Qadimgi Rim qad davlat. Rivoyatga koʻra, R. shahriga akauka



Download 246,57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.10.2019
Hajmi246,57 Kb.
#24673
Bog'liq
Qadimgi Rim - Vikipediya


Qadimgi Rim

Rim, Qadimgi Rim — qad. davlat.

Rivoyatga koʻra, R. shahriga akauka

Romul va Rem tomonidan miloddan

avvalgi 754/753 yilda asos solingan.

Rivoyatlarda 8 — 6-asrlarda hukmronlik

kilgan 7 podshoh qayd etilgan. Soʻnggi

podshoh Tarkviniy Takabbur quvilgach,

respublika tuzumi oʻrnatilgan (miloddan

avvalgi 510/509 yil). Miloddan avvalgi 3-

asr oʻrtalariga kelib, butun Italiya

hududini tobe etgan R. yirik davlatga


aylangan. U Oʻrta dengiz havzasida

gegemon boʻlishga intilgan, bu R.ni

Karfagen bilan toʻqnashuviga sabab

boʻlgan. Puni urushlaritsan soʻng

miloddan avvalgi 146 yil Karfagen

ustidan gʻalaba qozongan R., Oʻrta dengiz

havzasining eng yirik davlatiga aylangan.

Yirik yer egaligi va qulchilikning

rivojlanishi dehqonlar ommasini

xonavayron boʻlishiga, qishloq

kambagʻallari, qullar qoʻzgʻolonining avj

olishiga (Spartak qoʻzgʻoloni) sabab

boʻlgan; Rim shahri koʻchalarida fuqarolar

urushi boshlanib ketish xavfi tugʻilgan.

R.ning ijtimoiy-siyosiy hayotida miloddan

avvalgi 1-asrda armiya va uning

yoʻlboshchilari (L. K. Sulla, G. Mariy, G.


Pompei va boshqalar) katta rol oʻynay

boshlaganlar. 49—45 yillardagi fuqarolar

urushi davrida Sezar davlatning mutlaq

hukmdoriga aylangan; 44 yil respublika

tarafdorlarining fitnasi natijasida Sezar

oʻldirilgan. Fuqarolar urushining yangi

davri Oktavian gʻalabasi bilan tugagan. U

miloddan avvalgi 27 yil senatdan Avgust

unvonini olgan. Avgust hukmronligi

davridan boshlab R. imperiyaga

aylangan. Milodiy 2-asrda Trayan davrida

imperiya sarhadlari oʻzining yuqori

choʻqqisiga yetgan. Bosib olingan

yerlarda mahalliy aholining qoʻzgʻolonlari,

ayni vaqtda varvarlarning mamlakat

xududiga bostirib kirishlari bir qancha

provinsiyalarni mustaqil boʻlib ajralib


chiqishiga va imperiyani Sharqiy va

Gʻarbiy qismlarga boʻlinib ketishiga (395)

olib kelgan. 476 yil german yollanma

askarlari sardori Odoakr Gʻarbiy Rim

imperiyasining soʻnggi imperatori Romul

Avgustulni taxtdan agʻdargan. Sharqiy

Rim imperiyasi Vizantiya nomi bilan yana

1000 yilga yaqin mavjud boʻlgan.



Qadimgi Rim

 

Bu andoza bir qismdan iboratdir: 



Siyosat va hukumat:

 

Qadimgi Rim

Periode

Rim qirolligi 

Mil. av. 753 – Mil. av. 509 



Rim respublikasi 

Mil. av. 509 – Mil. av. 27 



Rim imperiyasi 

Mil. av. 27 – 1453 



Trapezund imperiyasi 

1204 – 1461 



Prinsipat 

Dominat 

Xronologiya

Rim konstitutsiyasi

Rim qirolligini konstitutsiyasi 

Rim respublikasining konstitutsiyasi 

Rim imperiyasining konstitutsiyasi 

Kechki Rim imperiyasining konstitusiyasi 

Qadimgi Rim konstitutsiyasining tarixi 

Senat 

Majlis 


Magistratlar

Oddiy magistratlar

Konsul 


Edil 

Pretor 

Kvestor 


Promagistrat

Tribun 


Senzor 

Rim gubernatori



Oliy magistratlar

Diktator 

Otliq sarkardasi 

Harbiy tribun

Podshoh 

Triumvirat 

Desemvir

Unvonlar va izzatlar

Imperator



Legat 

Duks 


Officium 

Prefekttus 

Vikarius 

Vigintiseksviri 

Liktor

Harbiy magistr 



Imperator 

Princeps Senatus 

Buyuk pontifik 

Avgust 


Sezar 

Tetrarxiya



Presedent va qonun

Rim huquqi 

Imperium 

Mos maiorum 

Kollegialik 

Rim


fuqaroligi 

Auctoritas 

Cursus

honorum 


Senatus

consultum



Tarbiya va maori f . Qad. davrlarda

bolalar oilada tarbiyalangan. Miloddan

avvalgi 5-asrda ibtidoiy maktablar

vujudga kelgan. Bolalar maktabga 7

yoshdan qabul qilinib, 4—5 yil oʻqitilgan.

Uyda va maktabda lotin, yunon tillari,

yozish, oʻqish, hisob oʻrganilgan. Bolalar

dastlab xonadonlarda oʻqituvchi yollab

oʻqitilgan, keyinchalik maktablarda taʼlim

Senatus consultum ultimum



Majlislar

Senturiat majlis 

Kuriat majlis 

Plebey kengashi 

Tribut majlisi 


berishning yangi tizimi shakllandi.

Miloddan avvalgi 2-asrning 60-yillarida

grammatika, ritorika maktablari vujudga

keldi. Milodiy 1-asrda qizlar uchun

grammatika maktablari tashkil topdi.

Ritorika maktablarida 13—19 yoshdagi

bolalar oʻqitildi. Bu maktablar, asosan,

notiqlik sanʼatini oʻrgatar edi.

Maktablarda HUQoʻQ, falsafa, tarix,

sheʼriyatdan taʼlim berilar edi. 2-asrdan

huquqshunoslik guruhlari tashkil topdi.

Imperator Mark Avreliy davrida (2-asr)

Afinada oliy maktablar tashkil etildi.

Bunday maktablar keyinchalik Rimning

gʻarbiy viloyatlarida ham vujudga keddi.

Respublika davrida taʼlim xususiy tarzda

olib borildi, unga davlat aralashmadi,


biroq imperiya davrida u nazorat ostiga

olindi. Oʻqituvchilar davlat xizmatchilari

boʻlib, maosh oladigan boʻldilar. 362

yildan boshlab oʻqituvchilarni imperator

tasdikladi. Madaniyati. R.

shahardavlatdan yirik Oʻrta dengiz

davlatiga aylanguncha murakkab

taraqqiyot bosqichlarini bosib oʻtdi. Afina,

Iskandariya, Pergam va boshqa yunon

ilmiy va madaniy markazlar ham shu

davlat tarkibiga kirib, etrusk, yunon,

shuningdek, ellinizm davri madaniyatlari

taʼsirida boyidi. Din va mifologiya. Kds.

rimliklar juda koʻp xudolarga eʼtiqod

qilganlar, turli narsalarning , Mas, buloq,

oʻrmon, daraxt, joylarning va ekinlarning

ilohiy homiysi — maʼbudasi mavjud deb


ishonganlar. Bu maʼbuda va homiylar

dastlab qiyofasiz, keyinchalik etrusk va

yunon dinlari taʼsirida inson qiyofasida

tasvir etilgan. Ularga qurbonlik qilib

turilgan (Mas, hosilni oshirishni soʻrab

sigir qurbonlik qilingan). Ibtidoiy dinlarga

eʼtiqod qilgan kishilar chakalakzor, togʻ,

maydonlarda ibodat qilganlar (shu

yerlarda mehroblar ishlangan).

