Sivilizatsiyaning moddiy asosini yaratish uchun zarur bo'lgan barcha narsalar Misrning o'zida yoki unga yondosh yerlarda mavjud bo'lgan. Metallar, xususan mis Arabiston sahrolari va Sinay yarim orolidan, oltin Efiopiyadan, kumush va temir asosan Kichik Osiyodan keltirilgan. Qizil dengiz bo'ylaridan rux va qo'rg'oshin, Nilni g'arbdan sharqqa tomon o'rab turuvchi tog'lardan chaqmoqtosh, Qohira atrofidagi Tur tosh konlaridan ohaktosh, Asuan yaqinidan marmarning qimmatbaho navlari qazib olingan. Mamlakatning o'simlik va hayvonot dunyosi ham boy bo'lib, misrliklarning xo'jalik hayotida muhim o'rin tutgan. - Sivilizatsiyaning moddiy asosini yaratish uchun zarur bo'lgan barcha narsalar Misrning o'zida yoki unga yondosh yerlarda mavjud bo'lgan. Metallar, xususan mis Arabiston sahrolari va Sinay yarim orolidan, oltin Efiopiyadan, kumush va temir asosan Kichik Osiyodan keltirilgan. Qizil dengiz bo'ylaridan rux va qo'rg'oshin, Nilni g'arbdan sharqqa tomon o'rab turuvchi tog'lardan chaqmoqtosh, Qohira atrofidagi Tur tosh konlaridan ohaktosh, Asuan yaqinidan marmarning qimmatbaho navlari qazib olingan. Mamlakatning o'simlik va hayvonot dunyosi ham boy bo'lib, misrliklarning xo'jalik hayotida muhim o'rin tutgan.
- Ilk odamlar Nilning qayirlarida neolit davrlarida paydo bo'lishgan. Bu yerga ularni tashqi sharoit boshlab kelgan: iqlim quruqlashib, sahro bostirib kela boshlagan. Dastlab Nil vodiysi chekkalariga joylashgan odamlar dehqonchilik, chorvachilik, ov, baliqchilik va termachilik bilan shug'ullanishgan. Ilk dehqon jamoalari m.a. VI-V ming yillikda Quyi Misrdagi Fayum vodiysida mavjud bo'lgan. Fayum manzilgohida g'alla ekinlari ekilgan, yirik va mayda qoramol boqilgan va baliq tutilgan.
Vohaning qulay tabiiy sharoiti tufayli manzilgohlar rivojlanib, ularning aholisi turmushi farovonlashib borgan. Ilk dehqonchilik madaniyati shakllangan. Bunga misol tariqasida Badariy madaniyatini ko'rsatish mumkin. Yuqori Misrdagi Badariy madaniyati (mil. av. IV ming yillik) ga mansub aholi o'troq tarzda, urug' jamosi bo'lib yashab, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullanganlar. Yerga motiga bilan ishlov berilib, kichik kanallar qazilgan. Ov va baliqchilik ham shug'ullanishgan. Badariylar hunarmandchilik sohasida katta yutuqlarni qo'lga kiritganlar. - Vohaning qulay tabiiy sharoiti tufayli manzilgohlar rivojlanib, ularning aholisi turmushi farovonlashib borgan. Ilk dehqonchilik madaniyati shakllangan. Bunga misol tariqasida Badariy madaniyatini ko'rsatish mumkin. Yuqori Misrdagi Badariy madaniyati (mil. av. IV ming yillik) ga mansub aholi o'troq tarzda, urug' jamosi bo'lib yashab, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullanganlar. Yerga motiga bilan ishlov berilib, kichik kanallar qazilgan. Ov va baliqchilik ham shug'ullanishgan. Badariylar hunarmandchilik sohasida katta yutuqlarni qo'lga kiritganlar.
- Mis va misdan yasalgan mehnat qurollarining paydo bo'lishi bilan Nil vodiysini o'zlashtirish boshlangan. M.a. IV ming yillikning birinchi yarmida misrliklar havza sug'orish tizimini yaratishgan. M.a. IV ming yillikning II yarmida sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqqan. Urug'chilik munosabatlari emirilib, ilk ijtimoiy tabaqalanish yuz bergan, ilk ibtidoiy qulchilik paydo bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |