Tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida Misr sivilizatsiyasi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan. Ilk podsholik davrida mamlakatni birlashtirish tugallangan va taxminan m.a. 3000 yilda Nil vodiysida ko'proq ibtidoiy qabila ittifoqini eslatuvchi yagona davlat vujudga kelgan. Bu voqea birinchi sulola asoschisi bo'lgan Menes (Mina) nomi bilan bog'liq. U Yuqori va Quyi Misr tutashgan strategik muhim nuqtada yangi poytaxt- mustahkamlangan shahar Memfis shahriga asos soldi. Ilk podsholik davrida Misr I va II sulolalar tomonidan boshqarilgan.

Ilk podsholik davrida sun'iy sug'orishning xo'jalik madaniyati asosida Misr sivilizatsiyasining iqtisodiy va siyosiy tizimlari shakllana boshlagan. Bu davr asosiy funktsiyasi Nil vodiysida sug'orish ishini tashkil etish bo'lgan umummisr davlat aparatining shakllanish davri edi.
Yuqori mahsuldor bo'lgan qishloq xo'jaligi moddiy madaniyatning taraqqiy etishiga asos bo'ldi. Hunarmandchilik rivoj topdi. Ilk podsholik davridayoq misrliklar papirus tayyorlashni bilishgan. Bu insoniyat tarixidagi maxsus yozuv uchun tayyorlangan ilk qog'oz edi. Papirusning paydo bo'lishi sivilizatsiya rivojining asosiy omillaridan biri bo'lgan yozuvning keng tarqalishiga turtki bo'ldi. Bu davrdayoq Nil suvining sathidan tortib, ishlab chiqarilgan moddiy boyliklarning taqsimlanishigacha hisob-kitob va nazorat qilish yaxshi yo'lga qo'yilgan. Ilk podsholik davrida ish yuritish, ayniqsa hisob ishi rivojlangan.

Qadimgi podsholik davri 500 yildan ortiq davom etdi ( m.a.2800- 2300 yy). Bu davrda Misr qo'shnilari bilan muvaffaqiyatli urushlar olib borayotgan yirik markazlashgan davlatga aylandi, Misr sivilizatsiyasining ideallari va asosiy qadriyatlari shakllandi.