Ibodatxonalar qurish odati rimliklarga

etrusklardan oʻtgan. Mars (dastlab dala

va hosil xudosi, keyinchalik — urush

xudosi), Diana (yunonLarda — Artemida;

ov maʼbudasi), Venera (bogʻ, hosildorlik

maʼbudasi, keyinchalik — Afrodita —

muhabbat va goʻzallik maʼbudasi),

Fortuna (kismet maʼbudasi), Feroniya (yer


maʼbudasi) kabi xudo (maʼbuda)larga

umumitalyan xalqlarining xudolari deb

karalgan. Ayrim xudolarga maʼlum

tabaqalar, maʼlum kasb egalari koʻproq

eʼtiqod bilan qaraganlar. Mac,

chavandozlar Neptunga, savdogarlar

Merkuriyga, qullar Dianaga koʻproq

eʼtiqod qilishgan. Yunon madaniyati

taʼsirida koʻpgina diniy urfodatlar

tarqalgan. Miloddan avvalgi 3-asrda yer

osti xudolari sharafiga har 100 yilda bir

marta oʻyinlar, har yili esa ekin xudosi

Saturn sharafiga dala ishlari tugagandan

soʻng dek.da bayram oʻtkazilgan.

Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asrlarda

Isida (qad. misrliklarning hosildorlik va

onalik maʼbudasi), Osiris (kad.


misrliklarning oʻsimlik, oy, Nil suvlari

xudosi, shuningdek, narigi dunyoning

podshosi deb ham eʼtiqod qilingan) kabi

Sharq maʼbudalariga ham eʼtiqod qilina

boshlandi. Miloddan avvalgi 1—milodiy 1-

asrlardan hukmronlik qilayotgan va

ilohiylashtirilgan marhum imperatorlarga

sigʻinish joriy qilindi. Qullar va

kambagʻallar rasmiy xudolardan tashqari

koʻproq mehnat axli rahnamosi deb

bilgan Pan (choʻponlar homiysi,

chorvachilik xudosi), Silvan (oʻrmon, dala

xudosi) kabi xudolarga ibodat qilishardi.

Asta-sekin Sharq xudolariga eʼtiqod va

ishonch kuchaydi. Shu tarzda R. dinlari

tushkunlikka uchrab, 4-asr oxirlarida

imperator Feodosii 1, turli maʼjusiy


urfodatlarni man qildi, shu bilan R. dinlari

barham yedi.

Falsafasi. Ellinizm davri Yunoniston

falsafasi taʼsirida rivoj topdi. R.

falsafasining ilk davri polis

mafkurasining inqirozi bilan bogʻliq boʻlib,

bu paytlarda tafakkur din va

mifologiyadan xalos boʻldi (miloddan

avvalgi 3—1-asrlar). Kar Lukretsiy

(miloddan avvalgi 99 —55)ning

"Narsalarning tabiati haqida" poemasida

Epikur (miloddan avvalgi 342— 270)

taʼlimotini yokladi, atomistik

materializmni sheʼriy shaklda tavsifladi,

mayda zarralar — atomlardan tashkil

topgan olam hamisha harakatda deb



taʼkidladi, uning bu asari materializm

rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Imperiya vujudga kelgan davr (miloddan

avvalgi 1-asr — milodiy 1-asr)da imperiya

va imperator shaxsiyati ilohiylashtiriddi, 4

— 5-asr faylasuflari Platon va Aristotel

asarlarini tashviq qildilar.

Tabiiy — ilmiy qarashlar. R. respublikasi

davrining lotin ilmiy adabiyoti

yodgorliklari juda ham kam. Miloddan

avvalgi 1-asrda Aristotel asarlariga

sharxlar yaratilgan. 1-asr oxirlarida

astronomiya va matematikaga qiziqish

ortgan. Ptolemeyning mashhur

"Almagest" asarida (2-asr) olamning

geotsentrik sistemasi bayon etildi.



Sharkda astrologiya keng tarqalgan.

Diafantning "Arifmetika" (taxminan 3-asr),

3—4-asrlarda Papp Aleksandriyskiyning

"Matematika toʻplami" asarlari mashhur

boʻlgan. Ilmiytexnika adabiyotlari,

asosan, qishloq xoʻjaligi, veterinariya,

harbiy texnikaga bagishlandi. Miloddan

avvalgi 1-asr oxirida Vitruviyning

"Arxitektura haqida 10 kitob" asari

shuhrat qozondi. Harbiy texnika

sohasidagi boy tajriba: lager va qalʼalar

qurish masalalari adabiyotlarda yoritildi.

Tibbiyot bilan bogʻliq ravishda botanika

rivoj topdi. Dioskoridning 600 dorivor

oʻsimlik haqidagi bayoni oʻrta asrlarda

ham keng foydalaniddi. Vrach, anatom,

fiziolog Galen butun Yevropada tibbiyot


rivojida katta rol oʻynadi. Ilmiy adabiyotlar

qiziqarli qilib badiiy yozilganligi bilan ham

diqqatga sazovor. R. davlatining hududiy

oʻsishi miloddan avvalgi 3—1-asrlarda

geogr. bilimlari taraqqiyotiga imkon

berdi. Imperator Avgust davrida

jahonning katta geografik haritasi

ishlandi. Miloddan avvalgi 37 yilda

1jamoatkutubxonasi tashkil qilindi,

imperiyaning oxirgi asrida ularning soni

28 taga yetdi.

Huquq fani. Qadimgi R.da miloddan

avvalgi 3-asr va milodiy 3-asrlarda huquq

keng rivoj topib, qonunlar yaratishda

yuristlar katta rol oʻynadilar. 1—3-asr

larda turli ijtimoiy tabaqalarning



qarashlarini aks ettirgan 2 huquq

maktabi — respublika tuzumi tarafdorlari

bilan prinsipat tarafdorlari oʻrtasida

kurash davom etdi, bu noahillik sud

ishlariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi.

Avgustdan boshlab imperatorlar yirik

yuristlarni hal qiluvchi ovozga ega qilib,

yuridik konsultatsiyalarni ularga

topshirdilar. Imperator xizmatida boʻlgan

bu yuristlar oʻz navbatida

imperatorlarning cheksiz huquklarini

himoya qildilar (yana q. Rim huquqi).

Tarix fani rivoji yilningmuhim voqealari

tavsiflangan annallardan boshlanadi.

Miloddan avvalgi taxminan 130-yilda

annallar 80 kitobdan iborat boʻlib "Katta



annallar" nomi bilan tayyorlangan. Ilk

tarixchilar annalchilar deb atalgan.

Dastlabki yetuk tarixchi Polibiy (miloddan

avvalgi 2-asr) Yunoniston, Makedoniya,

Kichik Osiyo, Suriya, Karfagen va Rimning

40 kitobdan iborat tarixini yaratdi. Tit

Liviyning "Rim tarixi", Yuliy Sezarning

Galliya urushlari, fuqarolar urushi

haqidagi kitoblari, Sallyustiy, Korneliy

Nepot (miloddan avvalgi 1-asr) kabi

sarkardalarning koʻp sonli biografik

asarlari maʼlum. Imperiya davrida

Korneliy Tatsit (1—2-asr boshlari)

badiiydidaktik ruhdagi "Annallar" va

"Tarix" (Avgustning vafotidan

Domitsianning vafotigacha, 14 yildan 96

yilgacha boʻlgan voqealar) nomli


asarlarini yaratdi. 2-asr boshlarida

tarixiybiografik janr rivojlandi. Plutarx,

imperator Adrianning kotibi boʻlgan

Svetoniylar atoqli kishilarning

biografiyalarini yaratdilar. Yunon

tarixchilaridan Appian (2-asrning 2-yarmi)

Rimdagi fuqarolar urushi tarixini, Dion

Kassiy kad. davrlardan 229 yilgacha

boʻlgan R. tarixini yaratdilar. Antik

davrning soʻnggi yirik tarixchisi Ammian

Marsellin (4-asr) imperator Yulian davri

tarixiga oid asarlari bilan mashhur.

Imperiyaning soʻnggi davrida xristian

tarixchiligi vujudga keldi.

Adabiyot i ning eng qad. namunalari

(miloddan avvalgi 5—4-asrlar)



saqlanmagan. Keyingi maʼlumotlarga

qaraganda u davrlarda sheʼriyat (ibodat,

nikoh qoʻshiqlari, marsiyalar) asosiy oʻrin

egallagan. Miloddan avvalgi 2-asr

oxirlaridan R. lirikasining ilk asarlari

maydonga keldi. Shu davrlarda yaratilgan

asarlardan Plavt va Terentiy komediyalari

toʻla saqlangan. Sitseron faoliyati R.

adabiyoti uslubining shakllanishida

muhim rol oʻynadi. Lukretsiy, Katull

muhabbat va doʻstlik mavzularidagi

sheʼrlari bilan tanildilar. Imperiyaning

ravnaqi va inqirozi davri (1—3-asr)da Rim

madaniyati Yunon madaniyati bilan

parallel, lekin mustaqil rivojlandi. Bu

davrda Ovidiy "Muhabbat ilmi",

"Metamorfozalar" kabi oʻlmas asarlari


bilan R. adabiyoti rivojiga salmokli hissa

qoʻshdi. Adabiyot yangi uslublar bilan

boyidi. 4—5-asrlarda xristian adabiyoti

rivojlandi.

Teatr sanʼatining vujudga kelishi hosil

bayramlari tantanalari 6n bogʻliq.

Miloddan avvalgi taxminan 33 yillarda

xalq hajviy tomoshalari vujudga kelgan.

Bunday tomoshalar — atellanalar

koʻpincha 4 doimiy personajdan iborat

boʻlib, dastlabki paytlarda niqob kiygan

yoshlar, keyinchalik professional artistlar

ijrosida namoyish qilingan. Miloddan

avvalgi 240 yillarda yunon originallari

asosida ilk dramalar, keyinroq yunon

mualliflarining tragediya, komediyalari



sahnalashtirilgan. Miloddan avvalgi 2—1-

asr boshlarida kuyi tabaqalarga mansub

R. fuqarolarining hayoti aks ettirilgan

tomoshalar koʻrsatila boshladi. Ilk tosh

teatr binosi miloddan avvalgi 55—52

yillarda kuriddi. Artistlar ozod qilinganlar

va qullardan iborat boʻlib, truppalarga

uyushgan. Erkaklar ayol rollarini ham

bajarishgan. Respublikaning soʻnggi

asrida tragik aktyor Ezop va komik aktyor

Rossiy shuhrat qozongan. 1—2-asrlarda

raqslar sahnalashtirildi, siyosiy

voqealarga oid tomoshalar ham

koʻrsatila boshladi. Asta-sekin maishiy

kichik kurinishlar murakkab syujetli

spektakllarga aylana bordi. Sirklarda

tomoshalar, amfiteatrlarda


gladiatorlarning janglari bilan bir katorda

ovchilarning hayvonlar bilan olishuvlari,

ommaviy ov lavhalari, dengiz janglari va

boshqa ham koʻrsatila boshladi. Imperiya

davrida badiiy dramalar oʻrniga qon

toʻkiladigan tomoshalarga ishtiyoq

kuchaydi. R. teatri, ayniqsa,

dramaturgiyasi jahon teatri va

dramaturgiyasi rivojiga katta hissa

qoʻshdi.


Musiqasi. Ellinizm madaniyati taʼsirida

rivojlangan R. musiqasida tantanavor

(galaba bilan bogʻliq), toʻy, ziyofat,

diniymarosim qoʻshiqlari boʻlgan.

Imperiya davrida poytaxtga koʻp

mamlakatlardan ijrochilar (yunon, suriya



va bobillik sozandalar, aleksandriyalik

ashulachi, andalusiyalik raqqosalar va

h.k.) toʻplangan. R.da puflama sozlardan

tibiya (lot. avlos), buksina, tuba va

boshqa, torli sozlardan kifara, arfa

tipidagi psalterium trigonon (uchburchak

arfa), sambika, lira turlaridan barbitos,

pektis, magadis, urma sozlardan kimvol

va boshqa, shuningdek, gidravlos

boʻlgan. Qad. R. cholgʻu musiqasi rivojida

teatr janri — pantomima muhim rol

oʻynagan. Sirk va teatr aktyorlari katta xor

ansambllari, orkestrlar joʻrligida

chiqishgan. Harbiy legionlarning puflama

sozlar orkestrlari boʻlgan. Shoir,

ashulachi va sozandalar musobaqalari

oʻtkazilgan.


Arxi tektura s i, tasviriy va amaliybezak

sanʼati antik badiiy madaniyatning

soʻnggi, yakunlovchi davri hisoblanadi.

R.da arxitektura, haykaltaroshlik va

rassomlik sanʼatida realizm kuchaydi,

ularda Yunoniston sanʼatidagidek afsona

(mif)lar emas, tarixiy shaxslar, voqealar

koʻproqaks ettirildi. R. sanʼatining qad.

davrida Etruriya sanʼatining taʼsiri kuchli

boʻldi. Puni urushlari va oxirgi respublika

davri (miloddan avvalgi 31-asrlar)

sanʼatida Buyuk Yunoniston (Jan. Italiya)

va rimliklar istilo qilgan sharqiy yunon

shaharlari sanʼati bilan uygʻunlikda rivoj

topdi. Binolar ulugʻvor qurildi, turar joylar

tabiatga yaqinlashtirilib barpo qilina

boshladi (ayniqsa, shahardan


tashqaridagi villalar), miloddan avvalgi 2-

asrdan boshlab betondan foydalanildi, bu

binolarni arzon va tez qurishga, shakllari

turlituman boʻlishiga imkon berdi.

Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda

tomoshaxonalar, teatrlar

takomillashtirildi, tomoshabinlar

oʻtiradigan joylar galereya, zinapoyalar

bilan sahnadan, tomosha koʻrsatiladigan

maydonidan ajratildi.

Tasviriy sanʼatda miloddan avvalgi 3—1-

asrlarda portret haykal rivoj topdi,

shaharlar rasmiy kishilar va

qahramonlarning haykallari bilan

bezatildi. Respublika davrida tarixiy

mavzularda relyeflar koʻp ishlandi,



monumental bezak rassomligi, mozaika,

qimmatbaho toshlarni badiiy ishlash

sanʼati yuksaldi. Qadimgi R.

meʼmorligining yuksak ravnaqi imperiya

gullabyashnagan davrga toʻgʻri keladi.

Binolarning monumentalligiga (arkalar,

toqli, gumbazli binolar) ahamiyat berildi,

imoratlar haykaltaroshlik, rassomlik

sanʼati asarlari bilan jozibadorlashtirildi.

Arxitektura imperator shaxsiyatini

ulugʻlashga va imperiya qudratini

koʻzkoʻz qilishga xizmat qildi.

(R.da Avgust forumi, miloddan avvalgi 1-

asr oxiri va milodiy 1-asr boshlari). 1-asr

oʻrtalarida saroylar oʻta hashamdor qilib

qurildi. Ulkan gumbazli Panteon kabi



ulugʻvor binolar, yirik amfiteatrlar bunyod

etildi. Imperatorlardan Trayan davrida

haykallarda qahramonlik koʻproq

ifodalangan boʻlsa, Adrian va Antoniy

hukmronligi yillarida obrazlarda

psixologik teranlik koʻzga tashlandi.

Bezak rassomligida yengil naqshlar,

kichik syujetli rasmlar ishlashga koʻproq

ahamiyat berildi (63 yilgacha), keyin

murakkab arxitektura kompozitsiyalari

koʻproq aks ettirildi. 2-asrdan oqqora

tosh mozaikasi keng tarqaddi. Imperiya

davrida amaliy bezak sanʼatida metallni

badiiy ishlash, qizil sirli sopol idish va

buyumlar, shisha buyumlar tayyorlash avj

oldi. Imperiya tushkunlikka uchragan

davr (3—4-asrlar)da viloyatlarda yangi


forumlar, yirik ibodatxonalar koʻplab

qurildi. Qadimgi R. anʼanalari R.

qurilishlarida rivojlantirildi.

Haykaltaroshlikda shartlilik keng oʻrin ola

boshladi. 3—4asrlarda miniatyura (yupqa

zar qogʻozga ishlab 2 qavat shisha

orasiga oʻrnatiladigan) portretlar ishlash,

xristian afsonalari aks ettirilgan syujetli

relyeflar bilan bezatilgan marmar

sarkofaglar tayyorlash sanʼati rivoj topdi.

Sergeyenko M., Jizn Drevnego Rima,

M. — L., 1964; Utchenko S. L., Krizis i

padeniye Rimskoy respubliki, M., 1965;

Sokolov G., Iskusstvo Drevnego Rima,

Adabiyot


M., 1971; Alimuhamedov A., Antik

adabiyo’t tarixi, T., 1975.

Muhammadjon Rahimov, Abduxalil

Mavrulov.

[1]

1. 


OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-

yil

 

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada



Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

 

 



Manbalar

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Qadimgi_Rim&oldid=1953956



dan olindi 



Last edited 2 years ago by RedaktorWiki

Download 246,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish