Avestoda "O`z hayoti davomida go`zallik va yaxshilik, nur va qu vonch yo`lida xizmat qilgan odam porso va haqgo`y, pok va adolatli bo`lib, mehmonlarni beg`araz kutgan. Xotinini sevib, yerni, mollarni parvarish qilgan, odamlarning molu mulkiga ko`z olaytirmagan, tabiatni asrab-avaylab undan zavq olgani uchun uning joni ham bitmas-tuganmas rohat va farog`atga burkanadi" deb yoziladi. Ko`chmanchi xalqlarning asosiy boyligi bo`lgan mollar sonini saqlash qo`llanilib, ularni bekordan-bekorga qurbon qilaverish qoralanadi. Bu g`oya ayniqsa ilk zoroastrizmda kuchli. Hayvonot dunyosini asrash, uning sonini oshirish, sifatini yaxshilash (ayniqsa semirtirish) ga alohida urg`u berilgan. Buning uchun esa yaxshi yaylov, kerakli qarov, yem- xashak bilan ta'minlash eng yaxshi faoliyat deb baholanadi. Yaxshi ishlarni amalga oshirish kuchli hokimiyat bilan bo`lishi qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |