13-14 mavzular. MAKEDONIYA DAVLATINING TASHKIL TOPISHI VA ELLIN
DAVRIDA YUNONISTON HAMDA ELLIN DAVLATLARI
Tayanch iboralar: «Ksenofont ma’lumotlari», mil.avv.VIasr oxiri-U asr boshlarida Makedoniya davlatining tashkil topishi, Filipp 2, Demosfen, mil.avv.338 yil Xeroneya jangi, Korinf kongressi, Aleksandr Makedonskiy, Granik jangi, Iss, Gavgamela jangi, O’rta Osiyo va Hindiston harbiy yurishlari, mil.avv.323 yil, Ptolemeylar podsholigi,Salavkiylar podsholigi, Yunon-Baqtriya,mil.avv. 3-1 asrlar ellinistik davlatlar. Rim va Parfiya istilolari.
Mil.avv. IV asrning 1- yarimiga oid Yunoniston tarixi bo’yicha yozma manbalar ko’p. Hattoki, bu davr yaxlit tarixi Ksenofont tomonidan yozilgan «Ksenofont ma’lumotlari» asari Aristotel, Demosfen, Lisiy asarlarida bayon etilgan ma’lumotlar bilan taqqoslanib o’z to’g’riligi jihatidan ham ahamiyatlidir. Bu davr to’g’risida Aristofon kamediyalarida ham qimmatli ma’lumotlar bor. Diodor, Plutarx asarlarida ham ma’lumotlar mavjud, shuningdek bu davrga oid bitiklar, numizmatik ma’lumotlar ham muhim manba hisoblanadi.
2- Afina dengiz ittifoqi tarqab ketgach (mil.avv.356 yil), Yunonistonning shimolidagi Makedoniya iqtisodiy jihatdan yuksala boshladi. Kadimdan Makedoniyaliklar qabila-qabila bo’lib yashaganlar, so’ngra ular qabila ittifoqlarini tashkil etganlar. Makedon qabilalari ittifoqida mil.avv. V asrdayoq urug’doshlik tuzumining barcha buzilish alomatlari ko’rinaboshlagan edi. Qabilalar tepasida qabila boshliqlari turar edi va ular o’z qarindoshlari hamda boy qo’shnilari bilan birlikda urug’ zadogonlaining kuchli tabaqasini tashkil etgan. Makedoniyada podsho hokimiyati mil.avv. VI-V asr boshlarida paydo bo’lgan. Podsho hokimiyati paydo bo’lgandan keyin ham Makedoniyada xalq yig’inlari yoki to’g’rirog’i qo’shinlarning yig’inlari yig’ilib turgan va ularda asosiy masalalar hal qilingan. Yunon-Fors urushi davrida Makedoniya Eron ta’siriga o’tib qolgan edi. Yunonlar ustun kelgach Makedoniya 1-Afina dengiz ittifoqiga a’zo bo’lgan edi. Vaqt o’tishi bilan Makedoniya podsholari harbiy demokratiya, yani harbiy qo’shindagi obro’i bilan o’lchanadigan bo’lib qoldi. Aleksandr va uning vorislari, xususan Arxelay davrida Makedoniya birmuncha yuksaldi. So’ngra Filipp 2 (mil.avv. 359-336 yillar) hokimiyatga kelib ma’muriy va harbiy islohat o’tkazadi. Uning pul islohati ham muhim bo’lib, jumladan «Filippik» deb nomlangan oltin tanga zarb ettirgan. Filipp 2 butun Yunonistonni o’ziga qaratish harakatiga o’tdi. Yunoniston polislari mustaqilligini yo’qotish xavfi paydo bo’lgach, ayniqsa Afinada Demosfen (mil.avv. 384-322 yillar) boshchiligida Makedoniyaga qarshi kurash boshlandi. U Fiva, Korinf, Megara kabi polislar bilan birlashib Makedoniyaga qarshi ittifoq tashkil etdi . Bu ittifoqning Makedoniya bilan hal qiluvchi jangi mil.avv. 338 yili Xeroniya shahri yaqinida bo’lib, unda Filipp 2 Yunon polislarining birlashgan qo’shinini yengdi. So’ngra butun Yunoniston Makedoniyaga bo’ysinib qoldi. Yengilgan polislar Filipp 2 dan qattiqqo’l siyosat kutishgan , biroq mohir diplomant Filipp 2 aksincha barcha yunon shaharlarining erkinligini saqlab qoldi. Mil.avv.337 yili Korinfda barcha yunon shaharlarining kongressi chaqirildi. Faqat bu kongressga Sparta polisi qatnashmadi. Kongressda Kichik Osiyoga uyushtiriladigan harbiy yurish haqida kelishib olishdilar. Filipp 2 yunon shaharlari va Makedoniya armiyasining bosh qo’mondoni etib tayinlangan. Korinf kongressi o’z vakillarini sayladilar. Amalda bu vakillar umumyunon masalalarini hal qilishi lozim bo’lgan. Kongressda barcha yunon shaharlari tinch-totuv yashashlari, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmasliklari va o’zaro urushmasliklari lozimligiga kelishdilar. Agar bironta ixtilof tug’iladigan bo’lsa, kongress vakillariga murojaat etishi kerak bo’lgan. Xullas, Makedoniya butun Yunonistonni o’z ta’siriga oldi. Filipp 2 zo’r berib Kichik Osiyoga yurish qilishga tayyorlana boshladi. O’z qarindoshi Attal boshliq kichkina guruhni Kichik Osiyoga o’tkazdi. Eron ustiga harbiy yurishdan ko’zlangan maqsad ham bor edi. Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini Eron zulmidan ozod etish, yangidan-yangi hududlarni qo’lga kiritish bo’lgan.
Eron ustiga harbiy yurish harakatlari qizg’in borayotgan bir paytda mil.avv. 336 yili Makedoniyaning ko’hna paytaxti bo’lgan Egidada o’z qizining to’yida o’ldirildi. Bunga sabab turlicha talqin etilib, uning o’g’li Aleksandr Makedonskiy otasini forslar qutqusi bilan o’ldirilganligiga ishondi. Sababi bu bilan Yunon-fors urushi nisbatan orqa muddatga surilishi ko’zda tutilgan. Shunday ham bo’ldi. Filipp 2 vafotidan so’ng harbiy qo’shinning qo’llashi bilan Aleksandr taxt vorisi bo’ldi. Lekin, ko’pchilik yunon shaharlari va qabilalar markaziy hokimiyatning zaifligidan xavotir olib Makedoniyadan ajralib keta boshladi. Demosfen xalq yig’inida Filipp 2 o’lganligini e’lon qiladi. Afina Makedoniyadan ajraladi. Fiva, Frakiya qabilalari ham ajralib ketadi. Bu holatni ko’rgan Aleksandr dastavval o’z davlati birligini saqlashga kirishadi. Mil.avv. 335 yili Aleksandr Frakiya ustiga yurish boshlaydi. Bu yurishda nofaqat frakiyaliklarni, balkim avval qaram bo’lmagan bir qancha hududlarni ham egallab oladi. So’ngra illiriyaliklarni o’ziga bo’ysindiradi. Aleksandrning mustahkam, qudratli qo’shini bor edi. Fiva ustiga yurish qilinib, shahar egallanadi va juda qattiq o’ch olinadi. Bui ko’rgan boshqa yunon polislari cho’chib qolishadilar va Makedoniyani tan olishadilar. Afinaga nisbatan Aleksandr oqilana yo’l tutadi. Sababi ustozi Aristotel uning dilida Afina umum yunon madaniyati markazi ekanligidek hurmat hissini uyg’otgan edi. Aleksandr Afinani tomosha qilish uchun borgan paytida Afina xalqi uni to’la itoat bilan kutib oldi.
Aleksandr Yunonistonda o’z hokimiyatini to’la tiklab olganidan so’ng endi Eronga harbiy yurishga puxta tayyorlana boshladi. Mil.avv. 334 yili qish fasli butun qo’shin harbiy mashqni o’tashdi. Qo’shin Frakiya sohilidagi Amfiopol shahriga to’plandi. Aleksandrning armiyasi unchalik ko’p emas, lekin zamonasining yetuk qurollari bilan ta’minlangan, hamda eng muhimi qo’shinda maxsus ixtisoslashgan guruhlar bor edi. (m. qal’alarni ishg’ol etishda maxsus moslamalarga ega bo’lgan guruhlar).
AleksandrMakedonskiy 30 mingpiyodaaskarva 5 mingotliqaskardaniboratqo’shinbilanmil.avv. 334 yilbahoridaKichikOsiyogao’zharbiyyurishiniboshladi. Makedoniyani boshqarib turishni otasi Filippning do’stlaridan biri bo’lmish Antipatrga topshirdi.
Bu urush arafasida Eronda siyosiy vaziyat barqaror emas edi. Satrapliklar mustaqillikka intilar edi. Markaziy hokimiyat juda zaif edi. Mil.avv. 336 yili Eron taxtiga podsho a’zolaridan Kodomonni chiqarishdi va u Doro 3 nomi bilan podsholik qildi. Qo’shinda ham birlik yo’q edi. Ulkan qo’shinni to’plab olish uchun kamida ikki yil kerak bo’lgan. Shu sababli Aleksandr qo’shini bemalol Gellespontdan suzib o’tdi. Dastlabki jang mil.avv. 334 yili Granik daryosi yonida bo’lib, bu jangda garchi forslar jonbozlik ko’rsatishgan bo’lishsada, lekin Eron qo’shinida yollanib xizmat kilayotgan yunon otryadlari janga kirishmaydilar va jang Aleksandr foydasiga hal bo’ladi. Keyingi harakatlarda Aleksandr Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini qutqazishga kirishadi. Lekin, ularning Aleksandrga munosabati turlicha edi. Bir xillari Aleksandrga o’z darvozalarini ochib berishdi, ba’zilari esa qarshiliklar qo’rsatishdi. Xusususan, Milet qarshilik ko’rsatgan. Kichik Osiyoning ichkarisidagi Kappadokiya Aleksandrni xayrixoxlik bilan kutib olishganlar. Mil.avv. 333 yili Iss yonida katta to’qnashuv bo’ldi. Bunda Ham Aleksandr qo’shini g’olib chiqdi. Bu jangdan so’ng Aleksandr Suriya va Finikiya tomon yo’l oldi. Finikiya shaharlaridan faqatgina Tir shahri qattiq qarshilik ko’rsatdi. Finikiyada Aleksandr turgan paytida Doro 3 dan sulh nomasi keladi. Lekin, bu sulh to’g’risida taklif rad etiladi. Mil.avv. 332 yili Aleksandr Misrga yurish qiladi, sababi Misr Eron tarkibiga kirgan eng boy mamlakat edi. Uni talash va o’zining orqa tomon holatini mustahkamlash ham edi. Misr egallangan va Aleksandr fir’avn deb e’lon qilingan. So’ngra Aleksandr Mesopotamiyaga yurishni boshlagan. Bu yerda uni Doro 3 Gavgamell degan joyda katta qo’shin bilan qarshi oladi. Jang mil.avv. 331 yili bo’lib o’tadi va yana Aleksandr g’olib keladi. Shundan so’ng butun Vaviloniya egallanadi. So’ngra Suza shahriga o’tib keyin forslarning asosiy o’z yerlari boshlanadi. Bu yer aholisi yetarli qarshilik qo’rsataolmaydi, sababi Gavgamell jangida Eronning asosiy qo’shini yakson etilgan, qo’p xazina sarflangan edi. Qadimiy paytaxt Persepol ishg’ol etilib, undagi Kserksning hashshamatli saroyi Yunoniston-Eron urushlari o’chi uchun yondirilib yuboriladi. Mil.avv. 330 yili Butun Eron hududi egallandi. Keyin Makedon qo’shinlari Midiyani ishg’ol etishga kirishdi.
Doro 3 o’zining 4- paytaxti Iqbotani (Hamadon) da turar edi. U yana kuch to’plash uchun Sharqiy satraplari tomon yo’l oladi. Lekin, uni o’z qarindoshi Baqtriya satrapi Bess o’ldiradi. Bess o’zini Artakserks 1U- Eron shohi deb e’lon qiladi. Aleksandr Bessni tutib qatl ettiradi. Aleksandr Makedonskiy mil.avv. 329-327 yil yozigacha bo’lgan muddatda O’rta Osiyoda bo’ladi. So’ngra mil.avv. 327 yil yozida Shimoliy Hindistonga o’tib, bu yerda to mil.avv. 325 yilgacha bo’ladi. Uning armiyasi Gang vodiysiga borishdan bosh tortadi. Natijada Aleksandr o’zining ulkan imperiyasi uchun paytaxt etib tanlagan Voviloniyaga qaytadi. Aleksandr o’zining ulkan saltanatini boshqarishda satraplik ma’muriy bo’linishini qoldiradi. Qo’shin ham sharqda qoldiriladi. Manbalarga qaraganda Aleksandr Makedonskiy mil.avv. 323 yili Antipatrning kichik o’g’li Iolla katta ziyofat beradi va bu ziyofatdan so’ng 12 kun o’tgach Aleksandr vafot etadi. Uning ulkan imperiyasi Makedoniya, Misr va Suriyaga bo’linib ketadi.
Ellinistikdavlatlar. EllinizmdavridegandaYunoniston, Makedoniya, Sharqiyo’rtadengizmamlakatlari, O’rtaOsiyovaulargatutashuvchihududlartarixiningAleksandrMakedonskiyistilolaridankeyingiqariyib 300 yillikdavritushuniladi. Bu davr ellinistik mamlakatlarni g’arb tomondan Rimning sharq tomondan esa Parfiyaning bosib olishi bilan tamomlanadi. Mil.avv. 30-yilni ellinizm davrini tugallavchi an’anaviy sana deb hisoblaydilar, chunki xuddi shu sanada ptolomeylarning so’ngi mustaqil ellinistik podsholigi ( Misr) Rim tomonidan zabt etilgan edi. « Ellinizm» termini birinchi bo’lib nemis tarixchisi I. Droyzen tomonidan qo’llanilgan. Bu davr manbalari masalasi quyidagicha: davrning qisqacha obzori Pompey Trogning tarix kundaligida saqlanib qolgan bo’lib, buni bir necha asr o’tgach Yustin atroflicha yoritgan. Mil.avv. IV asr oxirini Diodor yozgan, mil.avv. III asr oxirini va II asrning birinchi yarmini Polibiy yozgan. Ellinistik davlatlar so’ngi hayoti tarixini Tit Liviy va Appian yozgan. Shuningdek, obidalar yozuvlari, pairuslar bitiklari ham bu davr uchun muhim manba hisoblanadi.
Ellinistikdavlatlar- Ptolemeylarpodsholigi, Pergampodsholigi, Salavkiylardavlati, Yunon-Baqtriya, Makedoniya, Yunonistonkabidavlatlarhisoblanadi. EllinlardavriQadimgiYunonistonvaQadimgiSharqniijtimoiy-iqtisodiy, siyosiyvamadaniyjihatdano’zaroyaqindanaloqadorligibilanxarakterlanadi. Budavrba’zitarixchilarfikrichaellindavlatlaridaquldorliktuzumio’zrivojidayangiprogressivtaraqqiyotniboshdankechirgan. ( V.S.Kovalev, A.B.Ranovich).
Ptolemeylar podsholigi. Misr hududida Aleksandr vafotidan keyin
uning mashhur lashkarboshilaridan biri bo’lmish Ptolemey va uning avlodlari boshqaruvidagi Ptolemeylar podsholigi qaror topgan. Uning paytaxti Aleksandriya shahari bo’lgan. Bu podsholik to’g’risida asosiy manba papirus bitiklari hisoblanadi. Bulardan ma’lum bo’lishicha Nil havzasi va deltasi eskicha ma’muriy bo’linishlar, ya’ni nomlarga bo’lingan. Ularni podsho tomonidan tayinlangan strateglar boshqarganlar . Bu podsholikda eng yuqori lavozimlar yunonlarga berilgan. Asosiy yer podsho yerlari deb hisoblangan. Podsholik yerlaridan tashqari, kleruxlar, ya’ni kolonist-askarlar yerlari ham ko’p edi. Kleruxlar eng oxir soliqni rentani to’lamas edilar. Ularning yerlarida ko’pincha dehqonlar va qullar ishlaganlar. Ibodatxonalar yerlari yanada ko’proq imtiyozlarga ega bo’lishganlar. Bu yerlardan keladigan soliqning bir qismini kohinlar davlat xazinasiga topshirganlar. Oliy sosial kategoriyadagi yerlar in’om yerlaridan iborat bo’lib, bu yerlarning egalari soliqlarning ancha qismini to’lashdan ozod etilgan edi. Bundan tashqari bu davlat jamiyatida hunarmandlar, savdogarlar ham muhim rol o’ynagan. Qo’shni mamlakatlar bilan qizg’in savdo-sotiq ishlari amalga oshirilgan.
Salavkiylardavlati. DastlabkivaqtlarisalavkiylarMessopatamiyaningsharqtomonida- EronvaO’rtaOsiyodakengterritoriyadaegalikqilarvahududitoXindistongachaboribtaqalganedi. UlarO’rtadengizniO’rtaSharqbilantutashtiruvchikarvonvasuvyo’llarigahukumronlikqilardilarvauzoqHidiston, Xitoykabidavlatlarbilanqizg’insavdoaloqalarqilaredilar. Budavlatninghamma’muriybo’linishivaboshqarilishisistemasiPtolemeylardavlatinikisingaribo’lgan. Ularo’zmamlakatlarinimustahkamlashmaqsadidaasosansavdokarvonyo’llariustidako’plabshahar-qal’aqurdirdilar. ButunmamlakatniOrontdagiAntioxiyadaturuvchipodshovapodshosaroyiahliboshqararedi. Podsholar va malikalar ilohiylashtirilgan. «Ishlar mudiri» unvoniga ega bo’lgan amaldor podshoning bevosita yordamchisi edi. Makedon,yunon, ellinlashtirilgan elementlardan iborat armiya har doim Salavkiylarning bosh tayanchi edi. Salavkiylar yunon shaharlarining imtiyozli grajdanlari va harbiy manzillar-katoykiyalarda istiqomat qiluvchi grajdanlardan tashqari ellinlashtirilgan chinovniklarning sertarmoq armiyasiga ham tayanar edi. Soliqlarning ko’pi pul bilan yig’ib olinar, lekin yer solig’i natural shaklda olinar edi. Bu yerda qullardan tashqari mahalliy dehqon aholisi (laoy) ham ekspluatasiya qilinar edi. Salavkiylar davlati chegaralari hyech vaqt barqaror bo’lgan emas. Er.avv. III asrning o’rtalarida Salavkiylar Eronni, O’rta Osiyoni qo’ldan berganlar.
Yunoniston. Makedoniya kabi Yunonistonda ham mulkning antik mulk shakli rivojlanib bordi. Lekin Yunoniston o’z territoriyasida ko’p yillik urushlar va to’ntarishlarning og’ir oqibatlarini boshdan kechirmoqda edi. Polislar ittifoqi bo’lgan. Mil.avv.367 yili Etoliya ittifoqi birinchi marotaba tilga olingan. Mil.avv. 280 yili Makedoniyaning Yunonistonda hukumronlik qilish da’volariga qarshi kurashda Axeya ittifoqi paydo bo’lgan. Bu ikkala ittifoq mil.avv. 3-2 asrlarda Yunoniston tarixida juda muhim rol o’ynagan. Bu ikkala ittifoq ham Makedoniyaga qarshi kurash maydonga chiqishganlar. Axeya ittifoqi rivojlanib avvalo Peloponnes shaharlaridan makedon gornizonlarini quvib yuborishdi. Bunga atoqli strateg Arat rahbarlik qilgan.
Sparta ham mil.avv. III asrda Afina kabi yunon shaharlari va qabilalari ittifoqiga kirmadi.Lekin, Spartada ahvol og’ir edi. Sosial inqiroz yuz bergan edi. Sababi yer asosan juda ozchilik qo’liga to’planib, ko’pchilik spartaliklar yersiz qolgan edi. Sparta armiyasi ham avvalgi armiya emasdi. Uning ko’pchiligini yollanma armiya tashkil etardi. Sparta davlatini yanada zaiflashib ketmasligini oldini olish uchun tezlik bilan sosial va siyosiy reformalar o’tkazish lozim edi. Buni dastlab spartaning yosh podshosi Agis 4 mil.avv.243 yili o’tkazmoqchi bo’ldi. Lekin bunga Gerusiya qarshi chiqdi, sababi eski Likurg tuzumiga qaytish demak yerlarni qayta taqsimlash va soliqlarni bekor qilish edi. Shundan so’ng Agis xalq yig’ini (apella) ga murojaat etib katta yer egalaridan yerlarni tortib olishni so’radi. Bunga qarshi bo’lgan ikkinchi podsho Leonidni taxtdan kuvdi. Uning amakisi Agesilay yerlarni tortib olish bilan shug’ullana boshladi. Shu vaqt Lakoniyaga etoliyaliklar hujumi bo’lib Agis janga otlandi.Uning yo’qligida xalq yig’ini yana uning reformasini bekor qildi va hatto u g’olib bo’lib kaytganda tutib o’ldirishdi. 2- islohatchi Leonidning o’g’li Kleomen 3 bo’ldi (mil.avv.235-221) . U eforlar qarshiligini bostirib, likurg tuzuminini tikladi. Axeya ittifoqi hujumlarini qaytardi. Yerlarni qayta taqsimladi va qarzlarni bekor etdi. Kleomon yersiz spartaliklarga va perieklarga yer taqsimlab berdi va ularga grajdanlik huquqlarni in’om etdi. U klerux askarlariga bosh bo’lib Peloponnesni istilo qilishga kirishdi. Axeya ittifoqi boshlig’i Arat keskin siyosiy yo’l tutib Makedoniyadan yordam so’radi va mil.avv.221 yili Salasiya yonida spartaliklarnibutunlay mag’lubiyatga uchratdi, hatto Kleomenning o’zi ham halok bo’ldi. Makedoniyaliklar Spartani egallashdi va Kleomen reformalari bekor etildi, oligarxiya qayta tiklandi. Makedoniya ellin ittifoqini tashkil etdi. Lakoniya axeya ittifoqiga kirishga majbur bo’ldi. Yunoniston Makedoniyaga vaqtincha Afinadan tashqari tobe bo’lib qoldi. Endi, Spartaliklar Axeya va Makedoniyaga qarshi kurashda kuchayib kelayotgan Rimga madad ko’zi bilan karay boshladilar. Rim ham Yunonistonni himoya qilish maqsadida Makedoniyaga qarshi chiqdi. Bu esa Rimni Yunoniston aholisi orasida shuhratini oshirib yubordi.
Endi, mil.avv. 3 asr boshlaridan O’rta Yer dengizida Rimning gegemonligi kuchaya boshladi. Egey va O’rta dengiz tutashgan joyda tranzit bekat Rodos oroli joylashgan bo’lib, bu ellin mustaqil davlati bo’lib savdo-sotiqda muhim rol o’ynagan. Mil.avv. 3 asr oxirida ellin davlatlari o’rtasida munosabatlarning keskinlashib ketganligidan Rodos Rim bilan majburan ittifoqqa kirgan. Mil.avv. 272 yili Tarent Rimga bo’ysindi. Mil.avv.211 yili Sisiliyadagi eng yirik yunon davlati Sirakuza Rimliklar tomonidan vayron etildi. Shaharni shturm qilayotgan bir paytda mashhur olim Arximed o’ldirildi.
Mil.avv.3-1 asrlarda ellinlar davlati. Rim va Parfiya istilolari. Eng kuchli hisoblagan Selevkiylar va Ptolomeylar podsholiklari O’rta Yer dengizi sharqiy qismida hukumronlik qilish uchun raqobat qilishardi. Ular o’rtasida mil.avv. 3 asrda Suriya urushlari deb ataluvchi besh urush bo’lib o’tdi. Misrning dastlab qo’li baland keldi. Uchta urushda. Mil.avv. 3 asr 30- yillari Suriya taxtiga Antiox 3 chiqqach, endi suriyaliklar muvaffaqiyatli urush olib bora boshladilar. Hatto, Suriya va Finikiyani qaytarib ham oldi. Biroq, mil.avv. 217 yili Rafiya yaqinidagi jangda misrliklardan yengildi. Mil.avv. 200 yili bo’lgan 5- urushda Suriya Misrni yengib Kelesiriyani zabt etdi. Lekin , mil.avv. 3 asr o’rtalaridan suriya davlati ham zaiflasha boshlaydi.
Xullas, ellinistik davlatlar sharqda Parfiya tomonidan, g’arbda esa Rim tomonidan asta-sekin zabt etila boshladi. Mil.avv. 197 yili Rim Makedoniya tomon yurish boshlab, asta sekin shimoliy Yunonistonni egallay boshladi. Mil.avv. 68 yili Pidna yonidagi jangda Makedon qo’shinlari tor-mor etildi. Keyinchalik mil.avv. 149-148 yilgi Axeya ittifoqi qo’zg’olonlari ham bostirildi. Pergam ellinistik davlati uning podshosi Attal 3 ning vasiyatiga ko’ra mil.avv. 133 yili rimliklar qo’liga o’tdi. Selevkiylar davlati esa sharqda Parfiya tomonidan iskanjaga olindi. Mil.avv. 141 yili parfiyaliklar Bobilni egallashdi. Suriyaning qolgan yerlari mil.avv.64-yili Rimga qo’shib olindi. Misr esa mil.avv. 30-yili Rimga qo’shib olindi. Shu tariqa ellinlar davri tarixi tugallandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |