Mashaqqatli kechgan Nilni bo'ysundirish jarayonida misrliklar hayotida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Mehnat sharoitlari o'zgardi, uni tashkil etish bilan asosan qabila boshliqlari va kohinlar shug'ullanishgan. Bu esa mulkiy tengsizlikni boshlab berdi. Har bir sug'orish xo'jaligi insonlarni yagona hududiy birlikka, o'ziga xos qo'shnichilik jamoasiga - nomlarga birlashtirdi. Davlat tashkil etilishidan oldingi davrda Misrda 40 ga yaqin shu kabi nomlar mavjud edi. Ularning birlashtirilishi oqibatida o'zaro raqobatchi ikki podsholik

Yuqori va Quyi Misr vujudga keldi.
Ular o'rtasidagi uzoq davom etgan kurash Quyi va Yuqori Misrning homiylari bo'lgan xudolar Gor va Set o'rtasida borgan kurash to'g'risidagi diniy afsonada o'z aksini topgan. Misr sivilizatsiyasi tarixi davomida mavjud bo'lgan ikki mamlakat fir'avni unvoni va davlat ma'muriyatining ikkiga bo'linishi ham Yuqori va Quyi Misrning alohida podsholik sifatida uzoq muddat mavjud bo'lganligini ko'rsatadi. Misrning bu ikki qismining birlashishi bilan ularning ramzi bo'lgan qizil va oq ranglardan iborat toj Misr sivilizatsiyasining yakuniga qadar podsholik ramziga aylandi.
Qadimgi Misr tarixi mil. av. IV ming yillikning II yarmidan davlat va sinfiy jamiyatning paydo bo'lishidan mil. av. VI asrda Misrning Ahmoniylar davlatiga qo'shib olingan davrigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Qadimgi Misr tarixi quyidagi davrlarga bo'linadi:

Sulolalargacha bo'lgan davr (m.a. IV ming yillik).