlarida kamol topgan.
Mark Tulliy Siseron (eramizdan avvalgi 106-43- yillar) Rim publisistikasining eng yorqin namoyandasidir. Siseron sudlarda, senatda, xalq majlislarida so’zlagan nutqlari, bir necha («Davlat to’g’risida», « vazifalar to’g’risida») traktat va g’oyat ko’p xatlardan iborat boy adabiy meros qoldirgan. Lukresiy Kar (eramizdan avvalgi taxminan 98-54- yillar) olam, tabiat va kishining yaratilishi hamda ijtimoiy taraqqiyot to’g’risidagi o’z qarashlarini «Narsalar tabiati to’g’risida» degan ajoyib dostonida bayon qilgan. Lukresiy Demokrit bilan Epikurning atom to’g’risidagi talimotlarini quvvatlab, rivojlantirdi.
Rim va Italiyada badiiy adabiyot eramizdan avvalgi 3-asrning 2- yarmida vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi taxminan 240- yilda terantlik asir grek Andronlik (qullikdan ozod bo’lgandan keyin Mark Liviy Andronik nomi bilan Rim grajdanligi huquqini olgan) « Odissiya» va yana bir necha grek tragediyalarini lotin tiliga tarjima qilgan. Dastlabki Rim komediyalari grek namunalariga taqliddan iborat bo’lgan. Eramizdan avvalgi 3- asr oxiri va 2- asr boshlarida g’oyat mohir yozuvchi Plavt ( eramizdan avvalgi taxminan 253- 184- yillar) yashagan va komediya sohasida ijod qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |