Sharq, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xo`jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (G’arbiy Yevropa)dagi ayrim regionlarda xalqaro savdoni olib borish bilan bog`liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O`z mahsulotini sotishga mo`ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo`jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda, klassik yoki antik qulchilik yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya).
Do'stlaringiz bilan baham: |