Rimning ilk davri. Qadimgi Italiya Apennin yarim oroli, Sisiliya, Korsika, Sardiniya va boshqa mayda orollarni o’z ichiga olgan mamlakatdir. Uni shimol tomondan Alp tog’lari o’rab turadi. Yarim orolni sharq tomondan Adriatika, Janubdan Ioniya, g’arbdan Tirren dengizlari yuvib turadi. Dengiz qirolarida kemalar to’xtashi uchun qulay buxtalar bor. Italiya hududida inson xo’jalik faoliyati uchun qulay bo’lgan tekislik va unumdor yerlar ko’p.
Apennin yarim orolining qulay geografik muhiti juda qadim zamonlardayoq ibtidoiy odamlarning diqqat e’tiborini o’ziga tortgan. Arxeolog olimlar Apennin yarim orolidan qadimgi tosh asriga mansub odamlarning makonlari, mehnat qurollari, g’or devorlaridan esa qadimgi ibtidoiy rasmlarni topganlar. Ayni paytda yarim oroldan 80-100 ming yillar muqaddam yashagan qadimgi odamlarning bosh suyagi va menat qurollari ham topilgan.
Miloddan avvalgi III ming yillikda Italiya aholisi misdan, II ming yillikda jezdan va II ming yillikning oxiri-I ming yillikning boshidan boshlab temir qurollardan foydalana boshlagan. Temir qurollardan foydalanish ishloq xo’jaligining rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan.
Rim davlati ilk tarixi antik davr so’nggi bosqichlari tarixchilari asarlari orqali bizga malum. Keyingi yillar mobaynida arxeologiya, lingvistika fanlarining yutuqlari antik davr tarixchilarining Rimning arxaik davri tarixi va madaniyati to’g’risida keltirgan malumotlarini tarixiy haqiqatga ega ekanligini ko’rsatmoqda. Rimning arxaik davri madaniyati etrusklar bilan bog’lanadi. Sababi, etrusklarda kemasozlik rivojlanib, ular butun O’rta Yer dengizi bo’ylab suzishgan. Turli xalqlar turmushi bilan tanishganlar. Shu tariqa ular hunarmandchilik, metallsozlik, savdo-sotiq sohasida yuuqlarga erishib, yuqori madaniyat yaratishganlar. Jamiyat uzoq davom etadigan yemirilish, kuch-quvvatdan qolish, ma’naviy tubanlik, falajlik xavfi ostida qolgandi. Uzoq asrlar davomida hyech narsa, ya’ni zarur narsalarni o’rganmagan va hyech narsa, ya’ni keraksiz narsalarni esdan chiqarmagan Diokletian va Xitoy fuqarolari o’rtasida ko’plab o’xshash xususiyatlarni topish unchalik mushkul emasdi. Bu yerlarda boshqaruv shakli, ta’lim va butun hayot tarzi marosim monand edi. Xuddi yerga ko’milgan tanga ko’paymagandek, bilim o’sishdan to’xtab qoldi. Haykaldek qotib qolish turg’unlik davriga biri ichkarida, boshqasi tashqarida hosil bo’lgan – ma’naviy va siyosiy – buyuk ikki inqilob barham berdi” (Macaulau T.B. Essau on “Historu”). Rim imperiyasi turg’unlik davridan xalos bo’lganligi uchun, Makoleyning fikricha, ikki kuch – cherkov va varvarlardan minnatdor bo’lishi kerak. “Bizga anarxiya emas, mustabidlik, ma’naviy erkinlikni yo’qotish, totalitar davlat, yanada ochiqroq aytganda, umumjahon totalitar davlati xavf solmoqda, deb o’ylayman. Millatlar va sinflar o’rtasidagi kurash natijasida o’tish davri sifatida vaqtinchalik, ichki anarxiya boshlanishi mumkin. Anarxiya mohiyat e’tibori bilan nihoyatda mo’rt bo’lganligi uchun ham qadimgi dunyoda ilmiy bilimlarga, rasional tashkilotga ega har qanday puxta uyushgan guruh boshqalar ustidan o’z hukmronligini o’rnata bilgan. Dunyo anarxiyaga muqobil sifatida mustabid davlatni ma’qul ko’rishi mumkin. Bunday sharoitda dunyo ma’naviy “toshqotish” davriga kirishi ehtimoldan xoli emas, bu holat inson ruhining oliy faoliyati uchun o’lim bilan barobar. unday totalitar davlatda falsafa va poeziyaning ovozi bo’g’ilsa-da, mudom yangi kashfiyotlarga yo’l ochadigan ilmiy tadqiqotlar davom etadi, deb o’ylayman. Yunon fani uchun Ptolomey podsholigi begona emas edi. Tabiiy fanlar mustabid tuzumda ham gullab-yashnashi mumkin. Hukmron guruhlar manfaati yo’lida ularning hokimiyatini kuchaytiruvchi vositalar rivojiga keng yo’l beriladi. Nazarimda, hozirgi birodarkushlik ostonamizda turgan kulfatdir” (Doktor Edvin Bivenning muallifga yozgan xatidan). Biz sivilizasiyalar rivoji jarayonini tadqiq qilishni rivojlanish mezonini izlashdan boshladik. Shu bois, inqiroz jarayonini tadqiq qilishda ham shu yo’ldan boramiz. Inson va tabiat muhiti ustidan hukmronlikni kuchaytirish rivojlanish mezoni emas, degan to’xtamga kelar ekanmiz, endi adolat yuzasidan aytishimiz lozimki, bunday hukmronlikni yo’qotish inqiroz sababi ham bo’lolmaydi. To’plangan ma’lumotlar muhit ustidan hukmronlikning oshib borishi rivojlanishga emas, aksincha, inqirozga olib kelishidan darak bermoqda. Militarizm – sinish va inqirozning umumiy xususiyati – jamiyat xukmronligining oshishida ko’pincha samarali vosita bo’ladi. Singan sivilizasiyalarning tanazzul yo’liga nisbatan faylasuf Geraklitning “Urush – hamma narsaning otasi” degan fikri uzukka ko’z qo’ygandek yarashib tushishi mumkin. Masalan, Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik urushlari davomida qo’lga kiritgan hamma narsasi vorislari tomonidan fuqarolar urushiga ishlatildi, eramizga qadar II asrda Rim bosqinchilari to’plagan boylik ham oxirgi yuz yillikda sodir bo’lgan ichki urushlarga sarflandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |