Qadimgi Misr sivilizatsiyasi REJA: - Qadimgi Misr sivilizatsiyasining asoslari.
- Misr sivilizatsiyasining taraqqiyot bosqichlari.
- Misr sivilizatsiyasining yutuqlari va uning jahon sivilizatsiyaisda tutgan o'rni.
Sivilizatsiya tug'ilgan qadimgi markazlardan biri Afrikaning shimoli-sharqiy qismida shimoldan janubga tomon oquvchi sersuv Nil daryosi vodiysi bo'lgan. Nil vodiysi aholisi o'z yerlarini Ta kemet (Qora yer) deb atashgan. Qadimgi yunonlar Memfisning nomlaridan biri bo'lgan, qiyin talaffuz etiladigan Xet-ka-Ptaxni Aygyuptos - Sivilizatsiya tug'ilgan qadimgi markazlardan biri Afrikaning shimoli-sharqiy qismida shimoldan janubga tomon oquvchi sersuv Nil daryosi vodiysi bo'lgan. Nil vodiysi aholisi o'z yerlarini Ta kemet (Qora yer) deb atashgan. Qadimgi yunonlar Memfisning nomlaridan biri bo'lgan, qiyin talaffuz etiladigan Xet-ka-Ptaxni Aygyuptos
- (Egipet) deb o'zgartirishgan. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot ta'rifiga ko'ra: “Misr - Nil tuhfasi”. Misr sivilizatsiyasining o'ziga xos xususiyatlari ko'p jihatdan uning taqdirida ushbu daryoning o'ynagan alohida roli bilan bog'liq.
- Nil daryosining o'ziga xos suv rejimi, uning vaqti-vaqti bilan o'zanlaridan toshi turishi katta xo'jalik ahamiyatiga ega bo'lgan. Nil vodiysida yillab yomg'ir yog'magan, quyosh nuri yerni va o'simliklarni qovjiratib yuborgan, iyun oyiga kelib daryo kengligi sezilarli kichraygan. Ammo iyul oyi boshida daryo toshib, butun vodiyni suv bilan qoplagan. Avgust-sentyabr oylarida suv toshqini o'zining avj nuqtasiga yetgan, suvning sathi 14 metrgacha ko'tarilgan. Noyabr oyida daryo o'z o'zaniga qaytganda, yerda serhosil loyqa qolgan. Nil daryosining minglab yillar davomidagi faoliyati natijasi bo'lgan mana shu yer Misr sivilizatsiyasining boyligi va gullab-yashnashiga asosidir.
Eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri qulay tabiiy - geografik joylashuvga, boy tabiiy resurslarga ega bo'lgan, savdo, siyosiy va madaniy aloqalar chorrahasida joylashgan yerda vujudga kelgan. O'rta yer dengizi Misrni Old Osiyo qirg'oqlari, Kipr, Egey dengizi orollari va Bolqon yarim oroli bilan bog'lab turgan. Nil daryosi Yuqori va Quyi Misrni hamda butun mamlakatni antik mualliflar Efiopiya deb atagan Nubiya bilan bog'lab turuvchi kemalar qatnovini ta'minlovchi arteriya bo'lgan. - Eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri qulay tabiiy - geografik joylashuvga, boy tabiiy resurslarga ega bo'lgan, savdo, siyosiy va madaniy aloqalar chorrahasida joylashgan yerda vujudga kelgan. O'rta yer dengizi Misrni Old Osiyo qirg'oqlari, Kipr, Egey dengizi orollari va Bolqon yarim oroli bilan bog'lab turgan. Nil daryosi Yuqori va Quyi Misrni hamda butun mamlakatni antik mualliflar Efiopiya deb atagan Nubiya bilan bog'lab turuvchi kemalar qatnovini ta'minlovchi arteriya bo'lgan.
- Misr sivilizatsiyasini yaratgan qadimgi misrliklar Shimoli-sharqiy Afrikaning turli qabilalarining aralashuvi jarayonida shakllangan. Misrliklar bir tilning turli lahjalarida so'zlashganlar, bu esa Misrning birlashish va yagona davlatning shakllanish sur'atlariga ijobiy ta'sir ko'rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |